2mavzu: Pedagogik talimotlar tarixi


Turkiston o‘lkasida ilg‘or pedagogik fikrlar. YAngi usul maktablarining paydo bo‘lishi


Download 104.57 Kb.
bet9/10
Sana02.11.2023
Hajmi104.57 Kb.
#1740005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2mavzu Pedagogik talimotlar tarixi-fayllar.org

4. Turkiston o‘lkasida ilg‘or pedagogik fikrlar. YAngi usul maktablarining paydo bo‘lishi.
XIX asrning 80-yillarida Turkistonda mahalliy aholi uchun rus maktablari ochila boshladi. Asta-sekin rus-tuzem maktablari ham tashkil etila boshlandi. V.P.Nalivkin mazkur maktablarning ilk tashkilotchisi va birinchi o‘qituvchilardan edi. SHuningdek rus ziyolilaridan tashqari mahalliy aholidan ham o‘qituvchilar etishib chiqib, maktab va madrasalarda o‘quv rejalari isloh qilina boshlandi.

Rus-tuzem maktablari o‘quvchilari uchun o‘zbek tilida chiqarilgan birinchi darslik “Ustozi avval” Rasulxoji Said Azizov tomonidan yozildi. Bundan tashqari mahalliy millat bolalari gimnaziyalarga jalb etildi, lekin gimnaziyalardagi mahalliy o‘g‘il-qizlar 2-3 %ni tashkil etar edi. 1879-yil Toshkentda o‘qituvchilar seminariyasi ochildi.


CHorizm mahalliy aholining ruslashishiga to‘siq bo‘ladigan har qanday ilg‘or narsani ta’qiqladi.
Ahmad Donish, Furqat, Muqimiy kabi ilg‘or kishilar Markaziy Osiyoning madaniy, xo‘jalik jihatdan rivojlanishi uchun faol kurash olib bordilar.
Axmad Donish Buxoro amiri elchisi, kotib va o‘rinbosari sifatida bir necha bor Rossiyaga safar qilib, bu davrda SHarq va G‘arb madaniyatlarini chuqur o‘rgandi. U o‘z vaqtida vataniga qaytib kelgach, davlat boshqarmasi va maktab ta’limida islohotlar qilishga urindi.
Uning “Bolalarga hunar va mashg‘ulotlarning foydasi haqida nasixat” kitobida (“Navodirul vaqoe”) pedagogikaga oid fikrlar bayon etilgan. Bunda bolalarning:
- bilim va hunar egallashi:
- bilimni ongli suratda bilib olishi;
- axloqiy tarbiya vazifalari;
- ota-onalarning bolalarga zulm o‘tkazishi, erkinlik, mustaqillik bermasligiga qarshi chiqdi;
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Musulmon maktablarini isloh qilish harakati boshlanib ketdi. Bu harakat jadidizm (arabcha “jadid” so‘zidan olingan bo‘lib “yangi” degan ma’noni bildiradi). Ularning maktablari “YAngi usul maktablari” deyilardi. Bu maktablarda bolalar partalarda o‘tirar edi, sinf doskasi, dars jadvali tartibi berildi.
Ta’lim mazmuni ham o‘zgardi, tabiiy fanlar joriy kilindi, ona tilida darslik va qo‘llanmalar yaratildi, zamonaviy o‘qitish metodlari qo‘llana boshlandi.
Kattalar uchun rus kursini o‘qitish maktablari o‘tgan asrning 80-yillarining boshlarida Toshkentda ikkita, Qo‘qonda bitta ochildi.
Rus - tuzem va yangi maktablari keyinchalik O‘zbekistonda sobiq sovet maktablarini tashkil etishga zamin bo‘ldi. Masalan, Toshkentdagi Navoiy nomidagi II bosqich 6-yillik birinchi o‘zbek maktabi, rus - tubjoy maktabi, Narimonov nomidagi Toshkent shahar pedagogika texnikumi tashkil etildi.
SHuningdek, asrimiz boshida Toshkentda hunar maktabi, gidrotexnika maktabi bor edi. Bu maktablar keyinchalik hunar-texnika maktablariga asos bo‘ldilar.
YAngi usul maktabini “rushdiya” deb atashardi. Bunday maktablar, Toshkent, Qo‘qon, Samarkand, To‘qmoqda bittadan bor edi. Qolganlarini “ibtidoiya” deyilardi. Unda bolalar 4 yil o‘qitilar edi. Toshkent va Qo‘qonda qizlar yangi usul maktabi ham ochildi.
1908-1917-yillarda esa chorizm Turkistondagi maktablarni ruslashtirish siyosatini olib bordi. 1908 yildan yangi usul maktablariga qarshi kurash boshlandi. 1911-yilga kelib, 50 ga yaqin maktab yopildi.
1917-yildan tovush usuli bilan o‘qitish metodiga asoslangan sinf-dars tizimidagi maktablar paydo bo‘ldi: ya’ni, bu usul maktablarida faqat mahalliy millat o‘qituvchilari dars berishi zarur edi.
YAngi usul maktablari tarafdorlarini “jadid”lar, panturkistlar deb ta’qib qildilar.
“YAngi usul” yoki “usuli jadid” maktabining asoschisi Ismoilbek G‘aspirali bo‘lib, u butun faoliyatini turkiy xalqlarining ravnaqi va taraqqiyotiga bag‘ishladi.
O‘zbekistonda uning izdoshlari ko‘paydi. Fayzulla Xo‘jaev, Ishoqxon Ibrat, Saidrasul Aziziy, So‘fizoda, Mahmudxo‘ja Bexbudiy, Abdulqodir SHakuriy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Ismatulla Rahmatullaev Abdurauf Fitrat, H.H.Niyoziylar jadidchilik harakatining darg‘alari bo‘lib, ular istiqlol uchun, millatimizning ilm-ma’rifatda dunyoning taraqqiy etgan millatlari qatorida turishi uchun harakat qildilar.
Lekin mazkur davrda Turkiston o‘lkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishini Furqat, Anbar otin, Saidaxmad Siddiqiy va boshqalarsiz tasavvur etish qiyin.
Furqatning (1858-1909) xizmati shundaki, u jamiyatdagi ilg‘or g‘oyalarni hayotga tadbiq etishga harakat kilgan. “Turkiston”dagi taraqqiyotparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkurning yorqin namoyondasi bo‘lgan. Dunyoviy bilimlar va madaniyatining otashin tarafdori va tashkilotchisi, o‘z mamlakatining ilmiy va texnika taraqqiyoti uchun shijoat bilan kurashuvchi inson sifatida uning o‘z o‘rni bor.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o‘zbekistondagi taraqqiyparvar, ijtimoiy-falsafiy tafakkurning rivojlanishini Furqat va uning ijodisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Furqat o‘zbekistonda ta’limning yangi tizimini joriy etish kerakligini targ‘ib qildi.
“Gimnaziya”, “Ilm xosiyati”, “Vistavka xususida”, “Konsert xususida”, “Suvorov haqida” asarlari shular jumlasidandir. U o‘zbek bolalariga musiqa o‘rgatishni juda istar edi. Lekin mustabid davrda Furqat bu orzulariga erisha olmadi.
Saidaxmad Siddiqiy (1864-1927) hunarmand-dehqon oilasida tug‘ilgan. Avval eski maktabda, so‘ng rus-tubjoy maktabida o‘qiydi.
U Evropa va Osiyoga, Rossiyaga sayohat qiladi. Samarqandga qaytgach (1903) til o‘rganish bilan shug‘ullanadi, dehqon va hunarmand bolalari uchun maktab ochadi. Bu maktab rus maktablariga o‘xshar edi. So‘ng kattalar uchun ham savodsizlikni tugatish kurslari ochildi. 1914-yilda maktab uchun o‘quv qo‘llanmalari, darslik va jurnallar sotiladigan “Zarafshon” nomli magazin ochadi. U o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozar edi.
Siddiqiy O‘zbekiston va Tojikistonda ilg‘or pedagogik fikrlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.
U o‘zbekistonda pedagogika tarixiga oid katta ishlar olib boradi. Siddiqiy Samarqandda emas, viloyat kishloqlarida ham yangi usul maktablari ochadi, yangicha o‘qitish metodlarini yaratadi, shuningdek tabiatshunoslik, geografiya darslarini tabiat qo‘ynida, ochiq xavoda o‘tkazib, ta’lim jarayonida undan foydalanish usullarini ishlab chiqadi. CHet el madaniyati va adabiyoti bilan o‘quvchilarni tanishtirishga katta e’tibor beradi.
Anbar otin (1870-1915) o‘zbek shoirasi va ma’rifatparvari. O‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan. U 1870-yil Qo‘qonda Farmonqul degan ilg‘or kishi oilasida tug‘ilgan. Ma’lumotni Dilshod otin (Barno)dan oladi. U maktabda tarix, adabiyotni o‘rganadi, she’rlar yozadi. So‘ng o‘zi ham darslar beradi. U qizlarga odob qoidalari, she’r tuzilishi, yuksak axloqiy malakalar hosil qilish qoidalarini o‘rgatadi. Uning butun hayoti she’riyat bilan bog‘liq. Ularda ma’rifiy g‘oyalar ilgari suriladi. Anbar otin ma’rifatgina shaxs erkinligini shakllantira olishini biladi. Uning Furqatga yozgan she’riy maktubida yangi usul maktablarini ochish hakidagi takliflari bayon etilgan. Anbar otin devon ham tuzgan. Anbar Otinning dunyoqarashini, falsafiy tafakkurini o‘zida mujassamlashtirgan asari - “Qarolar falsafasi”dir. Asar kirish va 4 qismdan iborat. Har bir faslda shoira o‘zining ijtimoiy-qarashlarini bayon qiladi, ayollar taqdiri haqida yozadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) yozuvchi, jurnalist, jamoat arbobi, ma’rifatparvar. U maktabni bitirgach, madrasada o‘qiydi. Lekin bitirmasdan mehnat faoliyatini boshlaydi. Arabiston, Misr, Turkiya, Rossiyaga sayohat qiladi. 1903-1904 yillari o‘zbek va tojik tillarida “Muntaxabi jo‘g‘rofiya” (“Qisqacha umumiy geografiya”) asarini, yangi usul maktablari uchun “Kitob ul-atfol” (“Bolalar uchun kitob”, “Muxtasari tarixi islom” (“Islomning qisqacha tarixi”), “Amaliyoti islom”, “Aholi jo‘g‘rofiyasiga kirish”, “Rossiyaning qisqacha geografiyasi” asarlarini yozadi. SHakuriyning qishlog‘idagi yangi usul maktabini 1908-yil Samarqandga o‘z hovlisiga ko‘chirib keladi. “Behbudiy nashriyoti”ni tashkil etib, darsliklar, “Turkiston, Buxoro, Xiva xaritasi”ni bosib chiqaradi. “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnalini nashr etadi.
U xalqni ilm - ma’rifatni egallashga chaqiradi, ayollarning ilm olish kerakligini ilgari suradi, yangi usul maktabini ochish dunyoviy fanlarni o‘qitishni targ‘ib qiladi.
Behbudiy 1918-yil “Musulmon ishchi va dehqon sho‘rosi”ning maorif komissari qilib tayinlanadi. SHundan so‘ng o‘quv rejalari tuzish, yangi darsliklar yaratish, o‘qituvchilar kurslarini ochish ishlariga qatnashadi, o‘zi “YAngi hisob” darsligini tuzib nashr etadi.
1918-yil Toshkentga kelib, Turkistonda davlat tili haqidagi Dekret, milliy ishlar xalq komissarligining Nizomi loyihalarini tayyorlovchi komissiyalar ishida qatnashadi. 1919-yil Buxoro amiri amaldorlari tomonidan SHahrisabzda qamoqqa olinib, Qarshi shahrida qatl qilinadi.
Taniqli o‘zbek pedagogi va olimi Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida uning 1913-yilda yozgan va 1917-yilda ikkinchi bor nashr qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. Bu asar mazmun tomonidan muallifning boshqa ijtimoiy va pedagogik asarlari bilan uzviy bog‘liqdir. “Turkiy guliston yoxud axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi” ilm-axloq haqida fikr yuritiladi. SHu jihatdan qaraganda bu asar YUsuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nosir Xusravning “Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Axmad Donishning “Farzandlarga vasiyat”, Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarlari shaklidagi o‘ziga xos tarbiyaviy asardir. SHuni ta’kidlash lozimki, XX asr boshlarida bunday asarni yaratish, milliy g‘oya, milliy rux singdirilgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning tadbiq etilishi pedagogika olamidagi yirik kashfiyotdir.
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, ollohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, erdan turib yulduzlarga qo‘l uzatmoq kabidur”, - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar katta ahamiyatga ega.
Darxaqiqat, Abdulla Avloniy tarbiyadagi asosiy g‘oya, bu bizlar uchun: “YO hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deya mushohada qilishi, uning tarbiya sohasida juda katta va keng bilimga ega ekanligi, komil insonni tarbiyalashda ta’lim-tarbiyaning har bir yo‘nalishiga e’tibor berish kerakligini, ong va tafakkurni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda tarbiya katta rol o‘ynashini mohirona ifodalay bilishi, tahsinga loyiqdir. Bu g‘oya o‘z navbatida yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, insonparvarlik, odamiylik, olijanoblilik, mehnatsevarlik, iffatli, mehr-oqibatli, intizomli, adolatparvar, millat g‘ururini e’zozlovchi, ulug‘ ajdodlarimiz an’analari va ilmiy meroslarini ko‘z-qorachig‘iday asrovchi, axloqi pok inson bo‘lib etishish borasidagi asosiy mezon hisoblanadi.

Download 104.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling