Mavzu Animatsion lavhalar yaratish


Download 245.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi245.65 Kb.
#1046021
  1   2   3   4
Bog'liq
Animatsion lavha yaratish



Mavzu 
Animatsion lavhalar yaratish 
 


Reja: 
1. Kirish 
2. Flash dasturi bilan ishlash asoslari 
3. Flashning uskunalar paneli 
4. Macromedia Flashda animatsiya yaratish 
Kirish. 
Hozirgi kunda asosiy muammolardan biri animatsion obyektlar yordamida 
dinamik koʻrgazmali qurollar yaratish. Macromedia ishlab chiqaruvchisining 
Flash seriyali mahsulotlari bunday muammolarni yechishda juda qulay va keng 
imkoniyatlarni yaratadi. Multimediali texnologiyalar informatikaning eng 
mashhur va istiqbolli yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Multimediali 
texnologiyalar maqsadi tovush, video, animatsiya va boshqa visual effektlar 
hamda interaktiv interfeys va boshqa boshqaruv mexanizmlari bilan birgalikda 
taqdim etiladigan matn va maʼlumotli tasvirlar kolleksiyasi va mahsulotlarini 
yaratishdan iboratdir. Bu taʼrif 1988-yil yangi texnologiyalarni kiritish va 
foydalanish muammolari bilan shugʻullanuvchi yirik Yevropa komissiyasi 
tomonidan shakllantirilgan. Interaktivlik foydalanuvchi harakatlariga reaksiya 
qaytaruvchi hamda foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan xususiyat 
hisoblanadi. Multimedia texnologiyasining paydo boʻlish gʻoyasi 1945-yilda 
amerikalik olim Vanniver Bush tomonidan taklif qilingan “MEMEX” xotirani 
tashkil etish konsepsiyasi hisoblanadi. Bu konsepsiya axborotni maʼno jihatdan 
hamda formal belgilarga (tartib raqami, indeksi yoki alifbosi va boshqa narsalarga 
qarab) toʻgʻri keladigan qidiruvni tashkil etish nazarda tutilgan. Bu gʻoya dastlab 
gipermatn sistemasi (matnli maʼlumotlar kombinatsiyasi bilan ishlaydigan 
sistema) koʻrinishida, keyinchalik esa gipermedia (grafika, tovush, video va 
animatsiyalar kombinatsiyasi bilan ishlaydigan sistema) va ikkita sistemasini 
oʻzida mujassamlashtirgan multimedia sifatida kompyuterda realizatsiya 
qilingan. 


XX asrning 80-yilning oxirida multimedia texnologiyalarni ijtimoiy 
sohaga qoʻllanishi kompyuter sohasi boʻyicha amerikalik biznesmen Bill Geyts 
bilan bogʻliq. U amalyotda tasvir, tovush, animatsiya, gipermatnli sistemalardan 
foydalanib, muzeyning intervar maʼlumotlar ombori asosida multimediali 
mahsulotlarni yaratish hamda amaliyotda tadbiq qilish gʻoyasini yaratdi. Bu 
mahsulot “National Art Gallery London” deb nomlanadi. Bu mahsulot oʻzichiga 
multimedianing asosiy prinsipini mujassamlashtirgan. 
• Inson qabul qiladigan muhitlarning kombinatsiyalangan toʻplami 
yordamida axborotni taqdim etish; 
• Mahsulotda mavjud axborotni qidiruv ishining erkinligi; 
• Interfeysning tasviriy dizayni va navigatsiya vositasi; 
Multimediali tizimlar bilan qayta ishlanga axborot turlari. 1. Grafik 
axborot – surat, rasm, fotosurat, chizma, sxemalar koʻrinishidagi axborot. 
Multimedili rang axborotni tasvirlashning asosi hamda ekranda har xil 
pukselning xarakteristikasi hisoblanadi va son bilan kodlashtiriladi. 2. Tovushli-
musiqaviy axborot – Bu koʻrinish uchun maxsus simvollardan foydalanib 
kodlashtirish usuli ixtiro qilingan.Bu usul axborotni grafik axborotga oʻxshab 
sanash imkoniyatni beradi; nuqta va boshqa tovushlar. 3. Sonli obyektlarni 
miqdoriy soni va xususiyatlar; matnli axborotga oʻxshash boʻlib, uni tasvirlash 
uchun maxsus belgilar yaʼni raqamli kodlashtirish usullaridan foydalaniladi. 
Kodlashtirish sistemalari (sanoq) har xil boʻlishi mumkin. 4. Video-axborot – 
filmlar, animatsiya. 5. Belgili belgilar – nishonlar, raqamlar, maxsus belgilar va 
soʻzlar orasidagi probelllar bilan taqdim etiladigan axborot. 6. Mantiqiy axborot 
– tipning mantiqiy xulosasini “ha-yoʻq”, “katra-kichik” bilan tasvirlovchi 
axborot. 7. Semantik axborot – mulohazani oʻzida mujassamlashtirgan va nutq 
birligining mazmuni orqali yuboriladigan axborot. 

Download 245.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling