3- laboratoriya ishi (2 soat) mavzu: Gipsning maydalik darajasini aniqlash Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asbob-uskunalar
Download 78.86 Kb.
|
3 laboratoriya mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi
- Laboratoriya ishini o’tkazishda foydalaniladigan o’quv materiallari
3- LABORATORIYA ISHI (2 soat) MAVZU:Gipsning maydalik darajasini aniqlash Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asbob-uskunalar: Quritilgan gips kukuni, elektron tarozi, 0,2 nomerli elak Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi: Quritish javonida 50-55°C haroratda bir soat mobaynida quritilgan gips namunasidan tarozida 50 g tortib olinadi, bunda tarozi pallasiga soat oynasini qo‘yish va gipsni shu oyna ustida tortish lozim. Tortib olingan gips turi 0,2 nomerli elakdan o‘tkaziladi. Gipsni elaganda elakning qopqog‘ini bekitish kerak, gips qo‘lda elanadi, yoki elakni silkitib turadigan asbobga o‘rnatiladi. Elash jarayoni odatda 5-7 minut davom etadi, keyin asbob to‘xtatilib, elakning tubi ehtiyotlik bilan ajratib olinadi va gips kukuni boshqa idishga solinadi. Tekshirib ko‘rish maqsadida (elakning tubini olib qo‘yib) gips qog‘oz ustiga elanadi. Birdaqiqa davomida elakdan eng ko‘pi 0,05 g gips tushsa, elash nihoyasiga yetkazilgan hisoblanadi. Gips kukunining maydalanganlik darajasi elakda qolgan gips massasining dastlabki namuna massasi (50 g)ga nisbati sifatida aniqlanadi, bunda yo‘l qo‘yiladigan xatolik 0,1% dan ziyod bo‘lmasligi lozim. Ikki marta sinash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati gips kukunining mayinlik qiymati sifatida qabul qilinadi. H isoblash formulasi: Gips namunasi- m1 Elakda qolgan qoldiq –m2 Maydalik darajasi –M 3-rasm. № 02 elak (O‘zRST 768-97. Gips bog‘lovchilar. Sinash usullari) Maydalik darajasi bo‘yicha texnik talablar.
Ta'rif. Gipsning maydalik darajasi 0,2 nomerli elakda elangandan keyin qolgan qoldiqning miqdori bilan ifodalanadi. 3-jadval
Xulosaga O‘zPCT talabiga mos kelish yoki kelmasligi yozilsin. Laboratoriya ishini o’tkazishda foydalaniladigan o’quv materiallari: ko’rgazmalai qurollar, natural namunadagi qurilish materiallari(bog’lovchi), virtual namunadagi o’quv-laboratoriya jihozlari, xisoblash jadvallari. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Qosimov I.K. Qurilish materiallari. Darslik. T., Mexnat. 2004. Maxmudova N.A.Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. T., Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2012. Nuritdinov X.N., Qodirova D.SH. Bog‘lovchi moddalar va qurilish materiallarini tadqiq etish usullari. O‘quv qo‘llanma. T., Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi., 2012. N.A.Maxmudova Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. (lotin imlosida). T. Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2015. N.J.Parsaeva, I.Bozozrov “Bog’lovchi moddalar laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma(Praktikum)”. Download 78.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling