3-§. Linuxda fayl va papkalar bilan ishlash. Fayl nomlari
Download 43.33 Kb.
|
3-§. Linuxda fayl va papkalar bilan ishlash.
LOCATE find buyrug’idan farqli o'laroq, locate buyrug'i updatedb ma'lumotlar bazasidan fayl nomlari andozalari uchun qidiradi. Bu ma'lumotlar bazasida juda tez qidirish imkonini beradigan fayllar tizimi tasviri mavjud. Ammo bu qidiruv ishonchsizdir, chunki oxirgi tasvirdan keyin hech narsa o'zgarmaganiga amin bo'lib bo’lmaydi.
DU-fayl yoki katalog hajmini ko'rsatadi. Eng foydali opsiyalaridan -h (human), fayl o'lchamlarini o'qish oson formatga o'zgartiradi, -s (Summarize), minimal ma'lumotlarni chiqaradi va -d (Depth), kataloglar bo'yicha rekursiya chuqurligini o'rnatadi. DD rasmiy qo'llanmada aytilganidek, bu fayllarni nusxalash va o'zgartirish uchun terminal buyrug'i. Juda aniq tavsif emas, lekin bu hamma narsani bajaradi. Siz unga manba faylini, manzilni va bir nechta qo'shimcha variantlarni o'tkazasiz. Keyin u bitta faylning nusxasini boshqasiga o'tkazadi. Siz yoziladigan yoki nusxalanadigan ma'lumotlarning aniq hajmini belgilashingiz mumkin. Bu buyruqlarni ishlatishga ayrim misollar keltiramiz: Fayl tizimidagi kataloglarning joylashuvi. Linux yuklanganda, foydalanuvchi odatda fayllarni saqlash va kataloglar yaratish uchun ajratilgan o'zining uy katalogida joylashgan bo’ladi. Ayni vaqtdagi joriy katalogni bilish uchun quyidagi buyruq ishlatiladi: pwd Buyruqni bajarish natijasi quyidagicha bo’ladi: / home/ demo Foydalanuvchi katalogi tizim foydalanuvchisi nomidan keyin joylashgan, bu misolda u demo deb nomlangan. Bu katalog /home deb nomlangan katalogda va root yoki root katalog deb nomlangan ildiz katalogda joylashgan. Kataloglar tarkibini ko'rish Ls buyrug'i katalog tarkibini ko'rish uchun ishlatiladi. Bu buyruqning nomi list files sozlar qisqartmasidir. Istalgan katalog tarkibini quyidagi yo'llar bilan ko'rish mumkin: 1)ls katalog_ nomi Katalog joylashgan yo’lni to’liq yozish orqali: 2)ls / kataloggacha bo’lgan_yo’l Bu buyruqning bajarilishi natijasida berilgan katalog ichida joylashgan fayllar va kataloglar nomlari ko’rsatiladi: dir1 fayl1 fayl2 fayl3 ls buyrug'iga qo'shimcha opsiyalar qo'shilishi mumkin, masalan, joriy katalogdagi fayllar va kataloglarning batafsil ko'rinishini (ruxsatnomalar, fayllar yoki papkalar egalarining ro'yxati, hajmi, oxirgi o'zgartirish sanasi) ko'rsatish uchun -l(el) opsiyasidan foydalanish mumkin: ls -l Buyruqni bajarish natijasi: total 16 drwxr-xr-x 2 home demo 4096 Nov 3 17:40 dir1 -rw-r--r-- 1 home demo 13 Nov 8 17:17 file1 -rw-r--r-- 1 home demo 42 Nov 9 13:04 file2 -rw-r--r-- 1 home demo 42 Nov 10 13:04 file3 Barcha fayllar ro'yxatini, jumladan, yashirin fayllar va kataloglarni ko'rish uchun ls buyrug’iga -a belgisini qo'shish mumkin: ls -a Buyruqni bajarish natijasi: ... dir1 fayl1 .mysql_history .ssh .. .bash_history file2 file3 .nan ls –F buyrug’i yordamida belgilar nomlarga ularni xarakterlovchi turini qo'shilishi bilan joriy katalog tarkibini ko'rsatishingiz mumkin.Buyruqni bajarish natijasi: dir1 / file1 file2 file3 Kataloglar o'rtasida harakatlanish Foydalanuvchi uy katalogiga o'tish uchun cd buyrug'idan foydalaning. Ushbu buyruq nomi (change directory.-katalogni o'zgartirish) so’zlari qisqartmasidir. Foydalanuvchining uy katalogiga o'tish uchun quyidagi buyruq yoziladi: cd ~ foydalanuvchi cd buyrug'i, shuningdek, joriy katalogga o'tishdan oldin biz turgan oldingi katalogga o'tish uchun ishlatiladi,masalan. cd.. Linux tizimlarida har bir fayl va katalog "root" katalogi deb nomlangan eng yuqori katalogda joylashgan bo'lib, bu katalog bitta chiziq “/-slesh” bilan belgilanadi. Ikkita oldingi katalogga o’tish uchun qutidagi buyruq ishlatiladi: cd ../ .. Fayllar va kataloglar bilan operatsiyalar Har bir buyruq ko'p parametrlarga ega, ularni ko’rish uchun “buyruq nomi” va -help parametrlarini kiriting, masalan: ls -help Quyida Linux konsolidagi asosiy buyruqlari ro'yxati keltirilgan. Fayl yaratilish Fayllar touch buyrug’i yordamida yaratiladi: touch fayl_nomi Matn faylda mavjud matnlarni ekranga chop qilish cat buyrug’i orqali matn faylda mavjud bo’lgan kontekst(matn)ni ekranga chop qilinadi. Ushbu buyruq catenate(ulamoq) so’zidan olingan bolib, bir biri bilan boglamoq degan manoni anglatadi. cat buyrug’ini quyidagi tartibda yozishimiz kerak boladi: cat buyrug’i probel bilan ajratilgan holda fayl nomi yoziladi. cat practice This is a small file that I created with a text editor. So’zni fayldan izlash buyrug’i grep buyrug’i orqali esa biror so’zni biror fayldan qidirish uchun ishlatish mumkin. Natija sifatida esa qidirilayotgan so'z qatnashgan qator ekranga chop qilinadi. grep 'credit' memo Faylning boshi va oxirini ekranga chop qilish buyruqlari Masalan,quyidagi matnga ega month fayli mavjud bo’lsin: cat months Natija: Jan Feb Mar Apr May Jun Jul Aug Sep Oct Nov Dec head buyrug’i orqali faylning standart holda birinchi kelgan(yuqori) 10 qator matni ekranga chop qilinadi. $ head —1 months Natija: Jan $ head months Natija: Jan Feb Mar Apr May Jun Jul Aug Sep Oct tail buyrug’i ham head buyrug’iga o’xshab standart holda faylning oxirgi qator matnini ekranga chop qilishga yordam beradi. $ tail -5 months Aug Sep Oct Nov Dec Kataloglar quyidagi buyruq yordamida yaratiladi: mkdir katalog_ nomi Bu buyruqning nomi make directory so’zlarining qisqartmasidir. Bir vaqtning o'zida ikkita katalog yaratish buyrug'i quyidagicha bo’ladi: mkdir katalog_nomi_1 katalog_ nomi_2 Kataloglar daraxti(ichma-ich joylashgan)ni yaratish uchun quyidagi buyruqdan foydalaning: mkdir -p / katalog_nomi_1 / katalog_nomi_2 O'chirish buyrug’i Kataloglarni o'chirish uchun rmdir katalog_nomi buyrug'idan foydalaning. Ushbu buyruq nomi remove directory so’zlarining qisqartmasidir. Rm buyrug'i fayllarni o'chirish uchun ishlatiladi. Masalan, file1 nomli faylni o'chirish uchun quyidagi buyruqdan foydalaning: rm fayl 1 Rm buyrug'i nafaqat fayllarni, balki kataloglarni ham o'chirishga imkon beradi.Dir1 nomli katalogni barcha pastki kataloglar va fayllar bilan o'chirish uchun -r(rekursiv so'zdan) opsiyasidan foydalanish mumkin: rm -r dir1 Ikkita katalogni bir vaqtning o'zida barcha ichki tarkiblari bilan o'chirib tashlash mumkin: rm -r katalog_name_1 katalog_ nomi_2 O’chirish amalida -f opsiyasidan foydalanilsa, o'chirishda tasdiqlash so'ralmaydi.Bunda faylni o'chirish buyrug'i quyidagicha bo'ladi: rm -f fayl 1 Katalogni o'chirish buyrug'i: rm -rf dir1 Qayta nomlash va ko’chirish buyruqlari mv buyrug'i fayllar va kataloglarni ko'chirish va nomini o'zgartirish uchun ishlatiladi. Bu buyruq nomi move-ko’chirish sozi qisqartmasidir. Bu buyruq yordamida fayl nomini o'zgartirish quyidagicha bajariladi: mv fayl_nomi new_name Faylni ko'chirish uchun quyidagi buyruq ishlatiladi: mv fayl_nomi yo'li / Nusxalash buyrug’i cp buyrug'i nusxa ko'chirish uchun ishlatiladi. Bu buyruqning nomi copy- ko'chirish so'zining qisqartmasi. Fayl1dan nusxa ko'chirish va unga fayl2 deb nom berish uchun quyidagi buyruqdan foydalaniladi: cp fayl1 fayl2 Dir1 katalogini dir2 katalogiga nusxalash uchun quyidagi buyruqdan foydalaniladi: cp –a dir1 / dir2 / file1 nomli faylni dir1 nomli katalogga ko'chirish uchun quyidagi buyruq ishlatilishi mumkin: cp fayl1 dir1 / Download 43.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling