3 – laboratoriya ishi mavzu: Metall namunalarni qirqishga sinash
Download 148.2 Kb.
|
3 – LABORATORIYA ISHIMavzu: Metall namunalarni qirqishga sinashIshdan maqsad: 1. Metallning qirqilishdagi mustahkamlik chegarasini aniqlash. 2. Metallning qirqilishdagi va cho’zilishdagi mustahkamlik chegaralarini solishtirish. Nazariyadan asosiy ma’lumotlar. Qirqilishdagi yemirilish cho’zilishdagi yemirilishdan farq qiladi. po’lat namunani cho’zilishga sinalganda «bo’yincha» hosil bo’lib keyin uziladi. Qirqilishda esa namuna kesimi o’zgarmay tekisligicha qoladi. SHuning uchun qirqilish faqat urinma kuchlanish hisobiga bajarilib, bu kuchlanishlar qirqilish yuzasi bo’yicha tekis tarqalgan deb hisoblanadi. Bu urinma kuchlanish shartli ravishda quyidagicha aniqlanadi: , (4.1) Fmax - qirqilish vaqtiga to’g’ri keluvchi kuch, Aq - qirqilish yuz berayotgan ko’ndalang kesim yuzasi bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi (4.2) Bu yerda d-namuna diametri, 2- namunaning ikkita joyida qirqilish yuzasi hosil bo’layotganligi sababli kiritilgan koeffitsient (4.1-rasm). Urinma kuchlanish - ning shartli ravishda aniqlanishiga sabab qirqilish deformatsiyasi bilan birga egilish va ezilish deformatsiyalari ham ro’y berishidir. Lekin egilish va ezilish deformatsiyalar natijasida hosil bo’ladigan urinma kuchlanishlar nisbatan juda kichik bo’lganligi sababli ular etiborga olinmaydi. Qirqilish deformatsiyasida hosil bo’ladigan eng katta urinma kuchlanish - (mustahkamlik chegarasi) hamma vaqt cho’zilish deformatsiyasida hosil bo’luvchi eng katta kuchlanish - dan kichik bo’ladi: = (0,6...0,8) . (4.3) Namuna, o’lchov asboblari va sinov mashinasi. Tajriba WP-300, R -10 yoki R-20 universal sinov mashinasida o’tkaziladi. Sinov uchun po’latdan silindrik shaklda namuna tayyorlanadi (4.1-rasm). Sinovdan oldin namuna diametri (d) shtangentsirkul yordamida o’lchab olinadi. Namuna mahsus moslamaga qo’yiladi (1,в-rasm) va sinov mashinasiga o’rnatilib, asta-sekin statik ravishda yuklanadi. Namunaning qirqilishi ikkita yuzada sodir bo’ladi. Namuna qirqilgandan so’ng qirqilish yuzalarida ezilish va egilish deformatsiyalari izini ko’rish mumkin. Qirqilgan namuna 4.1,б-rasmda ko’rsatilgan. Qirquvchi yukning miqdori Fmax R-20 mashinasidagi yuk o’lchovchi asbobning shkalasidan aniqlab olinadi. Mustahkamlik chegarasi (4.1) formuladan aniqlanadi. 4.1-rasm. Po’lat namunaning qirqilishiga sinash. a) namuna tajribagacha, б) yemirilish harakteri, в) namunaning yuklash sxemasi. Qirqilishdagi mustahkamlik chegarasi va cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi kattaliklari solishtiriladi. Sinov WP-300 qurilma yordamida bajariladi. Siljish yuzasidan sinov Siljish yuzasidan sinov materialning siljitish uchun bosim (yuklama)ga chidamliligini aniqlaydi. Namunada siljish kuchlanishi namunaga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi ko’ndalang kuchlanishlar bilan yuzaga keltiriladi. Ushbu bosim (yuklama) turi parchin mix yoki shtiftga muvofiq keladi. Shu tufayli siljish yuzasidan sinov amaliyotda juda muhim hisoblanadi. Qarama-qarshi tomondagi rasmda F ko’ndalang kuchning namunaga qanday ta’sir ko’rsatishi tasvirlangan. Agar bunga erishishning imkoni bo’lmasa, u qirqiladi va material zarralari bir-birining orasidan sirg’alib o’tadi. Siljish yuzasidan sinovlarda aniqlanadigan siljish bo’yicha mustahkamlik boltlar, parchin mixlar va shtiftlar tuzilishida, shuningdek qaychilar va presslar uchun kerakli kuchni hisoblab chiqishda muhim ahamiyatga ega. 4.2-rasm: Siljish yuzasidan sinov. Siljish bo’yicha mustahkamlik τt quyidagi tarzda hisoblab chiqiladi: FF Kritik bosim (yuklama) – H.da A0 Ko’ndalang kesim maydoni – mm2 da τt Siljishda mustahkamlik – H/mm2 da d = 0,2sm Sinov natijalaridan foydalanib quyidagi hisoblashlarni bajaramiz: Eng katta yuk FF =459 kg Qirqilish yuzasi Qirqilishdagi mustahkamlik chegarasi Nazorat savollari Sof siljish deformatsiyasini tushuntiring. Siljish deformatsiyasiga misol keltiring. Siljishdagi mustahkamlik shartini yozing. Qirqilishdagi mustahkamlik chegarasi qanday aniqlanadi? Download 148.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling