Mavzu Animatsion lavhalar yaratish


Flash dasturining asosiy interfeysi. Flash


Download 245.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana23.12.2022
Hajmi245.65 Kb.
#1046021
1   2   3   4
Bog'liq
Animatsion lavha yaratish

Flash dasturining asosiy interfeysi. Flash dasturining asosiy oynasi 
menyular, uskunalar, obyekt , xususiyatlar va qoʻshimchalar, ishchi maydon kabi 
4 ta asosiy sohalardan iborat. Flash dasturining menyusi 10 boʻlimdan iborat. 
Flashning uskunalar paneli. 
Flash dasturining uskunalar paneli tasvirlarni yaratish va tahrirlash kabi 
amallarni bajarishga yordam beradi. Uning tarkibiga quyidagi jadvalda 
keltirilgan uskunalar kiradi. Tahrirlash uskunalari paneli asosiy ekranni chap 
tomonida joylashadi. Unda asosan grafik obyektlar yaratish va tahrirlash uchun 
moʻljallangan uskunalar joylashtirilgan. Bu uskunalarning koʻpchiligi 
foydalanuvchiga grafik muxarrirlari (masalan, Paint) bilan ishlash jarayonidan 
tanishdir. Foydalanuvchiga qulaylik tugʻdirish uchun uskunalar paneli toʻrt 
qismga boʻlingan. 4 Tools – bu qismga aniq uskunalar joylashtirilgan. Bu 
uskunalarni tanlash va chizish uskunalari tashkil etadi. 4 View - ish stolidagi 
tasvirning koʻrinishini boshqarish vositalari joylashtirilgan. View ikki uskunadan 


iborat: Hand Tool –  bu uskuna tanlanganda maxsus rejim yoqiladi, bu rejimda 
sichqoncha yordamida ish maydonini turli yoʻnalish boʻyicha siljitish 
mumkin; Zoom Tool  - bu uskuna tanlanganda ish maydonidagi tasvirni tez 
mashtablash rejimi yoqiladi. 4 Colors  - bu yerdagi uskunalar chegara va maydon 
asosining 
rangini 
bir-biridan 
alohida 
oʻzgartirish imkonini beradi. 
4 Options - tanlangan uskuna uchun qoʻshimcha parametrlami oʻrnatish 
elementlari joylashtirilgan.
Macromedia Flashda animatsiya yaratish. 
Flash dasturida animatsiya ikki xil boʻladi: kadrli va avtomatik. Avtomatik 
animatsiya shakllar geometriyasini oʻzgarishi yoki boshqaruv kadrlar oʻzgarishi 
asosidagi animatsiya turlariga bo’linadi. Bu turdagi animatsiyani yaratish uchun 
biz bitta boshqaruv kadrni yaratamiz va unga belgi qoʻyamiz. Masalan boshqaruv 
kadrda aylana chiziladi. Va u grafik tasvir belgi turiga F8 yoki Vstavka 
menyusida Preobrazavot v simvol buyrugʻ yordamida oʻtkaziladi. Yoki ctrl+F8 
buyrugʻini tanlab yangi belgi yaratamiz va belgilar kutubxonasi yordamida uni 
boshqaruv kadrga qoʻshamiz. Macromedia Flashda ishni osonlashtirish va rolik 
oʻlchamlari yaxshilash uchun simvol tushunchasi kiritilgan. Simvol quyidagicha 
boʻlishi mumkin. Grafika (Graphic), tugma (button), animatsion rolik (movie 
clip), tovush (sound). Bu imkoniyat yatarilgan obyektlar bir necha marta 
foydalanish imkonini beradi. Endi belgi joylashgan boshqaruv kadrni 
sichqonchaning oʻng tomonidagi tugma yordamida tanlab Great motion twening 
yoki vstavit menyusining shu nomli buyrugʻini tanlaymiz. Shu harakatlar 
natijasida boshqaruv kadr rangi koʻk rangga oʻzgaradi. Endi sichqoncha bilan 
yangi kadrni tanlaymiz va F6 ni buyrugʻini tanlaymiz. Natijada kadrda koʻk 
rangli boshqaruv kadr hosil qilinadi. Birinchi boshqaruv kadrdan ikkinchi 
boshqaruv kadrgacha kadrlar koʻk rangda avtomatik hosil qilinadi. Oxirgi 
harakatimiz bu ikkinchi boshqaruv kadrdagi belgini oʻzgartirish (choʻzish, 
aylantirish, kattalashtirish yoki kadrdagi joylashishini oʻzgartirish). Endi 


klaviaturaning Enter tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani koʻrishimiz 
mumkin 

Download 245.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling