3 -laboratoriya ishi htm asosiy teglari. Formalar bilan ishlash. Ishdan maqsad
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
3-laboratoriya ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumotlar HTML haqida ma’lumot | HTML nima HTML
- Document Object Model
3 -LABORATORIYA ISHI HTML5. ASOSIY TEGLARI. FORMALAR BILAN ISHLASH. Ishdan maqsad: HTML5 teglaridan foydalanib, veb sahifalar yaratish Topshiriqlar: 1 2 3 . HTML5 ning teglaridan foydalanib, Landing Page sahifasini ishlab chiqing; . Bootstrap frameworkidan foydalanib, veb sahifa dizaynini ishlab chiqing; . Laboratoriya ishi bo’yicha hisbot tayyorlang va ishni himoya qiling Nazariy ma’lumotlar HTML haqida ma’lumot | HTML nima ? HTML – bu (ing. HyperText Markup Language, uzb. Giper matnli belgilash tili) bo’lib, umumjahon internet tarmog’idagi hujjatlar uchun standartlashtirilgan belgilash tili hisoblanadi. Barcha veb-sahifalarda HTML-belgilar mavjud bo’lib ular brauzerlar tomonidan izohlanadi. Natijada formatlangan matn kompyuter yoki mobil qurilmaning ekranida aks etadi. HTML ning 5-versiyasidan oldin HTML SGML dasturi sifatida belgilardi (ISO 8879 ga muvofiq standartlashtirilgan umumlashtiruvchi til). HTML5 dan boshlab spetsifikatsiyalari DOM (ing. Document Object Model, uzb. Hujjat Ob’ekti Modeli) nuqtai nazaridan tuzilgan. XHTML HTML-ning yanada qattiqroq versiyasi bo’lib, u XML sintaksisiga amal qiladi va gipermatnni belgilash uchun XML til dasturidir. WEBda HTML sahifalar odatda HTTP yoki HTTPS orqali serverdan oddiy matn shaklida yoki shifrlangan holda brauzerlarga uzatiladi. HTML gipermatnli belgilash tili ingliz olimi Tim Berners-Li tomonidan 1986–1991 yillarda Shveytsariyaning Jenevadagi CERN labaratoriyasida ishlab chiqilgan. HTML hujjat, odatda, ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lim HEAD (bosh qism yoki sarlavha) bo‘limi bo‘lib u tegi bilan boshlanib HEAD tegi bilan tugaydi. Ikkinchi bo‘lim BODY (tana) bo‘limi bo‘lib, unda hujjatni mazmuni aks ettiradi va u BODY tegi bilan boshlanib BODY tegi bilan tugaydi. Agar HTML hujjat freym-strukturani ifodalashi (web-brauzer oynasidagi ma’lumotlar alohida sohalarda aks ettishi) lozim bo‘lsa, u holda BODY bo‘limi o‘rniga FRAMESET (FRAME SET – strukturalar (ramkalar) tizilmasi (to‘plami), juft tegi yordamida) bo‘limi ishlatiladi. Shuni ta’kidlash joizki, HTML-hujjatda va juft teglarini yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas. Web-sahifaga kiritilishi lozim bo‘lgan yana bir element – web-sahifa nomi bo‘lib, nom kiritish uchun <ТITLE> tegi qo‘llaniladi. Web-sahifada bu teg bir marta ishlatiladi. Web-sahifa nomi web-brauzerning sarlavha satrida aks etib, web-sahifaning o‘zida ko‘rinmaydi. Shu sababli uni web-sahifaning istalgan joyiga yozish mumkin. Ammo web-sahifa nomini web-sahifa boshiga yozish maqsadga muvofiq. Web-sahifa nomi tegi bilan yakunlanadi. Web-sahifaga istalgan nom, masalan, o‘z ismingizni berishingiz mumkin. HTML tili muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida web-brauzerlar ham yangilanib turibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML5 tilidan foydalaniladi. HTML5 da hujjat tuzilishi bo'limlar va ichki qismlardan iborat. Bo'limlar mundarijaga o'xshash hujjat konturlari sifatida taqdim etilishi mumkin. Har bir bo'lim elementi o'z konturiga ega, shuning uchun har bir bo'lim sarlavha bilan boshlanishi mumkin Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling