3- kichik, o'rta va katta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o'yinlar Kichik yoshdagi bolalarga mos harakatli o‘yinlarni tanlash


suvda o'ynaladigan harakatli o'yinlarni o'rgatish


Download 43.82 Kb.
bet4/11
Sana13.04.2023
Hajmi43.82 Kb.
#1351949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jismon javoblar

suvda o'ynaladigan harakatli o'yinlarni o'rgatish

uvda о ‘tkaziladigan о yinlar: «Suvda quvlashmachoq», «Tez suzish», «Suv ostida suzish», «Qurbaqa va laylak», «Cho’rtan baliq».


Suvda o ‘tkaziladigan musobaqalar ham alohida diqqatga sazovordir. Suv mashqlaridan biri bo'lgan g‘owoslik juda qadimiy kasblardan biri bo‘lib, devonda suv bahslarining ikki turi uchraydi: birinchisi — suvda cho‘milish, sho‘ng‘ish, suvdan suzib o‘tish, suv kechish, suvda quvlashmoq. suvga biron narsani, masalan, suvda cho‘kmaydigan yog‘och, biror ashyoni tashlamoq; ikkinchisi — ermak, ko‘ngil ochish mashg'ulotlari ma’nosidagi o‘yinJardir. Bular. suv yoki sut simirmoq, suv ustida yalpoq toshni kim o‘zarga otmoq, ya’ni babslashmoq. Hozirgi paytda bolalar buni «qaymoq» o‘yini deb o‘ynashadi. O'yinda toshning suvga necha marta tegib sakrab «qaymoq» hosil qilishini e’tiborga olinadi va kim ko‘p «qaymoq» hosil qilsa, o'sha g'oiib sanaladi. Devonda bolalar o‘yinlarining turi ko‘p uchraydi. Ularning ba’zilari yo‘l-yo‘lakay sanab o ‘tilgan bo‘Isa, ba’zi-bir o‘yinlar tafsiloti bilan keltirilgan. Masalan: bolalaming qorong‘ida kelib «kurgon» olishlari — «Ko‘ragumi» deyilsa, bir to ‘daning ikkinchi to‘dani chaqqonlik bilan asir olishlari «Bandol» deb atalgan. Shuningdek, «Jangli-mangli» degan o‘yin turi ham bor. Oshiq o‘yini, to‘p o‘yini, cho‘pon bolalar o'yinlari, chillak o'yinlari, qizlarning arg‘imchoq o‘yifilari ham birma-bir sanab octilgan. 0‘sha davrdagi ko‘pgina o‘yinlar bolalaming hozirgi davrdagi o‘yinlarini eslatadi. Masalan, «0‘tish-o‘tish» deb atalgan o‘yin «Kesak kuydi», «Darra soldi», «Musht ketdi» o‘yinlariga o‘xshab ketadi. Amudaryo va Sirdaryo sohillarida, Orol etaklarida, shuningdek, yaqin joylardagi soylar, anhorlar, hovuzlar va ko‘l bo‘ylarida bolalaming «Muguz-muguz» nomli qadimiy o‘yini o‘ynalgan. Devonda «Oqsuyak» o'yini misol tariqasida keltiriladi. Alisher Navoiy ham o‘zinmg «Mahbub ul-qulub» asarida «Oqsuyak» o‘yinining ta’riflni beradi. Mahmud Qoshg‘ariy devoni XI asrda bitilgan bo‘lsa, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asari XV asrda yozilgan. Hozirgi paytda ham bolalar «Oqsuyak» o‘yinini xuddi o‘sha qoida asosida o‘ynaydilar. «Oqsuyak» o‘yini nafaqat 0 ‘rta Osiyoda, balki yer kurrasining ko‘p joylarida keng tarqalgan. Bu o‘yinni Yevropaning Skandinaviya mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid adabiyotlarda o‘qish mumkin. Hattoki, ushbu о‘vin Avstraliyada ham uchraydi. Aslida, xalq o‘yinlari hech qachon chegara bilmaydi. Aksincha, o‘yin!ar xalqlar, elatlar orasidagi o‘zaro do‘stlik, qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

2. Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik.


Jismoniy tarbiya tizimining asosiy tamoyili jismoniy madaniyat va sportning kishilar mehnati va mudofaa faoliyati bilan aloqasi hisoblanadi. Amaliyotda jismoniy madaniyat va sportdan mehnatni ilmiy tashkil qilishda (MIT), kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (KAJT) va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (HÀJT) deb ataladigan shakllardan foydalaniladi.
Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
— o‘quvchilarning mehnat operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun ularga zarur jismoniy sifatlar to‘g‘risida, kasb haqida amaliy bilimlarni o‘rgatish;
— o‘quvchilarda bo‘lajak mutaxassislikning ishlab chiqarish mehnatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
— ularda jismoniy va ruhiy sifatlarni tarbiyalashga, mehnat operatsiyalarini hamda kasbni tez o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatish;
— ishlab chiqarishda toliqishning oldini olish, kuchlarni tez va to‘liq tiklash uchun faol dam olish vositalaridan foydalanishga o‘rgatish;
— hayot faoliyati, mehnat operatsiyasi jarayonida kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni oshira borib, ishlayotganlar o‘rtasida ishlab chiqarish shikastlanishining oldini olish.
O‘rta maxsus o‘quv muassasalarining jismoniy tarbiya dasturida o‘quvchilarni KAJTning nazariy asoslari bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. Chunonchi, ularni ayrim kasbiy-amaliy jismoniy mashqlarga o‘rgatish, asosiy jismoniy sifatlarni o‘zida tarbiyalash hamda ularni kasbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha oddiy musobaqalarda qatnashishga tayyorlash shular jumlasidandir.
KAJTning vazifalarini tushunishda kerakli bilim, ko‘nikma va malakani egallash, ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mutaxassislarning mehnat sharoitlarini oqilona tahlil qilish, ularning jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarini o‘rganish muhim hisoblanadi.

Mutaxassislar mehnat sharoiti va ularning jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar


Har xil mehnat turlariga tavsif berganda uning jismoniy og‘irligi va asab-ruhiy tizimga ko‘rsatgan ta’siriga e’tibor qaratiladi. Mehnatning jismoniy og‘irligi deganda ish vaqtida jismoniy zo‘r berish hajmining yig‘indisi tushuniladi. Mehnatning asabruhiy zo‘riqishi deb ish bajarish paytidagi emotsional yuklama darajasiga aytiladi. Mehnatning asab-ruhiy zo‘riqishi aqliy va jismoniy turlarga ajratiladi. Mehnatning bu ikki asosiy turi uchinchi — aralash mehnat turini keltirib chiqaradi.
Jismoniy og‘ir mehnatga kon qazuvchi va po‘lat quyuvchilarning kasblarini namuna qilib ko‘rsatish mumkin. Bu mehnat faoliyati zamirida sezilarli muskul zo‘riqishi yotadi. Og‘ir jismoniy mehnat turiga, shuningdek, yengil atletika, velopoyga, og‘ir atletika, chang‘i sporti va boshqalar ham kirishi mumkin.



Download 43.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling