2–mustaqil ishi bajardi: Dilmurodov. F


Zamonaviy OT asosiy tashkil etuvchilari


Download 348.23 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi348.23 Kb.
#1023998
1   2   3   4
Bog'liq
Dilmurodov F

Zamonaviy OT asosiy tashkil etuvchilari – bu yadro, kiritish-chiqarish
tizimi, komanda protsessori, fayl tizimi. Yadro masalalar va resurslarni boshqarish,
sinxronlashtirish va o`zaro bog`lanishi bo`yicha asos funktsiyalarni ta’minlaydi.
Komanda protsessori, komandalarni qabul qilish va ularga ishlov berish,
foydalanuvchi talabi bo`yicha mos xizmatlarni chaqirishni ta’minlaydi.
Kiritish va chiqarish tizimi, tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlarni kiritish va
chiqarish masalasini ta’minlaydi.

OT kutubxonalarida bu funktsiyalarning mavjudligi, har bir ularni dasturlash
tizimi vositalari bilan har bir dasturga qo`shmaslik imkonini beradi. Dasturlash
tizimlari faqat, kiritish-chiqarish tizimi kodlariga murojaatni generatsiya qiladi va
kattaliklarni tayyorlaydi. KCH tizimi, kiritish-chiqarish qurilmalari turlari ko`p
bo`lgani uchun eng murakkab hisoblanadi. Bunda, nafaqat samarali boshqarish,
balki amaliy dasturchilarga qurilmalardan abstraktlashtirishga imkon beradigan
qulay va samarali virtual interfeysni ta’minlaydi. Boshqa tomondan, parallel
bajariladigan talay masalalarni kiritish-chiqarish qurilmalariga murojaatni
ta’minlash talab qilinadi. Bahzi KCH dasturchilaridan ba’zilari qurilmalardan
mustaqildir, ularni KCH ko`pgina qurilmalariga, qo`llash mumkin.
Fayl – bir xil tuzilishga ega bo`lgan yozuvlar majmuasi ko`rinishida tashkil
etilgan ma’lumotlar to`plamidir. Fayl tizimi, foydalanuvchiga ma’lumotlar tuzilishining mantiqiy darajasi va amallar bilan ish ko`rish imkonini beradi. Fayl tizimi, ma’lumotlarni diskda yoki boshqa ma’lumot jamlamasida tashkil qilish usulini belgilaydi. Barcha zamonaviy OT lar o`z fayl boshqaruv tizimiga ega. Ular zamonaviy OT larning aksariyat ko`pchiligida asosiy hisoblanadi. FBT i disk sohasini markazlashgan holda taqsimlash va ma’lumotlarni boshqarish muammosini
yechadi.


FBT, foydalanuvchilardan kiritish-chiqarish qurilmalari va disk
xususiyatlarini yashirgan holda, fayl va kataloglar bilan ishlash uchun keng xizmat
(servis) imkoniyatlarini beradi. UNIX da disklarda fayl tizimi va asos fayl tizimi
alohida-alohida mavjuddir va ular bir-biriga bog`liq emas. UNIX da yo`lga disk
nomi yoki uning nomerini qo`shish imkonini bermaydi, chunki bu OT uchun
qurilmalarga qat’iy bog`lanishni keltirib chiqaradi. “Mount” tizimi chaqirig`i
yumshoq dik tizimini asos fayl tizimidagi ko`rsatilgan joyga qo`shish (montirovka)
imkonini beradi. UNIX da yana bir tushuncha- maxsus fayllar tushunchasidir.



Download 348.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling