2–mavzu. Mehnat munosabatlarining predmeti va uslubiyati. (2soat) reja
Mehnat munosabatlari fanining predmeti
Download 88.33 Kb.
|
Ma’ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Bevosita mehnatga oid munosabatlar.
2.2. Mehnat munosabatlari fanining predmeti
Mehnat munosabatlari mehnat jarayoni texnologiyasini emas, balki birgalikdagi mehnat davomida uning ishtirokchilar o`rtasida yuzaga keluvchi ijtimoiy aloqalarni tartibga soladi. Mehnat munosabatlari fanining predmeti – ish beruvch va ishga yollanuvchilar o`rtasida ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini tuzishda, yollanib ishlovchilarning huquqiy kafolatlarini taminlashda, ishlovchilarning mehnat xavfsiligini tamilashda, yollanib ishlovchilarning ishdan bo`shatilishi va mehnat shartnomalarining bekor qilinishida vujudga keladigan ishtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni o`rganishdan iboratdir ; Mehnat munosabatlarining predmeti sanaluvchi ijtimoiy munosabatlar alohida guruhlarga ajratishi mumkin va ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Bevosita mehnatga oid munosabatlar. Mehnat munosabatlari predmeti sanaluvchi ijtimoi y munosabatlar orasida moddiy va ma`naviy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida mehnatni tashkil etish yuzasidan vujudga keluvchi, mehnatdan foydalanishga oid bo`lgan ijtimoiy aloqalar asosiy o`rinni egallaydi. Iqtisodiy kategoriya sifatida mehnat munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarining tarkibiy qismi sanalib, turli ijtimoiy guruhlarning mavqeini aks ettiradi. Mehnat munosabatlari ishtirokchisi sifatida ishlovchi va ish beruvchi ishtirok etib, ular o`rtasidagi munosabat shartnoma (kontrakt) asosida va haq to`lash evaziga asoslangan. Mehnat munosabatlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: a) bu munosabatlar korxonada birgalikda mehnat qilishdan kelib chiqqan holda tartibga solinadigan ichki mehnat tartibi qoidalari doirasida amalga oshiriladi; b) xodim aniq bir korxona-tashkilotningmehnat jamoasi tarkibiga kiritiladi; v) xodimni korxona jamoasiga qo`shilishi alohida yuridik fakt – mehnat shartnomasi tuzish, saylov yoki tanlovdan o`tish bilan bog`liq bo`ladi; g) mehnat shartnomasining mazmuni xodim tomonidan muayyan kasb, ixtisos bo`yicha ishning bajarilishiga qaratilgan bo`ladi. Faqat yollanib ishlovchi xodimlar mehnatigina mehnat huquqining predmeti sanaladi va mustaqil mehnat (mulkdor mehnati) ushbu huquq sohasi predmeti bo`la olmaydi. Davlat xizmatchisining mehnati ular ham ishga yollanishlari tufayli mehnat munosabatlari sanaladi. Biroq IIV, MXX, Mudofaa vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, CHegara qo`shinlari Davlat qo`mitasi harbiy xizmatchilari faoliyati mehnat huquqining predmeti sanalmaydi va ular mahmuriy munosabatlar jumlasiga kiritiladi hamda davlatning mudofaa funktsiyasi bilan bog`liq bo`ladi. Mehnat munosabatlari fani nazariyasida birgalikdagi mulkdorlar mehnatini ham mehnat huquqi jumlasiga kiritishi lozimligi xususida fikrlar mavjud. Mehnat munosabatlarining predmeti sanaluvchi munosabatlar orasida bevosita mehnat munosabatlari bilan bir qatorda unga yondosh bo`lgan munosabatlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday yondosh munosabatlar qatoriga mehnat sohasidagi tashkiliy-boshqaruv munosabatlari, ishga joylashtirishgaoid bo`lgan munosabatlar, kasbiy tayyorlash va malakani oshirishga oid munosabatlar, mehnat qonunlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borishga oid munosabatlar, mehnat nizolarini hal etishga oid munosabatlar kiritilishi mumkin. Download 88.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling