3 – amaliy mashg‘ulot meva-sabzavotlarni yuvish mashinlarini o‘rganish. Ishning maqsadi
-rasm. Barabanli yuvish mashinasi
Download 16.77 Kb.
|
Амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 0-rasm. Cho‘tkali yuvish mashinasi
- Ish bo‘yicha hisobot: Topshiriq.
9-rasm. Barabanli yuvish mashinasi:
1 – karkas; 2 – vanna; 3, 12 – lotoklar; 4, 5, 6 – barabanlar; 7 – elektrodvigatel; 8 – lyuk; 9 – richag; 10 – umumiy val; 11 – ventil. Cho‘tkali yuvish mashinasi. Cho‘tkali yuvish mashinasi (T1-KUM-Sh) bodring, kartoshka, qovoqcha, urug‘li mevalarni yuvish uchun mo‘ljallangan. Mashinaning asosiy qismi metalldan tayyorlangan 4 ta tirgakga o‘rnatilgan vanna (1) bo‘ladi. Vannaning yuqorigi kismda beshta blok (11) o‘rnatiladi, bloklarda kapron va rezina barmoqli cho‘tkalar yig‘iladi. Bloklar ostida beshta seksiyadan iborat bo‘lgan cho‘tkali taglik bo‘ladi. Har bir seksiya ketma-ket o‘rnatilgan plyonkalar va cho‘tkalardan iborat. Harakatlanmaydigan va aylanadigan cho‘tkalar orasidagi masofa ekssentriklar (12) yordamida o‘zgartiriladi. Vannaning oldingi qismida begona qattiq narsalarni ajratish uchun metall panjara (13) o‘rnatiladi, oxirida esa kovshli (3) elevator (4) bo‘ladi. Elevatordan keyin rolikli transportyor o‘rnatiladi. Elevator va rolikli transportyorga parallel qilib shprisli moslamalar (2) o‘rnatiladi. Suv quvurdan ventil (5) orqali keladi, ortiqcha suv cho‘ntak (14) orqali olib chiqiladi. Xom ashyo vannadagi metall panjaraga tushib, cho‘tkali bloklar ostiga qarab harakatlanadi, bu yerda yuviladi va bloklar yordamida elevatorga qarab harakatlanadi. Elevator orqali xom ashyo rolikli transportyorga ko‘tariladi va chayqatiladi (10-rasm). 1 0-rasm. Cho‘tkali yuvish mashinasi: 1 – vanna; 2 – shprisli moslamalar; 3 – kovsh; 4 – elevator; 5 – ventil; 6 – porshen; 7 – harakatlantiruvchi zanjir; 8 – shestyorna; 9 – elektrodvigatel; 10 – cho‘tkalar; 11 – blok; 12 – ekssentrik; 13 – metall panjara; 14 - cho‘ntak Ish bo‘yicha hisobot: Topshiriq. Jadvalni to‘ldiring
Download 16.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling