2mavzu: Pedagogik talimotlar tarixi
SHarq uyg‘onish davrida ilm-fan, pedagogik fikrlar taraqqiyoti
Download 160.27 Kb.
|
2-mavzu (1)
SHarq uyg‘onish davrida ilm-fan, pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Arab halifaligida yuz bergan ijtimoiiy-siyosiy o‘zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. IX asrda SHarq mamlakatlarida boshlangan va madaniy hayotda yuz bergan ko‘tarinkilik ma’naviy hayotda ham o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Buni biz xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833), so‘ng uning o‘g‘li al-Ma’mun davrida Bag‘dodda «Baytul xikma» («Donishmandlik uyi»), hozirgi davrda Akademiya ma’nosida tashkil etilganidan ham bilsak bo‘ladi. Mazkur Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlanagan. Akademiya qoshida rasadxona ham bo‘lgan, yangi kutubxona qurilgan. Bag‘doddagi mazkur ilm markazi, o‘z navbatida SHarq va G‘arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan, bu haqida mazkur «Baytul hikma» ning ilmiy ishlarga rahbarlik qilgan Al-Xorazmiy xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqiga qay darajada xomiylik qilganini «Al-jabr va al-muqobala hisobi xaqida» asarida shunday ta’riflagan: «Olloh Imom al-Ma’munga. Unga meros bo‘lib qolgan xalifalik lavozimini in’om qilib, muruvvat etganligi, bu lavozim libosini kiydirib, uni bezaganligi va shu bilan birga unda fanlarga muhabbat va olimlarni o‘ziga yaqin tutishga intilish (hissiyotini) o‘yg‘otganligi menga jasorat ato qildi, (chunki u) ularning ustiga o‘z xomiylik qanotini yozib, ularga noaniq bo‘lgan narsalarni yoritishga va ular uchun mushkul bo‘lgan narsalarni osonlashtirishga yordamlashadi». Xorun ar-Rashidning ikkinchi o‘g‘li al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlarida xalifalikning Xurosondagi noibi bo‘lib turganda ham Movarounnaxr va Xurosondagi olimlarni to‘plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javxariy, al-Marvaziy kabi vatandosh olimlarning barchasini Bag‘dodga chaqirib oladi va «Baytul xikma» - donishmandlik uyi («Ma’mun akademiyasi»)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi. X asrdan boshlab Movarounnaxr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlari - Toxiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo‘lishi va xalifalik emirilishi ham madaniy hayotning orqaga ketishiga emas, balki yanada ravnaq topishiga olib keldi. Qadimgi YUnoniston olimlari Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen, Evklid, Ptolomey, Arximed va boshqalarning asarlari, fors tilidan badiiy-didaktik asarlar «Kalila va Dimna», «Fors shohlari hayoti», hind tilidan «Hind dorilari va ularning nomlari», «Saorad», «Siddxanta», «Nabotiy dexqonchiligi to‘g‘risida kitob» va boshqa kitoblar tarjima qilindi. Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, Al-Xorazmiy, Al - Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar ijod etganlar. X asrning ikkinchi yarmidan tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ba’zi xonlar o‘z saroylarida kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab va hatto G‘arbiy Evropa olimlarining asarlari ham mavjud edi. Bu davrda turkiy til shakllanib bordi. YUsuf Hos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy kabi olimlar jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan asarlarini yaratdilar. XI asr boshida G‘aznaviylar davlati, keyinroq Saljuqiylar. Xorazmshohlar davlati ham tashkil topdi. G‘aznaviylar davrida ham ilmiy, ijtimoy fikrlar rivojlandi. Mahmud G‘aznaviy o‘z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to‘playdi, olimlarni ilmiy ishga taklif etadi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning mashhur «Hindiston» asari shu erda yaratilgan edi. XI asrda Xorazmda ilm-fan ayniqsa taraqqiy etdi. Xorazm shohi Ma’mun o‘z saroyiga eng zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan «Baytul xikmat»- Donishmandlar uyi tarixda «Ma’mun akademiyasi» deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saql al-Masixiy, tabib Abulxayr Hammor kabi olimlar ilmiy ijodlar bilan muhim rol o‘ynadilar. Lekin toj-taxt uchun kurash natijasida bu ilm dargohi o‘z faoliyatini to‘xtatib, olimlar tarqalib ketadi. SHarq uyg‘onish davri madaniy rivojlanishida ilm-fan shartli ravishda uch yo‘nalishda rivojlanganini ko‘ramiz. Birinchi yo‘nalish - matematika, tibbiyot yo‘nalishidagi fanlar bo‘lib, bularga matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, geodeziya, minerologiya, tibbiyot, farmakologiya va boshqa shularga turdosh fanlar kiritilib, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniylar matematikaga oid, Zakriyo ar-Roziy kimyo va tibbiyotga oid, Ibn Sino, Jurjoniylar tibbiyot va falsafa, Abu Rayhon Beruniy, Ulug‘bek Ali Qushchilar astronomiya va tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar. Birinchi yo‘nalish - ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, bunda falsafa, texnika, mantiq, fikh ruxshunoslik, notiqlik va boshqa sohalar bo‘lib, bu sohada Al-Farobiy, Al-Kindiy, Ibn Rusht, Ibn Sino, Zahiriddin Bayxaqiy, Muhammad Narshaxiy va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Mazkur davrda ilmiy bilishga asoslanuvchi metod shakllandi. Natijada aqliy tarbiya olimlar diqqat markazida bo‘ldi: Xorazmiy, Forobiylar bu metodni asoslab bergan buyuk mutafakkirlar bo‘lsalar, ular bilan bir qatorda o‘sha davrda yaratilgan barcha ta’limiy-axloqiy risolalarda ham aqliy tarbiyada zehnni tarbiyalash, aqliy kamolat yo‘llari, bilimning asl mohiyatlarini yortishga harakat qildilar. Mutafakkirlarning o‘z ishlarida o‘qitish va ta’lim-tarbiyaga e’tibori natijasida ta’limiy-axloqiy masalalarga qiziqish orta bordi. Aniq fanlarni o‘qitishning uslubiy masalalariga ayniqsa e’tibor kuchaydi. Pedagogika sohasida inson va uning kamoloti bilan bog‘liq muammo asosiy o‘rin egallaydi. Ta’limiy - axloqiy asarlarda bir tomondan inson aqli, uning quvvati, ilm-fanni egallashi, hushxulq bo‘lishi ifodalansa, ikkinchi tomondan bu ifodalar ta’limiy-axloqiy asarlarda o‘zining badiiy ifodasini topadi. Xulosa qilib aytganda, markazlashgan Arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va qadimgi ma’naviy yodgorliklar Movarounnaxr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘tarilish, SHarq Renessansi - uyg‘onish davrining boshlanishiga olib keldi- Butun SHarq bilan bir qatorda, Movarounnahr ham ilm-fan va ma’rifat sohasida o‘z hizmatlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar maydonga keldi-Qomusiy olimlar o‘z ilmiy merosida ta’limiy-ahloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahmiyatga ega bo‘ladi. Download 160.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling