2mavzu: Pedagogik talimotlar tarixi


XVII-XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida ilm-fan va ta’lim-tarbiya


Download 160.27 Kb.
bet7/10
Sana22.01.2023
Hajmi160.27 Kb.
#1111163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu (1)

2. XVII-XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida ilm-fan va ta’lim-tarbiya.

Movarounnahrda bir yuz ellik yil asrning birinchi yarmida hukumronlik qilgan temuriylar sulolasi inqirozga yuz tutib, uning xonliklarida ilm-fan va o‘rniga SHayboniylar hukumronligi o‘rnatildi. Lekin SHayboniyxon ham (1451-1510) kuchli markazlashgan davlat barpo kilishga qay darajada harakat qilgan bo‘lsa ham, uning o‘limidan so‘ng o‘zaro urushlar avj olib ketib, bu hududda uch xonlik, avvalo Buxoro va Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib, Qo‘qon xonligi paydo bo‘ldi.


Xonliklar davrida boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatildi. Jumladan, Hindiston SHoh Akbar, SHarqiy Evropadan Ivan Grozniylar bilan do‘stona aloqa o‘rnatildi.
Buxoro xoni Abdullaxon 1001 ta rabot va sardobalar qurdirdi, madrasa, masjidlar, xonaqox va ko‘priklar, suv omborlar va boshqa inshootlar qurildi- Bu davrda “Abdullanoma” nomli tarixiy kitob yozildi. Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiyning “Dastur al-iloj”, Muhammad YUsuf Mahxolning “Taxqiq al xumayyot”, “Zubdat ul-qaxxolin” asarlari, SHayboniyxonning “Tavorixi guzidayi nusratnoma”, Boburning “Boburnoma”, Vosifiyning “Badoe’ ul-vaqoe”, Fazliddin Ibn Ro‘zbekxonning “Mexmonnomai Buxoro” kabi asarlarida o‘sha davrning ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, adabiy, ma’rifiy hayoti o‘z aksini topgan.
Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa, mantiq, qiroat, tafsir, shariat, hikmat, islom tarixi va aqidalariga oid ilmiy-nazariy bilimlar, ish yuritish, huquqshunoslik, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va boylik taqsimoti kabi dunyoviy hamda ilmiy bilimlar o‘rgatilar edi. SHuningdek, barcha madrasalarda albatta fan sifatida “Qur’on”, “Tafsir”, “Odob-os-solixin”, “Maslik ul-Mutakkin”, “Sabod ul-ojizin”, “Kimyoi saodat”, “Hadislar” o‘qitilar edi.
O‘qish muddati 15-20 yilni tashkil etib, masjid yonidagi maktabda esa bolalar 7 yil alifbo, abjad, Qur’on, farzi ayn, CHor kitob, Xoja Xofiz, “Maslik ul-Mutakkin”, Mirzo Bedildan savod o‘rgatilar edi. O‘zbek bolalari o‘qiydigan maktablarda “Kitobi Fuzuliy”, “Lison ut-tayr”, “Devoni Alisher Navoiy”, “Qissai devona Mashrab”, So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” kitobi o‘qitilgan.
Ta’lim-tarbiya jarayonida ayollar ta’limi ham rivojlana boshladi.
O‘zbek diyorida otinlar maktabining yirik namoyondalaridan biri - Jahon otin Uvaysiy edi.
Jahon otin Uvaysiy (1789-90 Marg‘ilon - 1850 y. Marg‘ilon)-XIX asr Qo‘qon madaniy muhitning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri etuk shoira va maktabdor muallimalardandir. Jahon otin Uvaysiyning she’rlar va maktabdorlik xizmatlari xalq ommasi orasida keng yoyilgan.
Jahon otin yoshligidan boshlab onasidan savod o‘rgangan, kichikligidayoq akasi ikkalasi Oxunjon hofizdan dutor, tanbur chalish, musiqa ilmining amaliy tomonlarini xam egallaydi. Otasidan esa arab, fors tillari va adabiyot sirlarini o‘rganishga harakat qiladi.
Jahon otin Uvaysiy endi mustaqil ravishda Marg‘ilon va uning atrofidagi qizlarni o‘qita boshladi. Qizlarga xat-savod o‘rgatadi. Ilmiy musiqadan dars beradi. Uvaysiy qizlarga she’r yozishning uslublarini ham o‘rgatadi. Muallimlik kasbiga Uvaysiy ixlos bilan qaraydi. Ilmga tashna qizlarga sidqidil bilan dars beradi. Bu xol uning g‘azallarida ham o‘z ifodasini topgandir:
Ma’lumki, qizlar maktabida talabalar zehnini tarbiyalash, bilimlarni mustahkamlash, uzoq esda saqlab qolish, tafakkur qobiliyatini shakllantirishga ham katta e’tibor beriladi. SHu maqsadda chiston (topishmoq) larni echish, muvashshaxlar yozish, adabiy asarni sharhlash va izohlash kabilardan foydalanilgan. Bu usullar talabani rag‘batlantirgan, uning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini va qobiliyatini oshirgan.
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida rus chorizmi O‘rta Osiyoni zabt etdi va u erda mustamlaka tartibini o‘rnatdi. CHor hukumati mustamlakachilik siyosatini amalga oshirish bilan birga maorif matbuot, adabiyotni yuksaltirishga qarshi qaratilgan tadbirlar ko‘rdi, ozodlik, erkinlik, shuningdek dunyoviy bilim g‘oyalari bilan sug‘orilgan taraqqiyparvarlik oqimiga qarshi kurashdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston hududida umuman, 400 dan ortiq, ya’ni Turkiston o‘lkasida 313 ta, Buxoro amirligida 103 ta, Xivada 8 ta madrasalar ishlagan.
Har bir qishlokda esa masjid bo‘lib, har bir masjid qoshida albatta maktab bo‘lgan. SHaharning har bir mahallasida, har bir qishloqda maktab bo‘lib, masjid domlasi bolalarni o‘qitgan. Maktabda avval “xaftiyak”, keyin “Qur’on” yodlanardi, so‘ng “CHor kitob”ga tushilardi.
“CHor kitob” 4 bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘limda haq - xudoning nomlari tushuntirilardi, din koidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisi din-e’tiqodni anglash, uchinchi bo‘limda kalomi nabi - rivoyatlar baxs etilgan. Bu kitob nazm va nasrda fors tilida yozilgan. Maktablarda Hofiz, Alisher Navoiy, Bedil, So‘fi Olloyor ijodi o‘rganilar edi.
Maktabni bitirgandan so‘ng bir qism talabalar madrasaga kira olardilar.
Madrasa - O‘rta Osiyoda IX asrda paydo bo‘lgan oliy diniy maktab. Uning o‘quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o‘zgarib turgan. Masalan XV asrning 30-40-yillarida - Samarqand va Hirot madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, musiqa va hokazolar xam o‘qitilgan. Madrasa uch bo‘limdan iborat bo‘lgan:
1-bo‘limda musulmon diniy ilmlari bayon qilingan kitob-arab tili va qonunchilik o‘rgatilar edi. Bu bo‘lim talabasi 9-10 yil o‘qigan.
2-bo‘limda qonunchilik, iloxiyot, mushkilot-mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati o‘rgatilgan. Unda 7-8 yil o‘qishgan.
3-bo‘limda iloxiyot, qonunchilik, kalom o‘qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar berilgan.
Madrasadan mudarrislar, mutavallilar, qozilar, imomlar etishib chiqqan.
1900-yilda Turkiston o‘lkasidagi 313 ta madrasada 7052 kishi o‘qigan (Buxoro (103) va Xivadagi (8) madrasadan tashqari). Qur’on bilan birga shariat ham keng o‘rganiladi. SHariat - diniy yuridik qonun bo‘lib, shaxsiy oilaviy, huquq jinoiy va davlat huquqi o‘rganilgan. O‘sha davrda har bir hunar uchun 40 dan ortiq risola-nizom ishlab chiqargan. Bu hunar o‘rganuvchilar uchun qonun edi.



Download 160.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling