3- amaliy ish. Laboratoriyani sertifikatsiya va akkreditatsiya sinovidan o‘tkazish xujjatlarini tayyorlash. Laboratoriya sinovidan o‘tgan yo‘l qurilish materiallariga sertifikat rasmiylashtirish va xulosa berish Ishdan maqsad


Laboratoriyani sertifikatsiya va akkreditatsiya sinovidan o‘tkazish uchun quyidagi xujjatlarini tayyorlash zarur


Download 0.61 Mb.
bet2/2
Sana25.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1120946
1   2
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot (1)

Laboratoriyani sertifikatsiya va akkreditatsiya sinovidan o‘tkazish uchun quyidagi xujjatlarini tayyorlash zarur
1.Ariza (O‘zak.y-02.f01/sl)
2. Akkreditatsiya soxasi
Akkreditatsiya soxasi

Akkreditatsiya belgisi uchun joy

_______________________________________________________
Yuridik shaxs nomi (ariza beruvchi)
DAVLAT REESTRI NOMERI___________________
Akkreditatsiya soxasi tahriri № XX «___» _________ 20__ y.
_______________________________________________________
muvofiqlikni baholash organining nomi

Yurigik manzil:


Joylashuv, pochta indeksi:



Telefon:
Faks:
Email:
Veb-sayt:



O‘ZAK.Y-01/SL/PT


k/k

Aniqlanadigan xususiyat nomi (parametr)

Sinov uslubiga qo‘yilgan me’yoriy hujjar, tegishli bo‘limi ko‘rsatilga holda

Sinash obektining nomi

1

2

3

4
















  1. Ma’lumotnomalar

Xodimlar bo‘yicha:
O‘ZAK.Y-02.F04/SL
Sinov laboratoriyasining kadrlar tarkibi tog‘risida ma’lumot



FISh,
lavozim

Malumoti, № diplom, mutaxasisligi, muvofiqlikni baholash sohasidagi ish staji

Xodimning muvofiqlik sertifikati nomeri,sanasi, kvalifikatsiya kodi

Bajaradigan ish turi

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Malaka oshirish markazining nomi

Mavzu, muddat

Tasdiqlovchi hujjat raqami, sanasi




1

2

3

4

5

6

7

8




O‘lchov vositalari bo‘yicha :


O‘ZAK.Y-02.F07/SL


Laboratoriyada qo‘llanniladigan o‘lchov vositalari haqida ma’lumot



Aniqlanadigan xususiyat nomi (parametr)

Sinov uslubiga qo‘yilgan me’yoriy hujjar, tegishli bo‘limi ko‘rsatilga holda

Qo‘llaniladigan o‘lchov vositasi, sinov vositasi, yordamchi qurilmalar

o‘lchov vositasi, sinov vositasi, yordamchi qurilmalarning nomi, turi(markasi), zavod/inventar nomeri, ishlab chiqaruvchi (davlat, firma), ishlab chiqarilgan yili

tavsiflari

Sertifikat nomeri va sanasi

1

2

3

4

5

6

Laboratoriya binosidagi sharoit bo‘yicha:


O‘ZAK.Y-02.F05/SL
Laboratoriya binosidagi sharoit bo‘yicha ma’lumot



Laboratoriya xonasining nomi

maydoni, m2

Natijalar ishonchliligiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarga me’yoriy hujjatlarda keltirilgan talablar

Maxsus qurilmalar (ventilyatsiya,konditsioner va h.k.)

Namunalarni saqlash uchun sharoit

Ko‘rsatkich nomi

Me’yor

Amalda

1

2

3

4

5

6

7

8




  1. Sifatni boshqarish tizimi hujjatlari

Ushbu tayyorlangan hujjatlar 15 ish kuni davomida akkreditatsiya markazida ekspertizadan o‘tkaziladi.
Hujjatlar ekspertizadan o‘tkazilib aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng laboratoriyada akkreditatsiya markazi tomonidan joyida baholash auditi o‘tkaziladi.
Agar joyida baholash auditi natijasida nomuvofiqliklar aniqlansa ularni bartaraf etish uchun 2 oy muhlat beriladi.
Barcha kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng laboratoriyaga akkreditatsiya guvohnomasi beriladi.
Laboratoriya sinovidan o‘tgan yo‘l qurilish materiallariga sertifikat rasmiylashtirish va xulosa berish.


Ishdan maqsad: Laboratoriya sinovidan o‘tgan yo‘l qurilish materiallariga sertifikat rasmiylashtirish tartibi va unga hulosa berishni o‘rganish.
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish sertifikatlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish organini tanlash arizachi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi istalgan vaqtda, sertifikatlashtirish organlari esa birinchi talabga ko‘ra quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
a) muvofiqlik sertifikati majburiy tartibda bo‘lishi kerak bo‘lgan mahsulot turlarining ro‘yxati yoki ro‘yxatdan ko‘chirma;
b) akkreditatsiya qilish sohasiga taalluqli bo‘lgan mahsulotni sertifikatlash qoidalari;
v) sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlar narxlari (tariflari) preyskuranti;
g) davlat vakolatli organida akkreditatsiya qilinganlikni tasdiqlovchi hujjat.
Sertifikatlashtirish organi ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar nusxalarini taqdim etganlik uchun nusxalarni tayyorlash xarajatlaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lov undirishga haqlidir.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga normativ hujjat nusxasi;
mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot);
sanitariya-epidemiologik xulosa nusxasi. Ariza beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda sanitariya-epidemiologik xulosa va muvofiqlik sertifikati olishga ariza berilgan taqdirda sanitariya-epidemiologik xulosa nusxasi, u mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi.
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot) taqdim etiladi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish maqsadida sertifikatlashtirish organlariga standartlash bo‘yicha rasmiy, «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlar nusxalari taqdim etiladi, boshqa hollarda, shu jumladan o‘z ehtiyojlari uchun, tasdiqlanmagan nusxalardan foydalanilishi mumkin.
Arizada nazarda tutilgan taqdirda, sertifikatlashtirish organi ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish ishlarini sanitariya-epidemiologik xulosa (veterinariya va fitosanitariya xulosalari) nusxalarini olish muddatini kechiktirgan holda boshlashi mumkin.
Bu holda sertifikatlashtirish organi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini faqat ariza beruvchi tomonidan ijobiy natijalarga ega bo‘lgan hujjatlarning barcha zarur nusxalari taqdim etilgandan keyin berishga haqlidir.
Sertifikatlashtirish organi ariza berilgan kundan boshlab ikki kun muddatda joyiga borib sertifikatsiya sinovlarini o‘tkazish uchun mahsulot namunalarini tanlab oladi va identifikatsiya qiladi.
Namunalar soni, tanlab olish tartibi, identifikatsiya qilish va saqlash qoidalari mahsulotga normativ hujjatlarda belgilanadi.
Ma’lum turdagi mahsulotni sertifikatlash maqsadida sinovlar protokolini rasmiylashtirish va berish muddati ushbu turdagi mahsulotni texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadigan uslublarga muvofiq sinovlardan o‘tkazishning umumiy davom etish vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ariza beruvchi o‘z mahsulotining tanlab olinishida va sinovlarida qatnashish huquqiga ega. Bunda laboratoriyada maxfiylikni ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilishi kerak.
Namunalarning saqlanishi, sifati va sinovlarining ishonchliligi uchun «O‘zstandart» agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriya (markaz) javob beradi. Sinovlar protokollarini mas’ul mutaxassislar imzolaydi va laboratoriya rahbari tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga akkreditatsiya qilingan laboratoriyalardagi mahsulot sinovlari bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishi mumkin. Agar mahsulotni alohida parametrlari bo‘yicha sinovlar turli sinov laboratoriyalarida o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda sinovlarning ijobiy natijalari bilan birga barcha zarur protokollarning mavjudligi mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligining ijobiy bahosi hisoblanadi.
Respublikada chetdan keltiriladigan, majburiy tartibda sertifikatlanishi kerak bo‘lgan mahsulotga normativ hujjat mavjud bo‘lmaganda, sifat va xavfsizlik bo‘yicha sertifikatsiya sinovlari mahsulotning ana shunday turlari talablariga muvofiqligi yuzasidan amalga oshiriladi.
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotning zarur normativ hujjati yoki texnik tasnifnomalar mavjud bo‘lmasa, mazkur mahsulotni sertifikatlash mahsulotning ana shunday turlariga xos hujjatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari, shuningdek hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan komplektini taqdim etish muvofiqlik sertifikati berishni rad etish uchun asos hisoblanadi, bu to‘g‘rida sertifikatlashtirish organi ariza beruvchiga aniq qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabar qiladi.
Xulosa berishni rad etganlik yuzasidan ariza beruvchi belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Sertifikatlashtirish organi taqdim etilgan hujjatlar va sinovlarning ijobiy natijalari asosida ikki ish kuni mobaynida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi.
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati ularning yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga), yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga) ega bo‘lmagan mahsulotlarga esa amal qilish muddati ko‘rsatilmasdan, ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun — 3 yilga beriladi. Ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sertifikatlangan deb hisoblanadi.
«Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida muvofiqlik sertifikati bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etiladi.
Ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulotga muvofiqlik sertifikati berish uchun sertifikatlashtirish organi ariza beruvchida mahsulotni ko‘plab ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar mavjudligini aniqlash maqsadida mahsulot ishlab chiqariladigan ob’ektlarni belgilangan tartibda tekshiradi. Tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi, undan muvofiqlik sertifikati berish to‘g‘risida qaror qabul qilishda foydalaniladi.
O‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muvofiqlik sertifikatida keltiriladi.
Tekshirishni o‘tkazish muddati, ishlab chiqarishning shakli va toifalariga ko‘ra, sinovlar uchun namunalar tanlab olingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak. Tekshirish o‘tkazilganligi uchun to‘lov amalda sarflangan vaqt bo‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar kalkulyatsiyasiga binoan undiriladi.
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlashtirish organidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi kerak.
Ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun muvofiqlik sertifikati bergan sertifikatlashtirish organi har yili kamida bir marta, mahsulotning sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida, sertifikatlashtirilgan mahsulotni inspeksiya nazorati tekshiruvini o‘tkazadi.
Inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tasdiqlanishi yoki to‘xtatib turilishi yoxud belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
Laboratoriya sinovlarini o‘tkazganlik, muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirganlik va berganlik uchun to‘lov tartibi, ariza beruvchiga muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqi berilganligi uchun bir yo‘la to‘lanadigan bir martalik yig‘imlar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilanadi.




1-rasm. Muvofiqlik sertifikati
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling