3 – ma’ruza harakat haqida umumiy ma’lumotlar. Kinematikaning asosiy tushunchalari. To’g’ri chiziqli harakatlar. To’g’ri chiziqli tekis va notekis harakat mavzularini o’qitishning zamonaviy texnalogiyalari. Reja
Download 323.5 Kb.
|
3 maruza EFKUM (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik harakat
3 – MA’RUZA Harakat haqida umumiy ma’lumotlar. Kinematikaning asosiy tushunchalari. To’g’ri chiziqli harakatlar. To’g’ri chiziqli tekis va notekis harakat mavzularini o’qitishning zamonaviy texnalogiyalari. Reja: Mexanik harakat. Fazo, vaqt va sanoq sistemalari haqida tushuncha. Ilgarilanma va aylanma harakatlar kinematikasi. Mexanik harakat Vaqt o‘tishi bilan jismning fazodagi vaziyatini boshqa jismlarga nisbatan O‘zgarishiga mexanik harakat deyiladi. Mexanika, shu jumladan kinematikaning asosiy vazifasi harakat qilayotgan jismning istalgan paytdagi vaziyatini (O‘rnini) aniqlashdan iborat. Ammo kinematikada jism harakati uni yuzaga keltiruvchi sabablar hisobga olinmagan holda o‘rganiladi. Jismning mexanik harakatini o‘rganishda absolyut qattiq jism va moddiy nuqta tushunchalaridan keng foydalaniladi. Mexanik harakati o‘rganilayotgan sharoitda, jismning shakli va xajm o‘zgarishsiz qolsa, bunday jismga absolyut qattiq jism deb ataladi. Shuningdek, ko‘p hollarda harakat qilayotgan jismning O‘lchamlari hisobga olinmaydi. Masalan, Toshkentdan biror tezlik bilan Samarqand shaxriga jo‘nagan avtomobilning 2 soatdan keyingi O‘rnini aniqlashda mashinaning O‘lchami hisobga olinmaydi. Chunki, mashinaning O‘lchami uning 2 soat davomida yurgan masofasiga nisbatan hisobga olinmas darajada kichik. Harakati O‘rganilayot¬gan jism O‘lchamining kattaligi va shakli kuzatilayotgan sharoitda kech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasa, bunday jism moddiy nuqta deb aytiladi. Yuqorida keltirgan misolimizdagi avtomobil harakatini moddiy nuqtaning harakati deb qarash mumkin. Jismning harakati davomida uning ikkita nuqtasini birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq o‘z-o‘ziga paralleligicha qoladigan harakat ilgarilanma harakat deyiladi. To‘g‘ri yo‘lda ketayotgan mashinaning harakatini ilgarilanma harakat deb karash mumkin, moddiy nuqtaning harakatini o‘rganishga yordam beradigan ba'zi (traektoriya, ko‘chish, yo‘l kabi) kattaliklar bilan tanishaylik. Traektoriya. Moddiy nuqtaning mexanik harakati davomida bosib O‘ttan nuqtalarining geometrik O‘rni harakat traektoriyasi deyiladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, moddiy nuqtaning O‘z harakati davomida chizgan chizig‘i (qoldirgan izi) traektoriya deb ataladi. Mexanik harakat traektoriyasining shakliga qarab: to‘g‘ri chiziqli, egri chiziqli va aylanma kabi harakat turlariga bo‘linadi. Ko‘chish. Faraz kalaylik, moddiy nuqta harakatlanib, A nuqtadan V nuqtaga ko‘chsin (1-rasm). AV egri chiziq moddiy nuqtaning harakat traektoriyasidan iborat bo‘ladi. A va V nuqtalarni tutash-tiruvchi va V nuqtaga qarab yo‘nalgan AV to‘g‘ri chiziq kesmasi esa moddiy nuqtaning ko‘chishidan iboratdir. Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning boshlang‘ich va oxiri vaziyatlarini tutashtiruvchi, yo‘nalishga ega bo‘lgan to‘g‘ri chiziq kemasiga moddiy nuqta (yoki jism)ning ko‘chishi deyiladi. Ko‘chish vektor kattalik bo‘lib, harfi bilan belgilanadi. Jism faqat to‘g‘ri chiziqli ilgarilanma harakatlangan-dagina, uning ko‘chishi traektoriya chizig‘i bilan ustma-ust tushadi. Egri chiziqli harakatlarda esa jism ko‘chishi, uning traektoriyasidan farq qiladi. Yo‘l. Jism harakati davomida qoldirgan (izi) traektoriyasining uzunligiga, uning bosib o‘tgan yo‘li deyiladi. Yo‘l skalyar kattalik bo‘lib, u ham S harfi bilan belgilanadi. Download 323.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling