2–mavzu. Mehnat munosabatlarining predmeti va uslubiyati. (2soat) reja


Download 88.33 Kb.
bet1/6
Sana11.05.2023
Hajmi88.33 Kb.
#1453333
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma’ruza matni


2–MAVZU. MEHNAT MUNOSABATLARINING PREDMETI VA USLUBIYATI. (2soat)
REJA.


2.1. Mehnatning inson va jamiyat faoliyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy o`rni.
2.2. Mehnat munosabatlari fanining predmeti.
2.3. Mehnat munosabatlari uslublari va tizimlari
2.4. Mehnat munosabatlarida qo`llaniladigan tamoyillar.
2.1. Mehnatning inson va jamiyat faoliyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy o`rni.

Bir qarashdan, mehnat tushunchasi nimani anglatadigan savolning javobi ayondek, chunki har birimiz bu tushunchaga har kuni duch kelamiz. Biroq iqtisodiy adabiyotlarda mehnat tushunchasining aniq va bir xil ma`nodagi to`liq ta`rifini topish ancha mushkul vazifadir.


Kundalik so`zlashuvimizda «mehnat» so`zi bir necha ma`noga ega bo`lib, bu manolar, birinchidan, ishlab chiqarish qurollari yordamida kishilarning hayoti uchun zarur bo`lgan moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratishga qaratilgan insonning maqsadga muvofiq faoliyati sifatida, ikkinchidan, ish va mashg`ulot sifatida, uchinchidan, nimagadir erishishga qaratilgan kuch-harakat sifatida, to`rtinchidan insonning faoliyati, ish natijasi sifatida izohlanilishi mumkin.
Sho`rolar davrida «mehnat» tushunchasiga insonning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatdagi narsalarni shaklan o`zgartirish va moslashtirish tushuniladi, deb talqin qilinar edi. Ammo, mehnat g`oyat muhim umuminsoniy toifa bo`lib, u tadqiqan o`rganish va takomillashtirish predmeti sifatida har tomonlama ko`rib chiqishni talab qiluvchi ko`p qirrali tushunchadir. Inson va jamiyat hayoti va faoliyatining asosi bo`lgan mehnat haqidagi bilimlarni kengaytirishdan iborat obyektiv ehtiyoj mehnat iqtisodiyoti predmetini fan sifatida tayyorlashda yangi qirralar va imkoniyatlarni ochish uchun doimiy manba bo`lib xizmat qiladi.
Buning sababi bir tomondan, umuman iqtisodiy nazariyaning rivojlanishi bo`lsa, ikkinchi tomondan, fan-texnika taraqqiyotining mehnat samaradorligini oshiradigan va kishilarning yashash sharoitini yaxshilaydigan barcha vositalari rivojlanib borayotganligidir. Shu munosabat bilan mehnatning mohiyatini iqtisodiyot va unga aloqador bo`lgan boshqa fanlar nuqtai-nazaridan batafsilroq ochib berish kerak bo`ladi. Mehnat jarayonida inson organizmida yuz beradigan funksional o`zgarishlarni fiziologiya fanining maxsus sohasi – mehnat fiziologiyasi o`rganadi.
Mehnat fiziologiyasi shaxsning fiziologik imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish muhitining inson organizmiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillarini aniqlash va bartaraf etish, mehnat va dam olishning fiziologik asoslangan tartiblarini joriy etish, toliqishni kamaytirish, og`ir jismoniy va qattiq aqliy mehnatni yengillashtiradigan texnika va texnologiyani qo`llash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi. psixologiya nuqtai nazaridan mehnat insonning ongli faoliyat jarayoni hisoblanadi. Bu jarayonda kishining psixologik fazilatlari, uning mehnatdan ko`zlagan maqsadi, hamkasblariga munosabati mehnatning mazmuni, predmeti, qurollari va usullari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ladi.
Mehnat to`g`risidagi fanning rivojlanish tarixini ko`rib chiqish mehnatga oid qoidalarga zamonaviy nazar bilan qarash imkonini beradi. Mehnat – insonning muayyan ehtiyojlarini qondira oladigan va o`ziga kerak bo`ladigan moddiy yoki ma`naviy ne`matlardan iborat buyum, tovar, xizmat, fan, madaniyat, sanoat asarlari va hokazolarni ishlab chiqarish bo`yicha ongli, maqsadli va taqiqlanmagan faoliyati. Har qanday mehnat jarayoni bir qancha shart-sharoitlar mavjud bo`lishini nazarda tutadi. Ushbu shart-sharoitlar guruhiga mehnat predmetlari va vositalari, mehnat predmetiga ta`sir etuvchi usullar, mehnatni tashkil etish va mehnatning o`zi kiradi:

  • mehnat munosabatlari fanining predmeti – ish beruvch va ishga yollanuvchilar o`rtasida ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini tuzishda, yollanib ishlovchilarning huquqiy kafolatlarini ta`minlashda, ishlovchilarning mehnat xavfsiligini ta`minlashda, yollanib ishlovchilarning ishdan bo`shatilishi va mehnat shartnomalarining bekor qilinishida vujudga keladigan ishtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni o`rganishdan iboratdir ;

  • mehnat vositalari - xodim mehnat predmetiga ta`sir etishda foydalanadigan va uning mehnat qilishi uchun zarur bo`ladigan jamiki narsalardir. Mehnat vositalari jumlasiga mehnat qurollarini tashkil etuvchi asbob-uskuna, dastgoh, mashina, mexanizm, apparatlar va boshqa texnologik uskunalar hamda mehnat jarayonining amalga oshirilishida foydalaniladigan bino va inshootlar kiradi;

  • mehnat predmetiga ta`sir etish usuli – inson faoliyatining sobit qadamligi u yoki bu ishni bajarish uchun bilim va mahorat bo`lishini nazarda tutadi. Harakatlarni qat`iylik va izchillik bilan bajarish, mehnat predmetiga o`zgartirishlar kiritish yoki unga yangi xususiyatlar kasb etish, yangi shakl berish va o`zaro joylashishga o`zgartirishlar kiritishni ko`zlab ta`sir etish usullari yig`indisi mehnat faoliyati texnologiyasining mazmunini tashkil etadi;

  • mehnatni tashkil etish - muayyan tarzda mehnat jarayonini tuzish va amalga oshirish tartibi bilan bog`liq bo`lib, u xodimning mehnat predmeti va qurollari bilan o`zaro ta`sir tizimidan kelib chiqadi;

  • mehnatning o`zi esa insonning mehnat predmetiga u yoki bu ehtiyojlarni qondiradigan xususiyatlarini kasb etish uchun unga zarur vositalar hamda texnologiyalardan foydalangan holda insonning tashkilotchiligiga tayangan ongli ta`sir etish jarayonidan tashkil topadi.

Masalan, metall yog`och, teri, gazlama va boshqalardan birorta buyum ishlab chiqarishda metall yog`och, teri, gazlama va boshqalar mehnat predmeti sifatida, ularni qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan asbob-uskunalar, bino va inshootlar mehnat vositalari sifatida namoyon bo`ladi. Buyumni tayyorlash jarayoni ishlab chiqarish operatsiyalari izchilligini va mehnat predmetiga ishlov berish usullarini bilishni talab qiladi va bu o`z navbatida ishlab chiqarish texnologiyasining vazifasi hisoblanadi. Ishni bevosita bajaradiganlar o`z ish joylarini tashkil etish va bir-birlari bilan o`zaro hamkorlik qilish tartibini puxta ishlab chiqqan holda o`z mehnatlarini tashkil etishlari kerak. To`g`ri, qaysidir mehnat jarayoni yuqorida aytilgan standart elementlarning barchasiga ham ega bo`lavermasligi mumkin.
Masalan, kishi kulolchilik korxonasida bir siqim loydan choynak yasasa, u mehnat qurollaridan, o`z barmoqlaridan foydalanadi. Lekin yasalgan choynakni xumdonda toblab pishirsa, xumdon mehnat vositasi bo`ladi. Kuy chalayotgan sozanda uchun musiqa asbobi mehnat quroli, nota qog`ozi esa mehnat predmeti bo`ladi.
pedagog uchun uning o`quvchilari mehnat predmeti hisoblanadi, bunda u mehnat qurollaridan bevosita foydalanmasligi mumkin. Lekin mashg`ulotlarga tayyorgarlik ko`rish jarayonida u maoruza matni tuzadi, turli ko`rgazmali materiallar tayyorlaydi va bu bilan mehnat vositalarini yaratadi. Mustaqillikgacha bo`lgan davr iqtisodiy adabiyotlarda mehnatga Ta`rif berishda kommunistik ta`limotga asoslanilgan.
Unga ko`ra, mehnat – inson bilan tabiat o`rtasida kechadigan jarayon bo`lib, unda insonning o`zi bilan tabiat o`rtasidagi modda almashinuvini yuzaga keltiradigan, tartibga soladigan va nazorat qiladigan, iste`mol qiymatini yaratadigan maqsadga muvofiq faoliyat deb ta`rif berilgan. Ushbu ta`rif bozor iqtisodiyoti davrida ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan bo`lsa-da, mehnat tushunchasiga boshqacha ta`riflar berilgan.
Masalan, «... Birinchidan, mehnat kishilarning ne`matlar va xizmatlar yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati bo`lib, u samarali, oqilona bo`lishi, tejamli bo`lishi kerak; ikkinchidan, mehnat ayrim shaxsgina emas, balki umuman jamiyatning ham hayotiy faoliyatidagi asosiy shartlaridan biri bo`lib, u har qanday korxona ish faoliyatining omilidir; uchinchidan, u tovar sifatida emas, balki mehnat mahsuli tovar sifatida bo`lishini va nihoyat, to`rtinchidan, mehnat jarayonida ijtimoiy mehnat munosabatlari shakllanib, bu munosabatlar milliy iqtisod, mintaqa, firma, kichik korxona, xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi shaxslar darajasida ijtimoiy munosabatlarning o`zagini tashkil etadi».
Bu ancha murakkab va uzun ta`rif bo`lib, unda bozor iqtisodiyotiga mos tadqiq va o`rganish obyekti bo`lgan mehnatning xususiyatlarini ochib berishga urinilgan.
Rossiyalik iqtisodchi olim B.M. Genkin mehnatni quyidagicha ta`riflashni taklif etadi: «Mehnat tabiat resurslarini moddiy, intellektual va ma`naviy ne`matlarga aylantirish jarayoni bo`lib, inson bu jarayonni yoki majburlov (Mamuriy, iqtisodiy) yoki ichki undov, yoxud ham unisi, ham bunisi tufayli amalga oshiradi va boshqaradi».
B.M. Genkin mehnat biror natijaga erishish uchun amalga oshiriladi, deb hisoblagan va shu bilan birga uning zahmatli, majburlash tomonlarini qayd etgan ko`plab xorijiy iqtisodchilardan (masalan, Marshall, Jevons) farqli o`laroq kishilarni mehnatga jalb etish usullari, shu jumladan, iqtisoddan tashqari usullarni alohida ajratib ko`rsatgan.
Inson bilan tabiat o`rtasidagi modda almashinuvining umumiy sharti sifatida mehnat inson hayotining ajralmas qismi bo`ladi. Mehnat inson hayot faoliyatining, rivojlantirish negizidir. Inson atrof muhitga ta`sir etib va uni o`zgartirib, ortib boruvchi ehtiyojlarini qoldirishga harakat qiladi, mehnat qobiliyatini rivojlantiradi va mehnat faoliyati turlarini kengaytirib boradi.
Hayot kechirishning obyektiv shart-sharoitlari insonni mehnat qilishga undaydi. Bu manoda mehnat ijtimoiy hayotni tashkil etishning hech qanday muayyan shakliga bog`liq bo`lmagan holda insonning tabiatga munosabati sifatida mehnatning barcha ijtimoiy shakllari va ishlab chiqarishning barcha usullari, har qanday ijtimoiy tuzum uchun bir xilda bo`ladi. «Mehnat» va «faoliyat» tushunchalarining o`zaro nisbati.
«Mehnat» tushunchasi «faoliyat», «funksiya bajarish», «ishlash», «mashg`ulot», «harakat», «ish» tushunchalari va boshqa tushunchalarga ko`p jihatdan to`g`ri keladi. Shu tufayli ushbu tushunchalar nimalari bilan o`zaro to`g`ri kelishi va nimalari bilan farqlanishini ko`rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Insonning butun hayoti ish faoliyati va faoliyatsizlik, ya`ni harakatsizlik deb atalmish passiv dam olish, kasallik vaqti, uxlash payti va hokazolardan tashkil topgan davrlaridan tarkib topadi.
Faoliyat kishilarning hayot tarzi shakllaridan biri bo`lib, u shunday jarayonki, unda kishilarning jismoniy va aqliy kuchlari qaysidir ehtiyojlarni qondirish uchun ishga solinadi. «Faoliyat» tushunchasi «mehnat» tushunchasidan kengroq tushunchadir.
Mehnat - faoliyatning bir turidir, lekin har qanday faoliyat ham mehnat bo`lavermaydi. Funksiya bajarish, ya`ni kishilarning muayyan funksiyalarni amalga oshirishlari to`g`risida ham shunday fikrni aytish mumkin. Aslida faoliyat va funksiya bir xil manodagi tushunchalardir. «Faoliyat» va «funksiya bajarish» so`zlari kishilarning holatini tavsiflash uchungina emas, balki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ularning bo`linmalariga nisbatan ham ishlatiladi. Kishilarning faoliyati uning tarkibiga kiruvchi turlari bilan tavsiflanadi.
Birinchidan, kishining har qanday faoliyati fiziologik jihatdan asoslangan bo`lishi, ya`ni oziq-ovqat mahsulotlarini topish va y etishtirish, eng zarur buyumlarni ishlab chiqarish va eng zarur xizmatlarni ko`rsatish yoki fiziologik jihatdan asoslanmagan, ya`ni eng zarur bo`lmagan buyumlarni ishlab chiqarish va xizmatlarni ko`rsatish, shuningdek, ne`matlar ishlab chiqarishga daxldor bo`lmagan faoliyat bo`lishi mumkin.
Ikkinchidan, faoliyatda ongli va instinktiv omillarni farqlash mumkin. Kishilar faoliyatining aksariyat qismi onglidir, ya`ni ichki dalillangan undovlar asosida amalga oshiriladi. Instinktiv faoliyat genetik darajasida nasldan-naslga o`tadigan shartsiz reflekslar bilan belgilanadi. Inson va hayvonlar instinktiv xatti-harakatining tabiati o`xshash bo`lsa-da, ular faoliyati mehnat bilan hisoblanmaydi.
Faoliyat – funksiya bajarishning bir qismi sifatidagi instinktiv xattiharakat bilan yosh bolalarda sezilarli darajada namoyon bo`ladi. Katta yoshlilar faoliyatidagi instinktiv va ongli harakatlar o`zaro uzviy bog`langan bo`lib, ularni bir-biridan ajratishi qiyin bo`ladi.
Uchinchidan, faoliyatni mehnat va nomehnat qismga ajratish mumkin. Mehnatni nomehnat faoliyatdan ajratadigan asosiy mezonlar:

  • taqiqlanmagan munosabatlar;

  • aniq maqsadga yo`naltirilganlik;

  • ne`matlarni yaratish, ya`ni bunyodkorlik bilan bog`langanlik;

  • boshqalarga keraklikdan iborat bo`ladi.

Ko`rsatib o`tilgan to`rt qoidani ko`rib chiqar ekanmiz, ularni birbiridan farqlash lozim.
1. mehnat tushunchasiga faqat taqiqlanmagan faoliyatlar kiradi. Taqiqlangan jinoiy faoliyat hech qachon mehnat hisoblanmaydi, chunki u qonun tomonidan ta`qib qilinadi;
2. faqat aniq maqsadga yo`naltirilgan inson faoliyati mehnat bo`la oladi. Maqsadsiz faoliyat ro`y bergan taqdirda u mehnatga aloqador bo`lmaydi. Maqsadsiz «mehnat» jazolash usullaridan biri bo`lishi ham mumkin, masalan, mahbuslarga toshni bir joydan ikkinchi joyga maqsadsiz holda takror-takror tashitish va boshqalar;
3. mehnat – bunyodkorlik, ya`ni moddiy, ma`naviy va maishiy ne`matlarni yaratish. Mehnat legitim va sobitqadam bo`lsa-da, yaratuvchilik, bunyodkorlik bilan bog`liq bo`lmasa, u mehnat hisoblanmaydi. Ko`ngil ochish vositasi bo`lgan o`yinlar, dam olish vositasi bo`lgan sayohat va sayrlar, davolash muolajalarini ado etish, ovqatlanish va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Mehnat qilishdan farqli darajada insonning dam olishi, ko`ngil ochishi, davolanishi, o`qib ta`lim olish chog`ida amalga oshiradigan faoliyati o`z ish qobiliyatini tiklashi, rivojlanishi, hayotiy faoliyatini tiklash uchun ne`matlarni iste`mol qilishi bilan bog`liq;
4. va nihoyat, mehnat – boshqalarga kerakli bo`lgan faoliyat. Agar kishining kuch-harakati hech kimga kerak bo`lmagan ishlarga sarflansa, uning bunday faoliyatni ham mehnat deb bo`lmaydi. Shunday qilib, insonning ongli, taqiqlanmagan, aniq maqsadga yo`naltirilgan, yaratuvchi va boshqalarga kerakli bo`lgan faoliyatgina mehnat jumlasiga kiritiladi. Inson faoliyati ushbu sifatlarining barchasi mavjud bo`lgandagina mehnat faoliyatini - mehnatni tavsiflaydi. «Mehnat» va «faoliyat» tushunchalarining o`zaro nisbati.
«Mehnat» va «ish» tushunchalarining o`zaro bog`liqligi. Ijtimoiy-iqtisodiy turmushda mehnat tushunchasi bilan bir qatorda ish tushunchasidan ham keng foydalaniladi. Ammo «mehnat» va «ish» tushunchalari bir xil yoki teng manoli mazmunga ega emas. Insonning jamiyat hayotidagi yaratuvchilik roli, ijtimoiy natijalarga daxldorligi tufayli mehnat tabiatan ijtimoiy mehnatdir. Zero, aniq mehnat faoliyati ayni paytda shunday faoliyat hamki, uning davomida kishilar bir-birlari bilan muayyan aloqa va munosabatlarga kirishadi.
SHu bois mehnat faqat insonning aqliy fiziologik va ijtimoiy foydali faoliyatidir. «Ish» esa jismoniy manoga ega bo`lgan tushuncha bo`lib, uni inson ham, mashina ham, hayvon ham bajarishi mumkin.
Mehnat ish vaqti bilan o`lchanadi. Ish esa natural birliklar - kilogramm, metr, dona va shu kabi natural ko`rsatkichlarda o`lchanadi. «Ish» mehnat mahsuli bo`lib, u inson faoliyatida «Mehnat» bilan tenglashgan jarayondir. «Ish» so`zini ish hayvonlari, mashinalar va mexanizmlar hamda tabiat kuchlarining ongsiz xatti-harakatlariga nisbatan qo`llash mumkin, faqatgina maqsadga muvofiq yo`naltirilgan ongli ijtimoiy foydali faoliyati mehnat bo`laoladi. SHu fikr orqali insonning ongli yaratuvchilik faoliyati hayvonlar bajaradigan ishdan qatoiy farqlanishi qayd etiladi.
SHunday bo`lsa-da, tilda: «u kishi ishga ketdi», «u falon joyda, falon ishda ishlaydi», «kishining ish qobiliyati», «bu uning ishi, ish joyi, ish vaqti» degan iboralar inson faoliyatida o`rnashib qolgan.
Demak, «ish» degan so`z kishiga nisbatan mehnat singari teng manoda ishlatilishi odatiy bo`lib, bu o`rinda u «mehnat» so`zining sinonimi sifatida foydalaniladi. Lekin hayvonlarga nisbatan bevosita jismoniy manodagi «ish» so`zi qo`llaniladi. Bu o`rinda «mehnat» so`zini qo`llash mumkin emas, chunki hayvonlarning harakati o`zi to`liq anglamagan funksiyalarni bajarishi inson tomonidan boshqariladigan jarayondir.
Ko`pincha bunday farqlash mehnat muammolari turli jihatlarni o`zida mujassam etib, yaxlit bir butunlik yoki juda o`zaro bog`liq holda namoyon bo`lishi tufayli shartlidir. Mehnat masalalariga oid iqtisodiy adabiyotlarda baozan «mehnat substantsiyasi» degan tushunchani uchratish mumkin. Umuman «substantsiya» atamasi, birinchidan, mohiyatni, negizini anglatsa, ikkinchidan, u hech nimaga bog`liq bo`lmagan mustaqil tushunchani anglatadi.
XX asrning 20-yillaridayoq mehnat substantsiyasi haqida gapirilganda, mehnat jarayonida insonning miyasi, asablari, mushaklari, sezgi aozolari, qoni va quvvatining sarflanishi ekanligi ta`kidlangan edi. Ba`zi zamonaviy mualliflar mehnat substantsiyasi - mehnat jarayonida inson organizmi muayyan maqsadga muvofiq tarzda sarflaydigan kuch-quvvat, mehnat substantsiyasini inson aozolarining sarflanishi deb talqin qilish ilmiy jihatdan behudadir va iqtisodchilarning bunday tasavvurlardan allaqachon voz kechishlari darkor, deb hisoblamoqdalar. Kuch quvvat, albatta, insonning aozolari orqali malum vaqt davomida sarflansada, uni mehnat substantsiyasi deb atashga asos yetarlicha bo`la olmaydi. Binobarin, befoyda sarflangan kuch-quvvat mehnat hisoblanmaydi, albatta.
Mehnat qilish yoki qilmaslik fuqarolarning huquqi ekanligi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tan olinib, bunda erkin mehnat printsipi aks etgan. Ayni vaqtda insonni ishlashga majburlab bo`lmasligi sababli mehnat qilish ularning o`z vazifasi ekanligi huquqiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. SHunday kishilar borki, ular uchun mehnat hayot mazmunidir.
Shu bilan birga mehnatdan farqlanadigan yoki hech bo`lmaganda unga befarq qaraydigan, mehnatsiz to`ilgan daromad hisobiga yashashni afzal ko`radigan kishilar ham bor. Mana shu qarama-qarshi toifalar oralig`idan insonning mehnatga yashash vositalarini ishlab topish manbai deb, shaxsning o`zini namoyon qilishi bilan bog`liqdir. SHu sababli har bir inson mazmunan qiziqarli ish, ish haqi miqdori, mehnat sharoitlari yoki xizmatda yuqori lavozimlarga ko`tarilish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanishni maoqul ko`rishiga qarab, uni mehnat qilishga undaydigan sabablarni aniqlash, baholash va kuchaytirishga alohida yondashmoq kerak. Mehnatning ijtimoiy mohiyatini va uning huquqiy ta`minlanishini yoritib beruvchi muhim jihat ishlovchilarning ijtimoiy himoyalanganligi bilan bog`liqdir.
Tashkiliy nuqtai nazardan qaraganda, mehnat kishining ishlab chiqarish vositalari va atrof-muhit bilan o`zaro aloqasini ta`minlash tizimi hamda birgalashib mehnat qilishda qatnashuvchilarning funksiyalarini taqsimlash va ularning kooperatsiyalashuvi tizimidir. Mehnatni tashkil etish nazariyasi va amaliyoti mehnat, ishlab chiqarish va uni boshqarishni tashkil etish bilan shug`ullanadi. Ana shu asosda ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko`rsatish, mehnat jamoalarini tashkil etish va `ersonalni boshqarish, ishlovchilar hamda ishlab chiqarishni boshqarishdagi tarkibiy bo`g`inlarning vazifalarini belgilash hamda chegaralash yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Mehnatni tashkil etishning integratsiyalovchi roli mehnat muammolarining kompleks holda muntazam ko`rib chiqilishi va hal etilishini ta`minlashda namoyon bo`ladi.
Tashkiliy omil mehnat madaniyatini shakllantirishda, yaqqol namoyon bo`ladi. Mehnat madaniyati, tashqi muhit madaniyati, mehnat faoliyati jarayonida kishining yurish-turish madaniyati bilan ifodalanadi. Bu o`z navbatida xodimlarni o`z ishlarini yaxshi bilgan holda, zo`riqmasdan ishlashlari, ish vaqtidan oqilona foydalanib, ishdagi hamkasblari bilan o`zaro do`stona munosabatlarda ma`naviy axloqiy va huquqiy normalarga rioya qilib ishlash mahorati bilan ajralib turadi.



Download 88.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling