2mavzu: Pedagogik talimotlar tarixi


Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari


Download 160.27 Kb.
bet3/10
Sana22.01.2023
Hajmi160.27 Kb.
#1111163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu (1)

Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari.

Tadqiqotchilar eramizdan oldingi birinchi ming yillik o‘rtalarida oromiy yozuvi, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so‘ng esa yunon yozuvi va shu bilan birga forsiy mixxat ham ma’lum vaqtlarda qo‘llanib kelinganini ta’kidlaydilar.
Demak, o‘sha davrdayoq Xorazm, So‘g‘d, Kushan, Run (Urxun-Enisey), uyg‘ur va boshqa yozuvlar paydo bo‘lgan va bu yuksalish ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. CHunki, inson ibtidoiy jamoa bo‘lib yashash tarzini asta-sekin rivojlantirib borib, jahon madaniyatida katta kashfiyotlar yaratdi.CHunonchi, Xitoyda qog‘ozning ixtiro etilishi, Xindistonda hisoblash o‘nlik sistemasining paydo bo‘lishi, Mesopotamiyada Er kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va soniyalarga bo‘lishning joriy etilishi, Markaziy Osiyoda o‘rta dengiz bilan Hindistonni bog‘lovchi arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiyot namunalari buning dalilidir.
Ibtidoiy jamiyat taraqqiyotining birinchi bosqichida, urug‘chilik jamiyatidan oldingi jamiyatda, odamlar tabiatning tayyor mahsulotlarini istemol qilganlar, ovchilik bilan shug‘ullanganlar. YAshash vositalarini topib qo‘lga kiritish jarayoni unchalik murakkab bo‘lmagan va ayni vaqtda ko‘p mehnat talab qilgan. Jamoa bo‘lib yashash, mehnat qilish va istemol qilish sharoitidagina yirik hayvonlarni ovlash, tabiat bilan kurashish mumkin bo‘lar edi. Hamma narsa mushtarak edi, jamoa a’zolari o‘rtasida ijtimoiy tafovutlar yo‘q edi. Ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qon-qarindoshlik munosabatlariga asoslanar edi. Undagi mehnat va ijtimoiy (sotsial) vazifalarning taqsimlanishi tabiiy biologik negizga asoslanadi, buning natijasida erkaklar bilan ayollar o‘rtasida mehnat taqsimoti mavjud edi, shuningdek, ijtimoiy jamoalar yosh jihatdan bo‘linar edi.
YAngi tug‘ilgan bola dastlab o‘sib etishayotgan kishilar guruhiga berilardi: uni shu jamoadagi keksayib qolgan kishilar boqardilar va o‘stirardilar. Bola tegishli biologik yoshga to‘lib, ba’zan bir ijtimoiy tajriba, mehnat qilishni o‘rganib, hayotiy bilim va malakalarni egallaganidan keyin odam qatoriga kiritilib to‘la qimmatli mehnatchilar guruhiga o‘tar edi. Bir qancha zamonlardan so‘ng bu guruhga o‘tkazish chog‘ida initsiatsiya «bag‘ishlab» udumi bajariladigan bo‘lib qoldi. Bu udumni bajarish chog‘ida yoshlarning turmushga qanchalik tayyorlanganliklari: azob- uqubatlarga bardosh bera olishlari, botirlik va chidamlilik ko‘rsata bilishlari sinab ko‘rilar edi.
YOsh jihatdan bo‘lingan bir guruh a’zolari bilan boshqa guruh a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar hech qaerda yozilmagan, lekin qatiy bajariladigan odat hamda ananalar bilan tartibga solinib turar edi, bular tarkib topayotga ijtimoiy normalarni mustahkamlar edi.
Urug‘chilik jamiyatidan oldingi jamiyatda tabiiy tanlanish va muhitga moslanishning biologik mexanizmlar xam odam taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir. Biroq, jamiyat rivojlanib borgan sari unda tarkib topayotgan ijtimoiy qonuniyatlar kattaroq rol o‘ynay boshlaydi, asta-sekin ustunlik darajasiga ko‘tariladi.
Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zining hayot faoliyati jarayonida, kattalarning ishlarida qatnashib, ular bilan kundalik muomalada bo‘lib tarbiyalanar va ta’lim olar edi. Bola, keyinroq odat bo‘lib qolganidek, hayotga hozirlanibgina qolmasdan, shu bilan birga, o‘zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo‘shilib ham ketaveradi, kattalar bilan birga va ularning raxbarligida jamoa bo‘lib mehnat qilishga va hayot kechirishga o‘rganar edi. Mashaqqatli turmush kechirish va tabiat bilan kurash olib borish sharoitida odam faqat jamoa bo‘lib yashashi va mehnat qilishi mumkin edi. Bunday jamiyatda hamma narsa jamoaniki bo‘lardi. Bolalar ham butun urug‘ qo‘lida, dastlab onalari qo‘lida bo‘lar, so‘ngra otalar qo‘liga o‘tib kolardilar. Bolalar va o‘smirlar mexnatda va kattalar bilan kundalik muloqatda turmush uchun zarur ko‘nikmalar va mehnat malakalarini o‘rganib olaveradilar, urf-odatlar bilan tanishaveradilar, ibtidoiy odamlar hayotida har doim bo‘lib turadigan rasm-rusumlarni bajarishni o‘rganadilar.
O‘g‘il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan birga ov qilish va baliq tutishda, qurol yasashda qatnashar, qizlar esa xotinlar raxbarligida ekin ekib, hosilni yig‘ishtirib olish ishlarida qatnashar, ovqat pishirar, idish yasab, kiyim tikar edilar. Matriarxat taraqqiyotining oxirgi bosqichlarida yosh avlodning yashashi va tarbiyalanishi uchun o‘g‘il bolalar uchun alohida, qiz bolalar uchun alohida - birinchi muassasalar paydo bo‘ddi. Mana shunday joylarda - yoshlar uylarida yoshlar urug‘ oqsoqolalarning raxbarligida yashashga, mehnatga, o‘tkaziladigan «sinovlarga» tayyorlanar edilar. Asta sekin chorvachilik, dehqonchilik, hunar-kasblar paydo bo‘la boshladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanib, odamlarning mehnat tajribasi kengayib borganligi sababli tarbiya ham murakkablashdi, ko‘p tomonlama va rejali bo‘lib qoldi. Bolalarga hayvonlarni boqish, dehqonchilik qilish, hunar-kasb o‘rgatiladigan bo‘ldi. Birmuncha tashkiliy ravishda tarbiya qilish zarurati tug‘ilishi bilan urug‘chilik jamoasi yosh avlodni tarbiyalashni tajribalirok kishilarga topshirib qo‘yadigan bo‘ldi. Ular bolalarga mehnat ko‘nikmalari va malakalarini o‘rgatish bilan bir qatorda paydo bo‘lib qolayotgan diniy urf-odatlarning qoidalari, naqllar bilan ularni tanishtirar, yozishga o‘rgatilar edi. Ertaklar, o‘yinlar va raqslar, musiqa va ashula, xalqning butun og‘zaki ijodi xarakterning muayyan belgilarini tarbiyalashda katta rol o‘ynadi. Urug‘chilik jamoasining yanada rivojlanib borishi natijasida harbiy tarbiyaning boshlang‘ich turlari paydo bo‘ldi: o‘g‘il bolalar o‘q-yoy otishni, nayzadan foydalanishni, otda yurishni va shu kasblarni o‘rganadigan bo‘lib qoldilar. Odamlar yoshlariga qarab guruhlarga ajratiladigan bo‘ldi, bunday guruhlarda o‘zining aniq ichki tashkiloti, boshliqlar paydo bo‘ldi, maxsus tayinlab ko‘yilgan urug‘ oqsoqollari rahbarligida yigit va qizlarni urug‘ning to‘la huquqli a’zolari qatoriga qo‘shish uchun tantanali sinovlar o‘tkazish murakkablashdi. Boshlang‘ich bilimlarni o‘qib olishga, xat paydo bo‘lgandan keyin esa yozuvga ham katta e’tibor beriladigan bo‘lib qoldi. YOsh avlodni tarbiyalash urug‘ tomonidan ajratilgan alohida kishilarga topshirilganligi, tarbiya mazmunini hamda sinovlar dasturi kengayganligi va murakkablashganligi, mana shularning hammasi urug‘chilik tuzumi sharoitida tarbiya ishi ijtimoiy faroliyatning alohida shakli aylana boshlaganligidan dalolat beradi. Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, Markaziy Osiyoda ham mehnat taqsimoti oilaviy tarbiya orqali nasldan - naslga o‘tib mustahkamlanib bordi. Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi oddiy xalqdan ustun darajada turuvchi jangchilar va kohinlar guruhlari paydo bo‘la boshladi. Kohinlar o‘zlari o‘rganib olgan boshlang‘ich ilmiy bilimlarni oddiy kishilardan yashirib, bolalariga o‘rgata bordilar va shu tariqa bunday bilimlar avloddan-avlodga o‘tadigan bo‘lib qoldi.
Markaziy Osiyoning ko‘pgina joylarida qoyalarga o‘yib yozilgan qadimiy suratlar saklanib kelmokda. Ibtidoiy jamiyatning surat solishga mohir bo‘lgan kishilari bu suratlarda odamlarni va hayvonlarni, ov manzaralari va boshqa shu kabi manzaralarni tasvirlaganlar. Bunday suratkashlik rivojlana borib, bir kancha mamlakatlarda piktografik xatning paydo bo‘lishiga imkon berdi, keyinroq ierogliflar bilan yoziladigan xat va xarflar bilan yoziladigan xat mazkur piktografik xatlardan vrkudga keldi.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida, ya’ni ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar insonning kamoloti to‘g‘risidagi g‘oyalarini juda ko‘p rivoyatlardan foydalanib baxshilik yo‘li orkali avloddan-avlodlarga etkazganlar, mazkur rivoyatlarda, kishilarni tarbiyalash, axlokiy barkamollik shaxsning ma’naviy yuksakligi masalalari asosiy o‘rin olgan.
SHuningdek ibtidoiy davrda insonlar tarbiyaning ta’sir kuchi orkali to‘g‘ri xayot kechirganligi, madaniyat va san’at sohasida xam misli ko‘rilmagan kashfiyotlar yuzaga kelgani ma’lum. YUnon tarixchisi Gerodot (er. av. V asr) «Tarix» kitobida yozishicha... Markaziy Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida xalklar asosan chorvachilik va dehkonchilik bilan shug‘ullangan. Ularda nikoh munosabatlarining umumiy (tartibsiz) shakli hukmron bo‘lgan. Oilaning guruhli shakllarida bolaning otasi noma’lum bo‘lsa ham, lekin onasining kim ekanligi ma’lum bo‘lgan va shu sababdan bolaning tarbiyasi ona zimmasiga yuklatilgan. Asta-sekin odamlarning ijtimoiy ong faoliyatining takomillashuvi, xususiy mulkning dastlabki kurtaklarining paydo bo‘lishi yakka tartibdagi oilalarni vujudga keltirgan.
YAkka oila paydo bo‘lgandan so‘ng mehnat tarbiyaning eng asosiy quroliga aylangan. Qadimgi Eron qabilalarida mis va temirdan uy-ro‘zg‘or buyumlari yasala boshlangandi. Ana shu mehnat jarayonida bolalar ham ishtirok etardi. Ibtidoiy davrdagi tarbiya asosan oilada, jamoa va mehnat maskanlarida kishilar orttirgan tajribalarni bolalarga o‘rgatishdan iborat bo‘lardi. Bolalarga o‘rgatiladigan kundalik mehnat malakalari ularni yashash uchun kurashishga tayyorlar, akl-idrokli, odobli bo‘lib o‘sishlariga xizmat kilardi. Ming yillar mobaynida moddiy ne’matlar yaratish uchun hamkorlikda qilingan mehnat kishilar o‘rtasidagi axloq-odob munosabatlarining me’yorini keltirib chikardi.
Eramizdan oldingi minginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mazmunidagi juda ko‘p afsonalar rivoyatlar aytilgan bo‘lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» ga kiritilgan.
«Avesto»da insonning barkamol bo‘lib etishishida uning so‘zi, fikri, ishi, birligiga katta e’tibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Ma’lumotlarga ko‘ra «Avesto» eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan bo‘lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi. Davrlarning o‘tishi bilan u qayta-qayta ishlanadi. Barcha manbalarda to‘liq kitob xolida shakllanishini eramizdan avvalgi birinchi asrga to‘g‘ri keladi, deyiladi.
«Avesto»ning vatani Xorazm ekanligini olimlar ishonch bilan ta’kidlaydilar: Zardo‘sht eramizdan oldin VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar oilasi spitama urug‘idan bo‘lgan. Otasi Paurushaspa, onasi Dugdova deb nomlanganlar, ular ot va tuya boqish bilan shug‘ullanganlar. Zardo‘sht ko‘p xudolikka sig‘inish, qurbonlik natijasida mollar qirilib ketayotganini hamda qabilalar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib, uning oldini olishni o‘ylaydi va o‘z ta’limotini targ‘ib eta boshlaydi. Lekin qabila boshliqlariga uning ta’limoti yoqmaydi. Zardo‘sht xudodan kelgan vahiy orqali ko‘pxudolikka qarshi yakka xudolikni targ‘ib etib chiqadi, kuchli xokimiyat o‘rnatib, er yuzida tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik xudosi Axura Mazdani himoya etadi.
«Avesto»da biz inson shaxsining takomiliga oid ma’rifiy fikrlarning ma’lum bir tizimini ko‘ramiz. Xatto, «Avesto»ni dastlabki pedagogik asar desak ham xato qilmagan bo‘lamiz va eng qadimgi davrlarda xalqimizning tabiiy, ilmiy, ma’rifiy fikrlariga oid qiziqarli materiallarga ega bo‘lamiz. SHuningdek tadqiqotchilar ham uni diniy xarakterga ega bo‘lishi bilan birga falsafa, siyosat, ta’lim-tarbiya, adabiyot masalalarini ham qamrab olgan asar sifatida va uning kelib chiqishi haqida muhim fikrlar bayon etadilar.
Xulosa qilib aytganda, «Avesto»da insonning barkamol bo‘lib etishishida uning so‘zi, fikri, ishi birligiga katta e’tibor beriladi. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan desak xato qilmagan bo‘lamiz. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida faqat SHarq xalqlarining emas, G‘arbning ham muqaddas merosi bo‘lib qoldi.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan Urxun-Enisey bitiklari ham VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar beradi.
Garchi Urxun-Enisey yozma yodgorliklari bevosita ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlanmagan bo‘lsa ham, ulardan o‘sha davr axloqiy talablar yuzasidan ma’lum bir ma’lumot olish mumkin. Xususan, xoqonlar va alplarning jangovor faoliyati, turmush tarzi, vatanparvarlik, birdamlik, ittifoq bo‘lib yashashga intilishi, mardlik, jasorat, samimiylik, insonparvarlik, ezgulik kabi insoniy xislatlari jamiyat har bir a’zosining axloqiy qiyofasini belgilovchi muhim fazilatlar sifatida ma’rifiy qadriyatlarimiz tarixida muhim ahamiyatga ega.
Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda insonda eng qadrlanadigan xislat - jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, xushmuomalalik bo‘lgan. Bu xislatlar o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilik qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash insondagi bu xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo‘lgan.
Ma’lumki, o‘tmishda kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodga mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga yordam bergan. Eng kadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq og‘zaki ijodi namunalari afsonalar, qahramonlik eposlari, qo‘shiklar, maqol va iboralarda ham ko‘ramiz.
CHunki, xalq donishmandligining ko‘zgusi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari umumlashgandir. Ayniqsa, Polienning «Harbiy hiylalar» asarida keltarilgan SHiroq afsonasi, Gerodotning «Tarix» kitobidagi jasur To‘maris xaqidagi afsonalar shular jumlasidandir. M.Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘qtit turk» asarida esa ilm olishning kadri, bilimli, donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo‘stlik hushxulklik mardlik va jasurlikni targ‘ib etuvchi, o‘z manfaatini ko‘zlagan molparast, baxil, ochko‘z, do‘stiga va xalkiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko‘p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalklar kadim-qadimlardan boshlab, inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligini ko‘rsatadi.


  1. Download 160.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling