Qattiq disk (doimiy xotira - Hard Disk Drive) - dastur va ma`lumotlarni doimo saqlaydi. U ba`zan "vinchester" deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattiq disk nomidan kelib chiqqan. Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi. Qattiq diskdagi dastur va ma`lumotlar esa o‘chirilmaydi.
Kesh xotira - kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko‘p ishlatilgan ma`lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o‘rtasida joylashadi.
Sistemali blok – o‘zida bir necha murakkab qurilmalarni birlashtirgan va himoya g‘ilofiga o‘ralgan qurilma. Unda asosiy plata, protsessor, xotira, qattiq disk kabi muhim qurilmalar joylashgan..
Monitor - (lotincha so‘z bo‘lib, «eslatuvchi», «xabar beruvchi» ma’nolarini anglatadi) kompyuterdagi matn, grafik va boshqa turdagi ma’lumotlarni ekranda aks ettirish qurilmasi (8, 9, 10-rasmlar) bo‘lib, uning bir necha turlari mavjud:
MONITOR TURLARI
Elektron nurli trubkali Suyuq kristalli
Plazmali (LED) Sensorli monitor
Klaviatura - bosma mashinkadagi kabi tugmachalardan iborat bo‘lib, ma’lumotlarni kiritish qurilmasi hisoblanadi.
Klaviatura quyidagi turlari mavjud:
Standart (103ta klavish) Multimediali Erganamik
Sichqoncha-kompyuterga axborotlarni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi.Ular klaviaturaning o’rnini to’laligicha almashtira olmaydi.Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmasiga egadir.
Skaner-tasvir va matn ma’lumotlarni kompyuterga kiritish qismi. Skanerlar rangli va rangsiz bo’ladi
.
3 – Laboratoriya mashg‘ulotini bajarish bo‘yicha topshiriqlar
Topshiriq
Do'stlaringiz bilan baham: |