3- ko’rsatmalar (Faqat a oqim uchun)
Download 12.79 Kb. Pdf ko'rish
|
3- ko\'rsatmalar
3- KO’RSATMALAR (Faqat A oqim uchun) NM va MFU fanlaridan joriy baholash uchun yuboriladigan nazoratlar xususida ko’rsatmalar va maslahatlar Hurmatli talabalar! Taklifni aytmasdan burun ETT ning xossalariga e’tibor qarataylik: 1. ETT na faqat javobingizni qabul qiladi, balki vedomostni ham shakllantiradi, avtomatik ravishda: joriy va oraliq baholash(5 ballik tizimda, 1-BLOK uchun), hamda yakunuy nazorat. Demak bizga kamida 7(MFU) yoki 8(NM) ustun kerak! 2. Pala- Partish yuborilgan javoblar tufayli ba’zi bir talabalar hozirdanoq 4-6 ustunga javob fayllarini kiritishgan. Masalan (MFU), ko’pchilik 1-nazorat fayllarini 1-,2-,3- mashqlar javoblari sifatida 1-, 2-, 3- ustunlarga joylashgan, natijada ETT avtomatik ravishda bu javoblar bahosini 1-, 2-, 3- nazoratlar bahosi sifatida vedomostga kiritadi. Vaholanki bu fayllar faqat 1- nazoratga tegishliku !. Qolgan nazoratlar qaerga boradi? Chunki, ETT har bir javob faylini ochganda uni baholashni talab qiladi va bahoni shu katakka joylaydi, aks holda javob baholanmadi deb “qizarib” turaveradi( ya’ni o’qituvchi vedomostga baho kiritmadi deb hisoblanadi. Birovni do’ppisini boshqaga kiydirgan TALABA esa, jonatdim-ku deydi. Dodingni kimga aytasan?!...avtomat-de. Tavsiyam: Har bir nazorat javoblari o’z ustuni katagida bitta fayl (pdf !) bo’lib tursin! Masalan, Nosirov 5- va 6- ustun kataklariga joylagan 5- va 6- mashqlar javobini birlashtirib yagona fayl sifatida 2- ustun katagiga 2- nazorat javobi sifatida joylasin. Hamma shu talablarga rioya qilgan holda joylashtirsin. 3. Kechagi kungacha(10 aprel) turgan 50 tacha fayllarni(MFUdan) download qilib oldim va ularni tekshirib tahlil qilamiz , birgalikda (har bir guruhda alohida). 4. NM dan control ish natijalari ikkala guruhda ham yomon, o’zingiz ham sezgansiz (natijalarni esa alohida tahlil qilamiz, va bu baholar realdir). Ammo, 1- nazorat katagiga nimanidir joylab qo’ying, bo’lmasa baholanmaydi, yaxshilash siri esa 1-ko’rsatmalarda ochilgan. 5. Fayl nomi va formati: Faqatgina PDF bo’lsin 1801- guruh talabasi Ismatullaev ning NM dan 3-nazorat javoblari fayli nomi: NM_ Ismatullaev -1-3 1802- guruh talabasi Jumaev ning MFU dan 5-nazorat javoblari fayli nomi: MFU_ Jumaev -2-5 Bu faylni ham ETTning mos katagiga joylang va Telegram ga tashlang. Chunki, ETT dagi faylni download qilinsa nomi bijir- bijir bo’lib ketadi va uni saqlash muammosi bo’ladi, online tekshirishning iloji kam. Telegramdan esa nomi bilan download qilsa bo’ladi va uni bemalol tekshirish imkoni bor. ETT katagida fayl bo’lmasa, esa baholashni bajarib bo’lmaydi. Uni ochmasdan turib baholab qo’yaman. ETT yaxshimi , yomonmi biz uning talablariga rioya qilishimiz shart ! Bu –rasmiy sayt. 6. Men MFU javoblarini tekshirgunimcha sizlar ETTdagi fayllarni yuqoridagi talablar asosida tartibga soling va copiyasini Telegramga joylang. Shunda seshanba kuniga 1-nazorat baholari ETTda aks etadi 11.04.2020 , soat 15-40 Dotsent A. Karimxodjaev Download 12.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling