Anbar otin (1870-1906)
Download 63.56 Kb.
|
ANBAR OTIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Furqat (1859-1909)
ANBAR OTIN (1870-1906) Anbar Otin Farmonqul qizi (1870 — Qo‘qon — 1906) — o‘zbek shoirasi. Otasi Uvaysiyning jiyani. Onasi Ashurbibi oddiy kosib qizi. Anbar Otin Dilshod otin maktabida tahsil olgan. Anbar Otin she’rlar ijod qilish bilan birga mahallasidagi yosh qizlarga ta’lim va tarbiya bergani tufayli Otin nomiga ega bo‘ladi. Anbar Otin o‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Ijodda ko‘proq Uvaysiyga ergashgan. Navoiyni birinchi ustoz hisoblagan. Zamondoshlari Muqimiy, Furqat, Zavqiylar bilan tanish bo‘lgan. She’rlarida ularga murojaat qilgan, ular bilan bahslashgan. O‘zbekcha she’rlari (48 ta)dan devon tuzgan. Undan 41 g‘azal, 4 muxammas, 1 qit’a, 1 masnaviy, 1 mustazod o‘rin olgan (1905). 70-yillarning boshida shoiraning 40 ga yaqin she’rdan iborat yana bir qo‘lyozma devoni, «Qarolar falsafasi» risolasi, 160 misralik «yakka bayt»lari topildi, tojikcha g‘azallaridan devon tuzish niyati bo‘lgan, ammo bor-yo‘qligi hozir noma’lum. Anbar Otin she’rlari aksariyat ijtimoiy mavzuda. Zamona adolatsizligidan, mehnatchi xalq og‘ir ahvolidan so‘z ochadi, ma’rifatni ulug‘laydi. «Qarolar falsafasi» asarida ayollarning og‘ir qismati haqida hikoya qilinadi. Anbar Otin asarlari qo‘lyozmasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi Begali Qosimov * * * Ey go‘zal Farg‘ona, o‘zingni kel emdi, shod qil, Har g‘azalni boshida, sen, o‘z otingni yod qil, Qaydi bandni pora aylab, o‘zlugung ozod qil, Qayg‘ulik qunlarni kuydur, barchasin barbod qil, Emdi Turkistonda haqgo‘ylik ila faryod qil. Bog‘laring pajmurda bo‘ldi zog‘larning poyidin, Ko‘kraging sadpora bo‘ldi daydilarning yoyidin, Katra-qatra qon tomodur o‘q teshkon joyidin, Kip-qizil qonlar oqodur jabr ko‘rgon soyidin, O’z qo‘ling birla bu yurtingni o‘zing obod qil. * * *
Adab irfon ilmi ichradur sham’. * * *
Ulg‘ayursan, sanda bor bo‘lsa adab, Ulg‘ayursan, sanga yer ulsa adab, Odam ersang, tashqi surata berma zeb, Ona yurtingni hamisha ayla zeb. * * *
Odami aqlu nazokatda suluv, Bo‘lsa axloqi sadoqatda suluv. * * *
Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur, Ko‘ngil sofi safoyi ilmdandur. * * *
Murodingni hayoting ichra axtar, Ki mavhum ilm ichinda bo‘lma axgar. * * *
Dunyoni bilmakka idroking garov, Zehn quymoqqa dili poking garov. Yaxshi ish qilmoq uchun yo‘qsa o‘quv, Sanga lozimdur o‘quv birlan o‘quv. * * *
Kasb etar ohista-ohista kishi fazlu hunar, Bog‘aro bulbul bolasi xushnavo kam-kam bo‘lur. Murg‘i vahshini qilolmas hech kim yakbora rom, Donayu domini qurding, mubtalo kam-kam bo‘lur. * * *
Kimki ma’rifatni etsa e’zoz, Ani irfon etar, albatta, mumtoz. * * *
Har kimki o‘zin uyladi, eldin xabari yo‘q, Ul ablahi bedin ila savdo qila ko‘rma. * * *
O’z gunohingni so‘rab eldin o‘tin, Nafrat uti ichra bo‘lmasdin o‘tin. * * *
Kimki el g‘amidadur suxansanj, Aning har so‘zi dunyoda ulug‘ ganj. * * *
Odam ersang tashqi suratga berma zeb, Ona yurtingni hamisha ayla zeb. * * *
Xirad elig‘a kuksin tutdi qog‘oz, Ham irfon ishqida qon yutdi qog‘oz. * * *
Odam ersang ma’ni bil dona-dona, Vatan erur senga ikkinchi ona. So‘zlamasdin oldin so‘zingni sina, Har bir so‘zdir umring ichinda sina. * * *
Foydasiz so‘zlamasa qaysi til, Ona til bo‘lg‘ay o‘sha til — ona til. * * *
Tanga ozuqdur hamisha to‘g‘ri lafz, Millatu tilga xiyonat o‘g‘ri lafz. * * *
Yaxshi odamlar ishidan ibrat ol, Ibratomuz xizmat aylab, izzat ol. * * *
Chun qadam quyding bu yo‘lg‘a bo‘lma bematlab vale, Faxri zillat bo‘l, talashma g‘urbati mansab vale. * * *
Qoshki, kulbam aro yakbora yorim kelsalar, Yo‘llarig‘a jon nisor aylay nigorim kelsalar. * * *
G’arazgo‘y ag‘yorlar so‘zig‘a bovar qilmakim, Dilsiyohlik keltirur o‘rtada g‘ammoz ozgina. * * *
Zulm bo‘lgon o‘lkada qolmaydi fayz, Tonggacha kun nuridin olmaydi fayz. * * *
Jahongir qo‘shinlarga qo‘ysa otash, Aning boshig‘a bo‘lg‘usi balokash. * * *
Bilurg‘a so‘z durin sarrof lozim. * * *
Mehnatu aqlu vujud ittifoq, Odamiyda bo‘lsa gar yaxshi tilak Xalq uchun tebratgusi doim bilak. TARJIMAI HOL Otam – Farmonquliyi Marg’iloniy, Onam – Ashurbibiyi Qo’qoniy. Alar belboqchi – bo’zchi erdi kasbi, Hamisha makkayidin erdi noni. Ki, “bo’zchi yolchimas belboqqa” doim, Yana juft bo’lmas erdi choponi. Bizoat bo’lmag’ach uy erdi notinch, Sanab bo’lmas edi janjal soni. Hayit kelsa hamisha g’avg’o bo’lg’ay Ki, yo’qdur yangi engildin nishone, Arafa- iydi qurbon kechasida, Ota-onam qo’pordi g’alayone. Namoz kuni ikkisi ayrilishdi, Bir uycha-hovlicha sotdilar oni. Man ham ikki ukam bila bizlar, Onam birla bo’luvdik sarsoni. Onam birla qolib biz ko’chalarda, Otam ketdi ba shahri Marg’iloni. Onam bir erga tegdi Beshqovoqqa, Uni bor erdi chitgarlik do’koni. Yana bog’I bor erdi bir tanobcha, Ikki tanobcha yerda dehqoni. Mani tarbiyat aylab, ham ukamni, Hamisha berdi bizga bug’doy noni. Onam ko’rdi yeti farzand andin, Biri ko’rqori bo’ldi ko’zi oni. Mani uyga chiqardilar shaharga, Zohidxo’ja degan novvoy Qo’qoniy. Ul niyz qashshoq edi avvalda o’zi, Qari katta onosi-moli, joni. Qiyinroq bo’ldi, novvoy o’zi tanho, Kunimiz o’tdi andak: choyi, noniy. Mani farzandlarim to’rt bo’ldi-yu bas, Mo’minxo’jam edi andak yomoni. Bibixon – rohati, jonim anisim, G’ariblik, dardmanlik darmoni. Yetib qoldim, murabbim bo’ldi shu qiz, Aning birla topib jonim omoni. Usmonxo’jam-halimu qobilimdur, O’qutdi ustod Xayrulloxoni. Mani dardimga qo’shdi ming alamlar, Vafoti etkan qizim Ominaxoni. Shu dard birla ado bo’ldim, yoronlar, Bu yosh bog’im bo’lib tezda xazoni. Na rohat ko’rdimu, na orzuni Ki, man yig’lab g’azal yozdim nihoniy. Ayollar ishq so’zini demakdin, G’azal yozmoqdin o’zi erdi foniy. Sahhofga yolborib necha varaqni, Kitob ichiga joylab qo’ydim oni. Kimeki ko’rsa, yod etsa zora, Yorug’lik bo’lsa ul dunyoyi soniy. G'AZALLAR Jahon-og’uga kelgan Anbar otinman,
Yamon soatda keldim man jahonga, Ini jodug’a kelgan Anbar otinman. Adab ahli oyoq ostida xordur, Chunin yog’dug’a kelgan Anbar otinman. * * *
Ey do’st, jaholat ahlig’a oshno bo’la ko’rma, To kelguncha baxtu saodat shaydo bo’la ko’rma Har kimki o’zin o’yladi, eldin xabari yo’q, Ul ablahi bedin ila savdo qila ko’rma. Ilmeki adab, ishqu muhabbatga yiroqdur, Bilgilki san ul ilmni also bila ko’rma. Har kim amali el foydasig’a jori emasdur, Oning yuzini umringda san bir yo’la ko’rma. Har mug’bacha daf cholsa, ayo Anbari xushro’y, To oshiq emas, ishqida bag’ring tila ko’rma. ALIFBO
Alif Odam ersang ma’ni bil dona-dona, Vatan erur sanga ikkinchi ona. So’zlamasdin oldin so’zingni sina, Har bir so’zdur umring ichinda sina. Be
Ulg’ayursan sanga yor o’lsa adab. Odam ersang, tashqi surat berma zeb, Ona yurtingni hamisha ayla zeb. Te
Ikki dunyo noming bo’lur boizzat. Hayonsiz ersa ming jafo mashaqqat, Ul ish deyilmagay el ichra mehnat. Jim
Adolat ilkida yakson o’lur toj. Kimki el g’amidadur suxansanj, Aning har so’zi dunyoda ulug’ ganj. Chim
Qo’l ostida eli doim bo’lar tinch. H-huttiy
Dam oxirida keldi bu dami subh. Umidim subhidamdin boshlanur sulh, Diyorimg’a suyunib toshlanur sulh. X
G’amu qayg’u chekishdin kom erur talx. D-dol
Aningdin ilm topg’usi har avlod. Bu yo’qsul el hayoti garchi barbod, Bo’lur avlodini ro’zg’ori obod. Hayot tarixi elda nekiyu bad, Na tavsif bildirur, na xatti abjad. Z-zol
Na sifat kitobi van a taku toz. Xirad elig’a ko’ksin tutdi qog’oz, Ham irfon ishqida qon yutti qog’oz. R –re
Na ma’murlar yaratgan ro’zi ma’mur. Murodingni hayoting ichra axtar, Ki, mavhum ilm ichinda bo’lma axgar. Mashaqqatsiz hunardin chiqmag’ay dur, Hayonsiz ilm durridin ko’b erur dur. Kimiki ko’bni rangin etdi za’far, Ikki dunyoda bo’lmaydi muzaffar. Ming yil armonu hasratda oqar Sir, Muzaffar elga sirini ochar Sir. Z-ze
Ani irfon etar albatta mumtoz. O’zingni elga xizmatkor etkil, Ishing anjomig’a yetguncha yetkiz. S-sin
Har adli ham zulmidin xoli bo’lmas. Mani so’zimni tinglang, ayuhannos, Kelur avlod davri o’ziga xos. Azaldin adl ila zulm erdi nojins, Zulmni pasha qildi, kimki nojins. Bilingki, o’ziga qo’ymas bino kas, Takabburlik o’tida kuydi nokas. Sh-shin
Charoki, ko’p xaloyiq ko’ngli g’ash. Hukmron zulm tobora qilur ish, O’zin jismiga ko’p yaro solur nish. Jahongir qo’shnilariga qo’ysa otash, Aning boshiga bo’lg’usi balokash. S-sod
Xush kunim deb o’tadur ahli asas. Kim o’zin Namrudg’a aylar qiyos, Ibrohimni qavmidin tortgay qasos. Z-zod
Tonggacha kun nurini olmaydi fayz. Mufti el boshig’a solg’ay yangi farz, O’lmag’ay to bermaguncha elga qarz. T-itqi
Shuncha qilsam bir yo’li bo’lmas g’alat. Yo’llarimda jaru(ko’h), qiru qiyot, Shul sabab yurganda qilgum ehtiyot. Z-izg’i
Har nido qilganda tinglayman g’aliz. Tanga o’ziqdir hamisha to’g’ri lafz, Millatu tilga xiyonat o’g’ri lafz. ‘-ayn
Aql oyinasida chehradur sham’ G’-gayn
Bir qo’lim hodisadin tutdi charog’. Ajnabiy xayliga yo’l bermadi tog’, Uchsa ham qo’ng’ali tob etmadi zog’. F-fe
Harzago’y ahli uchun misli hazaf. Madhdin voizi ming aylasa lof, Dinu vajd orasida mingta xilof. Q-qof
Shayxdin bu orag’a solma nifoq. Garchi bu ahli vujud bo’yni siniq, Chirkinat ta’siri yo’q, ko’ngli tiniq. Shayxu pir ko’rsatadi yo’lu-yo’ruq, Og’zida zikri xudo, o’ngli quruq. K-kof
Sandin etmasdin o’zini ulki pok. Har nafas mazmun ila o’tsa kerak, Gar hayot mazmunini bo’lsa yurak. Odamiyda bo’lsa gar yaxshi tilak, Xalq uchun tebratgusi doim bilak. L-lom
Ibratomuz xizmat aylab, izzat ol. Kimni ilgidan bor ersa himmati, Rangu ro’yida ko’rung’ay rahmati. Har g’azalda yangi mazmun ayla hal, To qiyomat rangi o’chmas misli hal. Foydasiz so’zlamasa qaysi til. Ona til bo’lg’ay o’shal til, ona til. M-mim
O’ylamang ta’zimda bor de zarbu bim. Odamiylik xislatidur ham salom, Ham bahoyim etmas odamdek kalom. N-nun
Ko’ksida ravnaq topodur har funun. Vaqti kelguncha takabbur osmon, Sirni bermay tek tururmish olumon. Zufununlik hullasi bila kiyin, Elg’a hikmat sirini aytg’il keyin. O’z gunohingni so’rab eldin o’tin, Nafrat o’ti ichra bo’lmasdin o’tin. V-vov
Bo’lsa axloqi sadoqatda suluv. Dunyoni bilmakka idroking garov, Zehn qo’ymoqg’a dili poking garov, Yaxshi ish qilmoq uchun yo’qsa uquv, Sanga lozimdur uquv birlan o’quv. Boq hayoting lavhasiga, bo’lma quv, Gar nishoni yaxshilik topilsa quv. H-havvaz
Xotunlar xurram o’lsa chekmayin oh. Qachon baxt o’lg’usi bizlara hamroh, Ki, tokay band o’lurmiz hamchu gumroh. Nechun iqbol bizdin muncha sarko’h, Aning kuyida yermiz shuncha anduh. I-yoy
Funun zahmatg’a bergay erdi yori. Xudo xotunni baxtin ochsa erdi, Ki xovar o’z nurini sochsa erdi. Bu Anbar ohini tingla Ilohi, Zamona ahli ahvolim guvohi. Chuqur mazmunda bu so’zlar tamomi, Kelur davronga qoldi itmomi. Furqat (1859-1909)20.01.2017 0 11830 marta koʻrilgan. Kirilda | Lotinda XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi oʻzbek xalqchil adabiyotining yirik namoyandasi, maʼrifatparvari, lirik shoiri, otashin publitsisti Zokirjon Furqat Qoʻqon shahrida, Mullo Xolmuhammad oilasida dunyoga kelgan. Boʻlajak shoirning otasi zamonasining ilgʻor fikrli vakillaridan biri sifatida turli bilimlardan yaxshigina xabardor boʻlgan. Mullo Xolmuhammad xususan badiiy adabiyot muxlisi boʻlib, oʻzi ham sheʼriy iqtidor sohibi edi. Zokirjon mahallasidagi maktabda tahsil koʻradi, ayni zamonda otasi yordamida mustaqil mutolaa orqali oʻzbek va fors adabiyotining buyuk namoyandalari merosini, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini chuqur oʻrganadi, forsiy tilni mukammal oʻzlashtiradi. Yosh Zokirjon Navoiy asarlarini shu darajada berilib mutolaa qiladiki, oʻzining guvohligiga koʻra, buyuk shoir hatto uning tushiga ham kiradi va suhbat asnosida sheʼriyatdan imtihon qilib, ijodiy ish uchun “oq fotiha” beradi. Shu yoʻsin u Navoiy duosidan ruhlanib bolalik yillardayoq qoʻliga qalam oladi va umrining oxirigacha ijod bilan shugʻullanadi. Zokirjon oʻzi yozgan tarjimai holida qayd etganidek, toʻqqiz yoshidayoq qogoz sahifasiga quyidagi misralarni bitib, muallimining olqishlariga sazovor boʻlgan: Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imloyu savodim. Xushnavis kotiblar va mudarrislardan xattotlik sanʼati va arab tilidan saboqlar olgan Zokirjon 1873 yilda madrasaga kiradi. 1875–76 yillarda Qoʻqon xonligida yuz bergan qonli, siyosiy voqealar munosabati bilan madrasa yopilgach, yana mustaqil mutolaa va ijodiy ish bilan shugʻullanadi. Yangi Margʻilonda savdo ishlarini yoʻlga qoʻygan togʻasining qistoviga koʻra, u yerga borib yordamlashadi, keyinchalik oʻzi ham “choy va digar ashyolar savdosigʻa doʻkon” ochadi, samovarchilik, mirzolik qiladi. Bunday ijtimoiy faoliyat oddiy xalq vakillari hayoti va orzu-intilishlari bilan bevosita tanishish, mustamlaka tuzumi illatlarini chuqurroq xis etish imkoniyatini beradi. Zokirjon Yangi Margʻilonda ijodkor sifatida toʻla shakllandi, oʻz gʻazallariga “Furqat” – “ayriliq” taxallusini qoʻyib, shuhrat qozona boshladi. Mustamlakachi chor maʼmuriyati joylashgan xuddi shu yerda u ilk bor ovroʻpocha hayot tarzi, zamonaviy fan-texnika yangiliklari bilan tanishadi. Saksoninchi yillar boshlarida Qoʻqonga qaytib, oila quradi va asosan ijodiy ish bilan shugʻullanadi. Muqimiy va Muhyi yetakchi boʻlgan Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar bilan bevosita muloqotga kirishadi, ular muntazam ravishda uyushtiradigan adabiy majlislarning, sheʼriyat kechalarining faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Bu yirik qalam sohiblari ijodida keyinchalik kamol topgan gʻoyaviy va adabiy birlik, ular dunyoqarashidagi umumiylik xuddi shu adabiy anjumanlarda shakllana borgan. Furqatning Qoʻqondagi ijodi tur va mavzu, mazmun va shakl rang-barangligi jihatidan ham, sermahsulligi jihatidan ham diqqatga sazovor. U mumtoz sheʼriyatimiz anʼanalari ruhida koʻplab ishqiy gʻazallar, muxammaslar, Navoiy asarlariga goʻzal nazira va taqlidlar yaratdi, chuqur xalqchillik va zamonaviylik uning sheʼrlarida tobora keng oʻrin egallay boshladi. Uning “Boʻldi” radifli muxammasida mavjud mustamlaka tuzumining illatlari, tobora keng quloch otayotgan kapitalistik munosabatlarning salbiy oqibatlari badiiy ifodasini topgan. Qoʻqon xonligining uzil-kesil tugatilib, batamom mustamlakaga aylantirilishi volqeasi bilan bogʻliq “Dermish xon bir kuni-kim, davru davronlar qayon qoldi?” misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi ham Furqatning shu davr ijodining mahsulidir. Toju taxtdan, shaʼnu shavkat va aʼyonlaridan mahrum boʻlgan Xudoyorxon nomidan bitilgan bu asar ham shoir ijodida zamonaviy ijtimoiy mavzuning keng oʻrnini isbotlovchi dalillardandir. Oʻzining guvohlik berishicha, Furqat xuddi shu yillarda “Hammomi xayol” risolasini yaratadi, “Chor darvesh” hikoyatini forschadan tarjima qiladi. “Nuh manzar” nomli sheʼriy kitob yaratadi. “Bulardin boʻlak har xil gʻazaliyotim Fargʻona muzofotigʻa (yaʼni, yon-atrof qishloqshaharlariga) va digar mamlakatlarga muntashir(mashhur) boʻldi”, deb yozadi shoirning oʻzi tabiiy gʻurur bilan. Xuddi shu yillarda shoir ilk bor sheʼrlarini toʻplab majmua holiga ham keltirgan. Afsuski, shoirning oʻzi qayd etgan risola, manzuma va tarjimalari kabi bu majmua ham shu kunga qadar topilgan emas. Furqat taxminan 1886–87 yillarda Margʻilonga borib, asosan sheʼriyat bilan band boʻldi, shaharning ziyolilari Xoʻjajon Rojiy, Muhammad Umar Umidiy – Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib, adabiy suhbatlar qurdi. Shu yerda u ilk bor gazeta bilan tanishib, uning “Toshkent shahrida bosma boʻlgʻon”ligini biladi. Furqat 1889 yili avvalida oʻlkaning bosh shahri Toshkent safariga chiqib, Qoʻqon orqali Xoʻjandga keladi. Bu qadimiy madaniy shaharda Toshxoʻja Asiriy boshliq mahalliy ijodkorlar, adabiyot muxlislari bilan qator uchrashuvlar, mushoirlar uyushtirgan Furqat, ayni zamonda shahar aholisining yashash sharoiti, kundalik hayoti, rasm – rusumlari bilan yaqindan tanishadi. 1889 yilning iyuni oʻrtalarida (hijriy 1306 yil shavvol oyi) Furqat Toshkentga kelib, Koʻkaldosh madrasasi hujralaridan biriga joylashadi. Odatiga koʻra, bu yerda ham mahalliy ziyolilar bilan tez muloqotga kirishadi, adabiy hayotda koʻrinarli mavqeʼga koʻtarila boradi. Furqat gʻazal va muxammaslarida ijtimoiy ohanglar ham koʻrinarli oʻrin tutadi. Mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy adolatsizlik va zoʻravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning zamonada eʼtibor topib, donolarning, halol kishilarning xor-zor etilishidan norozilik badiiy buyoqlarda qatiy jaranglaydi: Charxi kajraftorning bir shevasidin dogʻmen, Ayshni nodon surub, qulfatni dono tortadur. Sarigʻ oltun kasrati koʻngulni aylaydur qaro, Chunki safro boʻlsa gʻolib, oʻzga savdo tortadur. Mashhur “Sayding qoʻyaver, sayyod” musaddasida esa Furqat chor bosqinchilari mustamlakasiga aylangan oʻlkadagi hukmron zoʻravonlikka qarshi Inson sharafi va gʻururini ulugʻlaydi. Butun musaddas misralari zaminida insonparvar va erksevar shoirning zulm oʻtkazuvchilarga qarshi qatiy norozilik ovozi jaranglab turadi. Furqat hayotining Toshkent davri uning dunyoqarashi takomilida katta ahamiyat kasb etdi. Chor mustamlakachilik maʼmuriyatining markaziga aylantirilgan Toshkentda shoir kundan-kunga kirib kelayotgan ovroʻpocha hayot tarzi bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega boʻldi. Yangi tarixiy sharoitda moddiy-madaniy hayot va ijtimoiy ongda yuz bergan sezilarli oʻzgarishlarni mushohada etish, yaqin feodal oʻtmish bilan taqqoslash natijasida Furqat dunyoqarashida jiddiy sifat oʻzgarishi yuz berdi. Eng muhimi shundaki, bu hol uning ijodida oʻz badiiy ifodasini topdi – maʼrifatparvarlik, ovroʻpocha ilm-madaniyat, fan-texnikaga xayrixohlik shoir asarlarining gʻoyaviy mohiyatiga aylana bordi. Bu esa Furqatning koʻp asrlik adabiyotimizga yangi mavzular, yangi gʻoyaviy ohanglar olib kirishiga, chin maʼnoda novator ijodkor sifatida qalam tebratishiga zamin boʻldi. Endilikda Furqat zamonaviy maorif va madaniyatning yangicha qarash, fikrlash va yangicha hayot kechirishning jonkuyar targʻibotchisiga aylandi. Shu tariqa ijodiy, ilmiy va ijtimoiy faoliyatining eng qizgʻin, jangovar va eng mazmundor bosqichi boshlandi. Shoir nihoyat faollashdi, ilgʻor gʻoyalarning targʻibotida gazetadan unumli foydalanish mumkinligini yaxshi tushundi va tez orada “Turkiston viloyatining gazeti” hayʼatiga rasman ishga joylashdi. 1890 yilning may, iyul va sentyabr oylarvda “Ilm xosiyati”, “Akt majlisi xususida”, “Toshkent shahrida boʻlgʻon nagʻma bazmi xususida”, shuningdek, uch qismdan iborat “Vistavka xususida” kabi davr adabiyotvdagi maʼrifatparvarlik yoʻnalishining yetuk namunalari darajasida boʻlgan asarlari shu gazeta sahifalarida dunyo yuzini koʻrdi. Bu turkum asarlarida Furqat yangilik va taraqqiyotning, ilm-fan va ovroʻpocha maorif-madaniyatning otashin jarchisi sifatida namoyon boʻladi, oʻz vatandoshlarini zamonaviy bilimlarni puxta egallashga va ilgʻor xalqlar qatoridan oʻrin olishga daʼvat etadi. Shoir bitgan misralar nihoyatda joʻshqin va taʼsirchan, ulardagi xitob va hayqiriq har bir oʻquvchi diliga koʻchib, uni befarq qoldirmaydi: Jahon bastu kushodi – ilm birla! Nadur dilni murodi – ilm birla! Koʻngullarni sururi – ilmdandur! Koʻrar koʻzlarni nuri – ilmdandur! Kerak har ilmdan boʻlmak xabardor! Boʻlur har qaysi oʻz vaqtida darkor! Furqat xuddi shu yillarda yaratilgan “Shoir ahvoli va sheʼr mubolagʻasi xususida” deb nomlangan asarida ijodkor va badiiy adabiyot muammolarini qalamga oladi. Zokirjon Furqat haqli ravishda oʻzbek publitsistikasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning otashin publitsist sifatidagi faoliyati 1890 yildan boshlanadi. “Turkiston viloyatining gazeti” xodimi sifatida u bir yildan koʻproq vaqt davomida Sattorxon kabi ilgʻor maʼrifatparvarlar bilan hamkorliqda gazetani tayyorlashda bevosita qatnashib, gazeta sahifalarida oʻz maqollarini eʼlon qiladi. Jumladan, 1891 yilning yanvar-iyun sonlarida “Hoʻqandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. Oʻzi yozgʻoni” nomli kattagina nasriy asari nashr etila boshladi. Shoir dunyoqarashi va ijtimoiy-ijodiy faoliyatini belgilashda favqulotda ahamiyatga ega boʻlgan bu asar, ayni zamonda, endigina shakllanayotgan oʻzbek publitsistikasining yorqin namunasi sifatida ham katta qimmatga egadir. Furqatning Toshkentdagi faoliyati uzoqqa choʻzilmadi. U 1891 yil mayida Samarqandga joʻnaydi, shahar fozillaridan Mirzo Buxoriy hovlisida yashab, qadimiy obidalar bilan tanishadi, gazetaga xabarlar yoʻllaydi. Soʻngra Buxoroga oʻtadi. Iyul oyi oxirlarida esa chet el sayohatiga chiqib, Marv-Ashxobod-Boku-Botumi orqali noyabr oyida Istanbulga boradi. Shu tariqa shoir hayoti, dunyoqarashi va ijodida chuqur iz qoldirgan vatanjudolik boshlanadi. Istanbuldan Toshkentga yoʻllagan mashhur “Sabogʻa xitob” sheʼriy maktubi Vatan ishtiyoqi, sogʻinchi, ayriliq azoblari va yolgʻizlik ohanglari shoir ijodida endiliqda old oʻringa koʻtarilganini koʻrsatadi. Furqat Istanbuldan Bulgʻoriya va Yunonistonga qisqa muddatli sayohat uyushtirib, Bolqon yarim orolining qator shaharlarida boʻladi. Shu kezlarda yaratilgan “Rumolik qiz hikoyati” (“Yunon mulkida bir afsona”)da vatanni qoʻmsash, unga talpinish mavzui romantik-sarguzasht boʻyoqlarda juda taʼsirchan ifodalangan. Furqat 1892 yil martida Istambuddan Oʻrta yer dengizi oraqali Arabistonga oʻtib, Makkada haj ziyoratini bajo aylab, Jadsa, Madina shaharlarida boʻldi. Xuddi shu ziyorat munosabati bilan uning “Hajnoma” asari maydonga keladi. Makka ziyoratini tugatgach, Furqat Bombeyga kelib, Hindistonning qator qishloq-shaharlariga sayohatlar uyushtiradi. Shoirning bu davrda yaratgan barcha asarlarida nasriy va nazmiy makublarida ona yurt sogʻinchi va vatanparvarlik gʻoyalari yetakchilik kildi. Bu jihatdan, ayniqsa, “Adashganman” radifli lirik sheʼrlar turkumi alohida ajralib turadi. Hatto, shu yillarda bitilgan “Kashmirda”, “Bulbul” deb yuritiluvchi “sof” lirik gʻazallarida ham Vatanni qoʻmsash mavzui koʻzga aniq-ravshan tashlanadi. Furqat 1893 yili martida Kashmir-Tibet orqali uygʻur oʻlkasiga keladi. Yorkentda turgʻun boʻlib qoladi. Furqat doimo Vatanga qaytish umidi bilan yashadiki, bu intilish uning kator badiiy asarlarida, xat-xabarlarida ham u yoki bu darajada oʻz ifodasini topgan. “Vatanning ishtiyoqini tortaram gʻurbat gʻami birlan”, deb yozgan shoir umrining soʻnggi kunlariga qadar oʻz yurtiga qaytish ilinjida yashadi, shu bois uning fuqaroligidan chiqmadi. Furqat Yorkentda dorivor oʻsimliklar bilan savdo kiluvchi kichik doʻkon ochadi. Asosan esa ijodiy ish va xattotlik bilan shugʻullanadi. Shoirning oʻz maʼlumotlariga koʻra, chet el sayohatiga chiqqani hamonoq yozishga kirishgan “Sayohatnoma” asari ustida koʻpishlagan. Ammo hajman kattagina deb taxmin etiluvchi bu asar hanuzgacha topilmagan. Furqat Yorkentda koʻplab lirik gʻazal va muxammaslar qatorida ijtimoiy-siyosiy mavzularda ham qator masnaviylar yaratdi. “Masarratnoma”, “Qasida” asarlari, shuningdek, rus-yapon urushi munosabati bilan yozgan masnaviysi xuddi shu turkum jumlasiga kiradi. Shoir ona yurti bilan, Fargʻona va Toshkentdagi yoru doʻstlari bilan muntazam aloqani kanda qilmadi. Zavqiy, Toshboltu kabi ijodkor doʻstlariga sheʼriy maktublar, “Turkiston viloyatining gazeti”ga xat va maqola-xabarlar yuborib turdi. U xuddi shu yillarda milliy adabiyotimizda pamflet va felyeton kabi jangovar turlarning ilk namunalarini yaratib, gazeta sahifalarida eʼlon etdi. Furqatning adabiyotimiz tarixida ikki tillik ijodkor sifatida ham oʻz oʻrni bor. Uning forsiy tilda bitilgan ishqiy va ijtimoiy mazmundagi koʻplab gʻazallari oʻzining yuksak badiiyligi bilan oʻquvchilar dilidan mustahkam oʻrin olgan. Mazmunan hayotiy va badiiy barkamol lirikasi, maʼrifatparvarlik yoʻnalishidagi yetuk asarlari bilan, jozibali nasri va jangovar publitsistikasi bilan XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Zokirjon Furqat 1909 yilda ogʻir kasalliqdan soʻng vafot etdi. Uning jasadi Yorkentning Dongdor mahallasidagi qabristonga qoʻyilgan. Download 63.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling