2mavzu: Pedagogik talimotlar tarixi


Download 104.57 Kb.
bet1/10
Sana02.11.2023
Hajmi104.57 Kb.
#1740005
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2mavzu Pedagogik talimotlar tarixi-fayllar.org


2mavzu: Pedagogik talimotlar tarixi

2mavzu: Pedagogik talimotlar tarixi
Reja:
  1. Pedagogika tarixi fanining predmeti, vazifasi va metodologik asoslari.


  2. Xalq og‘zaki ijodida va qadimgi yozma manbalarda tarbiyaga oid masalalar.


  3. Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari.


  4. Qadimgi YUnoniston va Rim davlatlarida ta’lim-tarbiya.


  5. SHarq uyg‘onish davrida ilm-fan, pedagogik fikrlar taraqqiyoti.




Tayanch iborat!
Pedagogika tarixi, sharq uyg‘onish davrida ilm-fan, pedagogik fikrlar taraqqiyoti, eng qadimgi yozma yodgorliklar, Avesto O‘rxun, Enasoy, xalq og‘zaki ijodi, Sparta, YUnoniston, Islom ta’limoti.


1. Pedagogika tarixi fanining predmeti, vazifasi va metodologik asosi.
Mustaqillik tufayli ko‘hna Turkiston diyorida istiqomat kilib kelgan barcha xalqlar milliy kadriyatlarining kayta tiklanishi va rivojlanishiga muyassar bo‘ldi.
Bizga malumki sobiq sho‘ro tuzumi davrida o‘zbek xalqining madaniyati, maorifi, ijtimoiy manaviy, ma’rifiy sohadagi yutuqlari kamsitilib, asosan maorif va madaniyat g‘arbda rivojlanib, keyinchalik sharqqa tasir etgan degan fikrlar singdirib kelingan edi.
Mustaqilligimiz sharofati shundaki, tarixni buzib ko‘rsatishga chek qo‘yildi. Turon zaminida yashagan xalqlarning ma’rifiy-madaniy qarashlari eng qadimgi davrdan yuksak ekanligi olimlarimiz tomonidan isbotlab berildi.
Ma’lumki, uzoq va boy tarixga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo xalklari o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, do‘stlik, saxovat kabi umuminsoniy fazilatlari ruxida tarbiyalab kelgan, xalqimiz yaratgan ma’rifiy fikr sarchashmalari qadim-qadimlarga borib taqaladi.
O‘zbek xalqi tarixan ta’lim-tarbiya soxasida o‘ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto, xozirgi o‘zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham pedagogik mafkura xukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» ning bizgacha etib kelgan ayrim sahifalarida o‘z ifodasini topgan.
Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati tarixini yoritish imkoni chegaralangan. CHunki, dastlab Iskandar boshchiligidagi yunon - makedon qo‘shinlari, so‘ngra Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab istilochilari olib borgan talonchiliklar, vayronagarchiliklar tufayli o‘sha davrga tegishli deyarli barcha asarlar, manbalar yo‘qotib yuborilgan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik qarashlarni, milliy ta’lim-tarbiyaga oid an’analarni, qadriyatlarni, xalq pedagogikasini ilmiy o‘rganish, puxta tahlil qilish va hayotga tadbiq etish bugungi kunning muhim va dolzarb muammosidir.
Istiqlolga erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Evropa pedagogikasini asos qilib oldik va o‘rgandik. Endigi vazifa SHarq pedagogikasi bilan G‘arb pedagogikasining eng ilg‘or an’analarini o‘rganishga e’tiborni qaratishdan iboratdir. CHunki ilmu-fan avval SHarqda taraqqiy etgan.
YUqoridagi fikrlarning o‘zi madaniyat, ma’rifat SHarqdan Evropaga tarqalgan deyishga asos bo‘la oladi. CHunki, savodxonlik maktablarining, qadimiy yozuvlarning vujudga kelishi eng qadimgi manbalarda «Avesto», So‘g‘d, Baqtriya, Urxun-Enisey, Xorazm va boshqa yozuvlar Turon zaminida yuzaga kelganligi, shu muqaddas zaminda yashayotgan xalqlarning eng qadimgi ajdodlari savodxon kishilar ekanligidan dalolat beradi. Xaqiqatdan ham shunday, o‘zbek xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz. O‘tmishimizda unutilgan shunday ulkan sarchashmalar borki, ularni puxta, atroflicha o‘rganmoq birinchi galdagi vazifamizdir.
Bu esa qadimiy boy marifiy merosimizning qimmatli manbalarini bebaho xazinamizni yuzaga olib chiqish, uni hozirgi ilmiy pedagogik tafakkuri iste’moliga kiritishni taqozo etadi. VII - XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm - fan beqiyos rivojlana bordi. Ayniqsa, aniq fanlarga qiziqish orta boshladi. O‘sha tarixiy davrda al - Xorazmiy, Al - Forobiy, Al-Farg‘oniy, Al - Beruniy, Ibn Sino, Az - Zamahshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi. Ulug‘ mutafakkirlar inson ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda insoniyat ongini, madaniy-ma’rifiy qarashlarni o‘stirishda o‘z davrida va keyinchalik ham asosiy rol o‘ynadilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratdilar. XV - XVI asrlarga kelib qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Bobur, singari allomalarni voyaga etkazdi. U davrda Markaziy Osiyo shaharlarida qator madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi.
Demak, Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi va uning madaniy - ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida misli ko‘rilmagan darajada rivojlangan. Qolaversa, uning axloq odobga oid qarashlari, pedogogika fanlari bo‘yicha ta’limoti butun jahonga o‘rnak bo‘larli mano va mazmun kasb etgan.
Oktyabr to‘ntarishidan keyin, yani 1917 yildan boshlab Turkiston mintaqasida SHo‘ro xokimiyati o‘rnatila boshlandi. Bu tuzum kommunistik mafkurani targ‘ib va tashviq qildi.
SHo‘ro xokimiyatining dastlabki yillarida Turkistonda yangi maktablar ochish va ularni mustahkamlash vazifalari ko‘ndalang qilib qo‘yiladi. Unda yoshlar ongiga mustabid xokimiyat g‘oyalarini singdirish, shu ishlarni amalga oshiradigan pedagog xodimlar tayyorlashga etibor berildi. U ishlarni amalga oshirishda Rossiya xalq talimi yo‘nalishi va tizimi etakchilik qilgan. Tarixdan malumki, qaysi davlat yoki mamlakat hukmron bo‘lsa, u tobe mamlakat va xalqqa o‘z mafkurasini, madaniyatini, axloq-odob aqidalarini singdirishga harakat qilgan.
1924 yildan boshlab Turkistonning parchalanishi, milliy respublikalar tashkil etilishi oqibatida milliy madaniyat yo‘li asta - sekin to‘sila boshlandi. Asrlar osha amalda qo‘llanib kelingan, qomusiy ilmlar bitilgan yozuv man etildi. Avval lotin keyin rus grafikasi asosiga qurilgan yozuvga o‘tildi. Bu tadbir Markaziy Osiyo xalqlarining o‘z madaniyati tarixini o‘rganish imkoniyatidan mahrum qildi.
Maktablarda dunyo fanining rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan o‘zbek fan va madaniyatining asoschilari, musulmon olamining ulug‘ zotlari emas, balki o‘zbek xalqi kamolatiga aloqasi bo‘lmagan shaxslar faoliyati o‘rgatildi.
Musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur’oni Karim, Muhammad Alayhissalom xadislarini o‘rganish taqib ostiga olindi. Natijada o‘zbek xalqi milliy axloq - odobi va tarbiya ananalaridan mahrum bo‘la boshladi.
Bu yo‘qotish o‘zbek fani, madaniyati va pedagogika fanlari rivojlanishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatdi.
1991 yilga kelib, O‘zbekiston xalqi mustaqillikka erishgach, o‘zining yangi milliy Qomusi asosida hamma sohada bo‘lganidek fan va madaniyati, «Pedagogika tarixi»ga ham yangicha yondashish imkoniyati tug‘ildi.
O‘tmishda atoqli mutafakkirlar pedagogikaga doir muhim fikrlarni aytib qoldirganlar, bularni o‘rganish pedagogik tafakkurning o‘sishiga, pedagogik madaniyatning ortishiga imkon beradi.
YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, biz o‘rganmokchi bo‘lgan pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalarini aniqlashimiz va buni ta’lim - tarbiya jarayonida amaliyot bilan bog‘lab qo‘llashimiz va takomillashtirishimiz lozimdir.
Demak, «Pedagogika tarixi» fani eng qadimgi zamonlardan tortib, to xozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlardagi tarbiya, maktab va pedagogik nazariyalar taraqqiyotini milliy va umuminsoniy aqidalarga tayanib o‘rganadi.
Zero, pedagogika tarixi fanini o‘rganish o‘qituvchining pedagogik mahoratini, madaniyatini oshiradi. Unga o‘tmishdagi eng yaxshi tajribalarni hozirgi zamon maktablari ta’lim - tarbiya jarayoniga bog‘lab tahlil etish imkoniyatini yaratib beradi. Bu fanni o‘rganish o‘qituvchining umumpedagogik bilim darajasini kengaytiradi, pedagogik merosga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishiga undaydi. SHuni ta’kidlash lozimki, biz pedagogika tarixini o‘rganishimiz orqali jahon madaniyati, ta’lim - tarbiya, maorif muassasalari tizimini takomillashib borish jarayoni xaqidagi umumiy tasavvurga ega bo‘lamiz. «Pedagogika tarixi» fani bo‘lajak o‘qituvchilarga bilim beribgina qolmay, ularda milliy iftihor va g‘urur hissini ham tarbiyalaydi.
Pedagogika tarixi ijtimoiy fan bo‘lib, tarixiy pedagogik hodisalarga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarida xilma-xil bo‘lganligini ochib beradi.
Pedagogika tarixi fani kuyidagi fanlar, ya’ni: pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, O‘zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, axloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan o‘zviy aloqadadir.
Biz pedagogika tarixi fanini o‘rganish va tahlil qilishimizda kuyidagilarga asoslanamiz. Bular : qadimgi yozuvlar, bitiklar, qo‘l yozma yodgorliklari, SHarq mutafakkirlarining ilmiy, ma’naviy merosi, xalq og‘zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalar, dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, xalq maorifi masalalariga oid materiallar, matbuot materiallari.

Download 104.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling