Xml eXtensible M


Download 1.13 Mb.
bet1/19
Sana26.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1656026
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Majmua


XML Document bilan ishlash
Nodirbek Abdulaxadov
XML (eXtensible Markup Language) - kengaytirilgan markerlash tili degan ma'noni anglatadi va SGML (Standard Generalized Markup Language) standart umumlashtirilgan markerlash tilidan olingan matnga asoslangan markerlash tilidir.
XML teglari HTML teglari kabi ma'lumotlarni ko'rsatish uchun ishlatilmaydi. Aksincha, XML - ma'lumotlarni saqlash va tartibga solish uchun ishlatiladi. Yaqin kelajakda XML HTML o'rnini bosmaydi, lekin u HTML ning ko'plab muvaffaqiyatli xususiyatlarini qo'llash orqali yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
XML hujjatlar bilan ishlash uchun C# dasturlash tilida System.Xml nomlar fazosidagi asosan quyidagi sinflardan foydalaniladi:

  • XmlDocument

  • XmlConvert

  • XmlNode

  • XmlNodeList

  • XmlScheme

  • XmlReader

  • XmlTextReader

  • XmlWriter

  • XmlTextWriter

Keling endi gapni cho'zmasdan amaliyotga o'tamiz. Quyida biz XML hujjat hosil qilishning bir nechta usullarini ko'rib chiqamiz.
Jarayonda biz Talaba modelidan tuzilgan Talabalar jadvalidan foydalanamiz:
public class Talaba
{
public int Id { get; set; }
public string Ism { get; set; }
public string Familiya { get; set; }
public string TelNomer { get; set; }
}
1. XmlDocument va XmlNode sinflari yordamida:
XmlDocument sinfidan yangi obyekt hosil qilamiz:
XmlDocument document = new XmlDocument();
XmlNode sinfi orqali Xml hujjat parametrlarini hosil qilamiz va uni AppendChild metodi yordamida document ga qo'shamiz:
XmlNode xnode = document.CreateXmlDeclaration("1.0", "UTF-8", null);
document.AppendChild(xnode);
Xml da yangi element hosil qilish XmlNode sinfining CreateElement metodi, elementga qiymat berish uchun esa CreateTextNode metodidan foydalanamiz.
Talabalar nomli bosh elementni yaratamiz va uni documentga qo'shamiz:
XmlNode talabalar = document.CreateElement("Talabar");
document.AppendChild(talabalar);
Endi Talaba modelining xususiyatlarini element shaklida tashkil qilgan Talaba nomli element hosil qilamiz:
XmlNode talaba = document.CreateElement("Talaba");
talabalar.AppendChild(talaba);

XmlNode id = document.CreateElement("Id");
id.AppendChild(document.CreateTextNode("1"));
talaba.AppendChild(id);

XmlNode ism = document.CreateElement("Ism");
ism.AppendChild(document.CreateTextNode("Nodirbek"));
talaba.AppendChild(ism);

XmlNode familiya = document.CreateElement("Familiya");
familiya.AppendChild(document.CreateTextNode("Abdulaxadov"));
talaba.AppendChild(familiya);

XmlNode nomer = document.CreateElement("TelNomer");
nomer.AppendChild(document.CreateTextNode("+998901234567"));
talaba.AppendChild(nomer);
Yaratgan Xml hujjatimizni saqlaymiz:
document.Save("Talabalar.xml");

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling