3- ma’ruza O’lchash xatoliklari va ularni paydo bo’lish sabablari Reja
Download 1.14 Mb.
|
3- ma`ruza. O`lchash xatoliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’lchashning muntazam xatoligi
- O’lchashning tasodifiy xatoligi
- Qo’pol va yanglishish xatoliklar
- O’lchashning mutlaq xatoligi
3- ma’ruza O’lchash xatoliklari va ularni paydo bo’lish sabablari Reja: 1. Xatoliklar klassifikatsiyasi 1a. Vujudga kelish tavsifi bo’yicha xatoliklar 1b. Sonli ifodasi bo’yicha xatoliklar 2. O’lchash asbobining aniqligi O’lchash amaliyotda fizik kattalikning o’lchash natijalarini haqiqiy qiymatiga yaqinligini ifodalaydigan va o’lchash operasiyalarning sifatini taqqoslash uchun qo’llaniladigan eng muhim ko’rsatkichlardan biri - o’lchash aniqligi. O’lchash xatoligi odatda o’lchash aniqligini miqdoriy baxolash uchun qo’llaniladi O’lchash jarayonida paydo bo’ladigan xatoliklar vujudga kelish tavsifi bo’yicha quyidagi xatoliklar ajratiladi:
O’lchashning muntazam xatoligi – bitta kattalikni qayta o’lchashda o’zgarmasdan qoladigan yoki qonuniy o’zgaradigan o’lchash xatoligining tashkil etuvchisi. Muntazam xatolikni me’yorlash uchun uning ruxsat etilgan chegaralari aniqlanadi. Ko’pincha muntazam xatolikni iloji boricha yo’qotishga xarakat qilinadi. Paydo bo’lish sababiga ko’ra muntazam xatoliklar to’rtda turga bo’linadi: 1. Uslubiyat xatoligi – o’lchash uslubi nazariy jihatdan to’liq ishlanmagan bo;lsa paydo bo’ladi (diametrni bitta joyda o’lchash, modda zichligini bitta tajriba o’tkazish bilan aniqlash-qo’shimchalar, o’lchash kuchi o’lchash ob’ektlarga ta’sir qilganda). 2. O’lchash asbobining xatoligi (bu bilan mazsus fan shug’llanadi – o’lchash qurilmalarning aniqligi). 3. Tashqi ta’sirlar tufayli paydo bo’ladigan xatoliklar (temperatura, radiatsiya, elktr va magnit maydonlar). 4. Sub’ektiv xatoliklar. O’lchashning tasodifiy xatoligi – bitta kattalikni qayta o’lchashda tasodifiy tarzda o’zgaradigan xatolik. Tasodifiy xatolikni paydo bo’lishini bilib ham, oldini olib ham bo’lmaydi. Tasodifiy xatolik tashqi omillar tasodifiy o’zgarganda paydo bo’lishi mumkin. Tasodifiy xatolikni to’liq yo’qotib bo’lmaydi, u har doim u yoki bu darajada o’lchashlarning natijalarini o’zgartiradi. Lekin o’lchashlarni qayta-qayta o’tkazish hisobiga natijaning aniqligini oshirish mumkin. Qo’pol va yanglishish xatoliklar – berilgan sharoitda kutilayotgan xatolikdan ancha oshiq bo’lgan o’lchash xatoligi. Qo’pol va yanglishish xatoliklar o’lchashni o’tkazish jarayonida sodir bo’lgan qo’pol xatolar, o’lchash vositalarni texnik nosozligi, tashqi sharoitlarni kutilmaganda o’zgarishi tufayli paydo bo’lishi mumkin. X – fizik kattalikning o’lchash natijasi; Q –fizik kattalikning haqiqiy qiymati; XN– me’yorlangan qiymat; O’lchashning mutlaq xatoligi – o’lchash natijasining o’lchanayotgan fizik kattalikning topilgan qiymati uning haqiqiy qiymatidan og’ishini ifodalovchi tavsifi. O’lchashning nisbiy xatoligi – o’lchash natijasining mutlaq o’lchash xatoligining o’lchanayotgan fizik kattalikning haqiqiy qiymatiga bo’lgan nisbati. O’lchash asbobining keltirilgan xatoligi – o’lchash asbobi mutlaq xatoligining butun o’lchash diapazoni yoki uning qandaydir qismida o’zgarmas bo’lgan me’yorlovchi qiymatga nisbati bilan aniqlanadigan xatolik. Me’yorlangan qiymat quyidagicha aniqlanadi: 1) ”0” belgisi o’lchash shkalaning chetida yoki shkaladan tashqarida joylashgan bo’lsa, me’yorlangan qiymat o’lchash diapazonni oxirgi qiymatiga teng qilib olinadi; 2) ”0” belgisi o’lchash diapazonning ichida joylashgan bo’lsa, me’yorlangan qiymat o’lchash diapazonning oxirgi qiymatlarini yig’indisiga teng qilib olinadi; 3) shkalasi notekis bo’lgan o’lchash vositalar uchun me’yorlangan qiymat o’lchash shkalaning uzunligiga teng qilib olinadi; Nazorat savollari
Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling