3- maruza neft bilan chiqadigan yo‘ldosh gazlar


Download 49.83 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi49.83 Kb.
#1488692
Bog'liq
3 MARUZA


3- maruza
NEFT BILAN ChIQADIGAN YO‘LDOSh GAZLAR

Tabiiy gazni asosiy tarkibiy qismini metan tashkil qiladi. Tabiiy gazda metandan tashqari uning eng yaqin gomologlari etan, propan, butan bo‘ladi. Tabiiy gaz tarkibida hajm bo‘yicha o‘rtacha:


SN4 – 80-97% N2- 2-13%


C2H6 – 0.5-4% H2S – 1-7%
C3H8 – 0.2-1.5% CO2 – 0.1-5%
C4H10 – 0.1-1.0% He, Ar – 0.1-0.2% va boshqa gazlar bo‘ladi
C5H12 – 0.1-0.1
Tabiiy gaz yoqilg‘i sifatida boshqa qattiq va suyuq yoqilg‘ilardan afzal bo‘libgina qolmay, balki boshqa gaz holidagi yoqilg‘ilardan (domna va koks gazi) ham afzaldir, chunki uning yonish issiqligi yuqoridir. Tabiiy gaz – kimyo sanoatining muhim xom ashyo manba’idir, chunki metandan vodorod, asetilen, qurum va uglevodorodlarni xlorli hosilalari olinadi.
Neft bilan chiqadigan yo‘ldosh gazlar ham paydo bo‘lishi jihatidan tabiiy gazdir. Ular neft konlaridan neft bilan birga chiqqanligi uchun shunday nom berilgan. Bu gazlar neftda erigan holda yoki uni ustida bo‘lib gaz qalpoq hosil qiladi. Shu gazlarni bosimi ta’sirida neft quduqlar orqali ko‘tarilib chiqarib olinadi. Bosimi keskin kamayishi natijasida gazlar suyuq neftdan oson ajraladi. Ilgari neft bilan birga chiqadigan gazlar ishlatilmasdan yoqilar edi (shu yerni o‘zida). Hozirgi vaqtda bu gazlar tabiiy gaz kabi yaxshi yoqilg‘i va qimmatbaho kimyoviy xom ashyo bo‘lganligi uchun yig‘ib olinadi. Yo‘ldosh gazlarda metan tabiiy gazga nisbatan kam, lekin boshqa uglevodorodlar etan, propan, butan, pentan ancha ko‘p. Shuning uchun yo‘ldosh gazlarni kimyoviy usullar bilan qayta ishlab tabiiy gazga nisbatan ko‘p mahsulot olish mumkin.
Yo‘ldosh gazlardan samarali foydalanish uchun ular ayrim kichik tarkibli aralashmalarga ajratiladi. Odatdagi sharoitda suyuq bo‘lgan pentan, geksan va boshqa uglevodorodlar «gazli» benzin hosil qiladi. So‘ngra propan bilan butan aralashmasi ajratib olingandan so‘ng asosan, metan, biroz etan va juda oz miqdorda boshqa uglevodorodlar aralashmasidan iborat quruq gaz qoladi.
Juda oson (tez) bug‘lanadigan suyuq uglevodorodlardan iborat gazli benzin dvigatellarni boshlang‘ich xarakatini yaxshilash uchun unga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
Propan va butan suyultirilgan gaz holida yuqori kalloriyali gaz yoqilg‘isi sifatida ishlatiladi. Tarkibi jihatidan tabiiy gaz o‘xshash bo‘lgan quruq gaz asetilen, vodorod va boshqa moddalarni olishda ishlatiladi.
Yo‘ldosh gazlardan kimyoviy qayta ishlash uchun ayrim uglevodorodlar etan, propan, N-butan, izo-butanlar ajratib olinadi.
Sun’iy gazlar neftni termik va katalitik usullar bilan qayta ishlash vaqtida hosil bo‘ladi. Har-xil jarayonlarda hosil bo‘lgan gazlarni tarkibi turlichadir va bir-biridan katta farq qiladi. Katalitik va termik jarayonlarni gazlarida juda ko‘p miqdorda to‘yinmagan uglevodorodlar bor, katalitik riforming, gidrotozalash, gidrokreking gazlarida esa umuman yo‘q.
2-jadval
Har-xil jarayonlarda hosil bo‘ladigan gazlarning tarkibi

Kompo-nentlar

Termik kreking

Kokslash

Katalitik kreking

Piroliz (benzin) 7500S

Katalitik riforming

Gidro-kreking (gazoil)

Gidro-tozalash dizel yoqilg‘isi

mazut

sekin-
asta

qaynar qavatda

oddiy (benzin) tartib

qattiq (gaz) tartib

oddiy tartib

qattiq tartib







N2+SO2

0,2

0,4

1,5

2,5

1,0

16,0

8,5

5,5

-

-

SN4

16,0

32,5

26,5

11,0

9,5

34,4

5,0

12,5

27,0

34,0

S2N4

2,5

4,5

12,5

6,0

4,0

29,3

-

-

-

-

S2N6

17,0

21,5

20,0

8,0

5,0

5,0

9,5

24,5

21,0

24,5

S3N6

9,0

4,0

12,5

22,0

24,0

10,5

-

-

-

-

S3N8

21,0

15,0

11,0

12,5

9,5

0,2

38,0

32,0

41,0

20,5

Izo S4N8

4,5

2,2

5,0

6,0

10,5

1,3

-

-

-

-

n-S4N8

9,8

4,4

5,0

14,0

15,0

1,2

-

-

-

-

Gazlarni ishlatilishini yo‘nalishlari ularni tarkibiga bog‘liq. Butilen va izobutanga boy bo‘lgan katalitik kreking gazi – katalitik alkillash qurilmalarining eng yaxshi xom ashyosidir. Riforming gazlaridan vodorod ajratib olinadi, aniqrog‘i 75-90% vodorodli bo‘lgan gaz ajratib olinadi. Bu gaz gidrogenizatsion jarayonlarda – gidrotozalash va gidrokrekingda ishlatiladi.


Hozirgi zamon texnologik qurilmalarida gazni birlamchi qayta ishlovchi blok mavjud. Bu bloklarda gaz vodorod sulfiddan tozalanadi va S­­3-S4 uglevodorodlar suyuq holda ajratib olinadi. Lekin gazlarni alohida individual uglevodorodlarga va qisqa uglevodorod fraksiyalarga ajratish maxsus qurilmalarida gazlarni fraksiyalarga ajratish (GFU) bloklarida amalga oshiriladi. Neftni qayta ishlash korxonalarida bunday qurilmalardan kamida ikkita bo‘ladi – birinchisi to‘yingan uglevodorodlar uchun, ikkinchisi to‘yinmagan uglevodorodlar uchun.
To‘yingan uglevodorodlarni qayta ishlash natijasida turli maqsadlar uchun ishlatiladigan quyidagi mahsulotlar olinadi.

  1. Etan fraksiyasi piroliz xom ashyosi, moylarni deparafinlash qurilmasining sovutish agenti.

  2. Propan fraksiyasi piroliz xom ashyosi, ko‘pgina texnologik qurilmalar uchun sovutish agenti, suyultirilgan gaz.

  3. Izobutan fraksiyasi sintetik kauchuk (izoprenli va butil kauchuk) ishlab chiqarish uchun xom ashyo, alkillash qurilmalarida ishlatiladi.

  4. Butan fraksiyasi butadien olish uchun xom ashyo (sintetik kauchuk olishda), piroliz xom ashyosi, suyultirilgan gaz komponenti, avtomobil benzinlariga ularning parlarini bosimini oshirish uchun qo‘shiladi.

  5. Izopentan fraksiyasi izopren kauchuk olish uchun xom ashyo, yuqori oktan sonli benzin sortlarining komponenti.

  6. Pentan fraksiyasi izomerlash va piroliz jarayonlarining xoma shyosi, amiloviy spirt ishlab chiqarishda xom ashyo.

Gazni fraksiyalash qurilmasida (GFU) olefinli potokdan quyidagi to‘yinmagan uglevodorodlar ajratib olinadi.

  1. Propan – propilen fraksiyasi polimer benzin ishlab chiqarish uchun, fenol va aseton, sintetik yuvish materiallari butil spirtlar, alkillash qurilmasining xom ashyosi.

  2. Butan – butilen fraksiyasi polimerlash va alkillash qurilmalari uchun xom ashyo. Moylar uchun prisadkalar, sintetik kauchuklar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Suyultirilgan gazlarning sifati texnik shartlari bilan aniqlanadi (TU, GOST).
Download 49.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling