3- § yERyuzininG kAshf etilishi vA o‘rganilishi


Download 476.17 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi476.17 Kb.
#249054
Bog'liq
Yer yuzining kashf etilishi

3- § yERyuzininG kAshF ETilishi vA o‘RGAnilishi


Materiklar va okeanlarning kashf etilishida jasur dengizchi hamda sayyohlarning xizmatlari juda katta bo‘lgan. O‘rtaosiyolik Mashhur sayyoh va olim Nosir Xisrovning «Safarnoma» asarida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar uchraydi.

U Afrikaga sayohat qilib, juda ko‘p geografik ma’lumotlar to‘plagan. Yetti yil davom etgan ikkita sayohatida 15 ming kilometr(km)dan ortiq yo‘lni bosib o‘tgan ( 5-rasm).


1492-yilda Xristofor Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya

  • 1492-yilda Xristofor Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya
  • Hindistonga dengiz orqali yo‘l topish maqsadida Ispaniyadan
  • g‘arbga tomon suzib ketadi. U Atlantika okeanini kesib o‘tib,
  • Amerika qirg‘oqlariga yetib bordi. Portugallar 1498-yilda Afrikani
  • aylanib, Hindistonga borishdi.
  • 1519—1522-yillarda Fernan Magellan boshchiligidagi ispanlar
  • ekspeditsiyasi kemalarda dunyoni g‘arbdan sharqqa aylanib chiqdi.
  • Tinch okeanni kesib o‘tdi. Natijada Yerning sharsimonligi isbotlandi, Yer
  • yuzining katta qismini suv qoplab yotishi aniqlandi.

1820-yil yanvarida rus dengizchi sayyohlari eng uzoqda joylashgan, muzlar bilan qoplanib yotgan Antarktida materigini kashf

etishdi. Hozirgi vaqtga kelib, Yer yuzida aniqlanmagan, xaritaga tushirilmagan joy qolmagan.


Tayanch tushunchalar

  • Kashfiyot
  • Ekspeditsiya
  • Tadqiqot
  • Materik
  • Qit’a
  • Sun’iy yo‘ldosh

Uyga vazifa:

  • Nosir Xisrov, Xristofor Kolumb, Fernan Magellan sayohatlari yo‘llarini xaritalardan ko‘rib chiqing. Ularning bosib o‘tgan yo‘llarini yozuvsiz xaritaga chizib qo‘ying.

Download 476.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling