2–mustaqil ishi


Download 429.54 Kb.
bet3/10
Sana24.12.2022
Hajmi429.54 Kb.
#1057067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Mustaqil Yoqubov.A

Mantiqiy loyihalash.
MB yaratishning eng zaruriy va ma’sulyatli bosqichlaridan biri - bu mantiqiy loyihalashtirishdir. Uning asosiy masalasi tanlangan MBBT uchun mo‘ljallangan holda MB mantiqiy sxemasini ishlab chiqishdan iborat. Mantiqiy loyihalashtirish bosqichi konseptual loyihalashtirishdan farqli ravishda, u komp’yuterning dasturiy vositasini to‘liq hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ish mazmuni bo‘yicha mantiqiy loyihalashtirish axborot tizimini va uni tashkil etuvchi qismlarni real MBBTiga mos shaklda modellashtirishdan iborat.
Mantiqiy loyihalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
1.Aniq bir MBBTni tanlash
2.Konseptual sxemani mantiqiy sxemaga o‘tkazish
3.Zarur kalitlarni tanlash
4.So‘rov tilini tavsiflash
Aniq bir MBBTni tanlash protsedurasini batafsil qaraymiz. MB loyihasini amalga oshirish uchun MBBTni tanlash juda katta mas’uliyat talab qiladi. Bu bir tomondan MBBTlarning juda ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p sonli xarakteristikalar bo‘yicha MBBTni baholash va ularning orasidan aynan shunday tizimni tanlash kerakki, u foydalaniuvchi va ishlab chiqaruvchilar talablarini to‘liq qanoatlantirishi mumkin bo‘lsin. CHunki MBda axborotdan foydalanish va ishlov berishi samaradorligi MBBTning qanchalik to‘g’ri tanlashga bog’liq bo‘ladi.
MBBTni tanlashning asosiy me’yorlaridan biri-bu ma’lumotlarni ishlatadigan ichki modelining konseptual sxemasini tavsiflash uchun qanchalik samarador ekanligini baholashdan iborat. SHaxsiy komp’yuterlar uchun mo‘ljallangan MBBTlarning ko‘pchiligi, odatda ma’lumotlarning relyasion yoki tarmoq modeliga tayangan holda ishlaydi. Zamonaviy MBBTlarning juda katta qismi relyasion model asosida yaratilgan. Agar relyasion tizim tanlangan bo‘lsa, u holda MBning konseptual sxemasini relyasionga akslantirish (o‘tkazish) oldinda turibdi.
Ishning mazmuni bo‘yicha ma’lumotning tanlangan modeli (relyasion, tarmoq va ierarxik) ma’lumotlar tizilmasini tavsiflash uchun vosita beradi. Protseduralar MBBT yadrosiga kiradigan ma’lumotlarni tavsiflash tilida bajariladi. MBBTning ikkinchi tarkibiy qismi ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tildan iborat. Undan MBni turli tadbiqlar uchun ishlatishda foydalaniladi. Ko‘p hollarda ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tili (MMT) dasturlashtirish tilga o‘rnatilgan (kiritilgan) bo‘ladi. MMT turli imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin: quyi pog‘onadagi til va yuqori pog’onadagi til.
Odatda quyi pog‘onadagi til protsedurali, yuqori pog’onadagisi esa deklarativ til bo‘ladi. Protsedurali tillardan foydalanish ma’lum tayyorgarlikni talab qiladi, deklarativ til bo‘lsa ko‘prok professional bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun yarokli. SHuning uchun ma’lum MMTga ega MBBTni tanlash maxsus tayyorgarligi bo‘lmagan foydalanuvchi uchun juda muhimdir. Bundan tashqari MBBTga servis dasturlar va amaliy masalalarni echish uchun vositalar kiradi.

Download 429.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling