3- ma’ruza savollariga javoblar


Download 13.74 Kb.
Sana16.05.2020
Hajmi13.74 Kb.
#106770
Bog'liq
3-zoologiya ma'ruza


3- ma’ruza savollariga javoblar

  1. Ko’p hujayralilar tanasi har xil tuzilgan va turli vazifani bajarishga moslashgan hujayralardan iborat . Bu hujayralar mustaqil yashash xususiyatiga ega bo’lmasdan , yaxlit organizmning bir qismi hisoblanadi . Hujayralar turli darajada ixtisoslashgan , ma’lum bir vazifani moslashgan . Ixtisoslashgan hujayralar maxsus to’qimalarni hosil qiladi . Ko’p hujayrali hayvonlarning epiteliy , biriktiruvchi , muskul , nerv to’qimalari mavjud .

  2. Ko’p hujayralilar uchun ham murakkab rivojlanish sikli xos . Bu jarayonda urug’langan yoki ba’zi hollarda urug’lanmagan tuxumdan voyaga yetgan organizm shakllanadi . Ko’p hujayralilarning individual rivojlanishi uryg’langan tuxum hujayrasining juda ko’p mayda hujayralarga bo’linishi va ulardan asta-sekin embrion varaqlari hamda organlarning hosil bo’lishidan iborat .

  3. Ko’p hujayralilarning embrional rivojlanishi urug’langan tuxum hujayraning maydalanish bosqichidan o’tib , undan homila varaqlarining rivojlanishi , undan esa organlarning rivojlanishi bilan sodir bo’ladi .

  4. Ko’p hujayralilarning kelib chiqish nazariyalari quyidagilardan iborat :

-Gastrey nazariyasi;

-Fagotsitella nazariyasi ;

5. Ko’p hujayralilar kenja dunyosi fagositellasimonlar , tuban ko’p hujayralilar va haqiqiy ko’p hujayralilar deb ataladigan uchta bo’limga ajratiladi . Fagotsitellasimonlar bo’limiga faqat ikkita turni birlashtiruvchi plastinkalilar tipi , tuban ko’p hujayralilarga – g’ovaktanlilar tipi kiradi

Test savollariga javoblar



  1. Gekkelning ko’p hujayralilarning kelib chiqish nazariyasi qanday ataladi ? A) gastreya

  2. Ko’p hujayralilarning kelib chiqishida gastreya nazariyasining asoschisi ? B) Gekkel

  3. Mechnikovning ko’p hujayralilarning kelib chiqish nazariyasi qanday ataladi ? C) fagositella

  4. I . Hojining ko’p hujayralilarning kelib chiqish nazariyasi qanday ataladi ? A)sellyularizatsiya

  5. Ko’p hujayralilarning kelib chiqishida “fagositella”nazariyasining mohiyati nimada? A) Blastula bo’shlig’iga hujayralar immigratsiyasi

  6. Ko’p hujayralilarning kelib chiqishidagi “gastreya”nazariyasining mohiyati nimada ? B)blastula devorining invaginatsiyasi

  7. Ko’p hujayralilarning kelib chiqishida “ sinsitiy” nazariyasining mohiyati nimada ? C) bir hujayralilarning boshqa bir hujayralilar bilan oziqlanishi natijasida



  1. G’ovaktanlilar – o’troq yashovchi tuban ko’p hujayrali hayvonlar . Tana bo’shlig’I xoanotsitlar deb ataladigan yoqali xivchinli hujayralar bilan qoplangan .Nerv sistemasi rivojlanmagan . Tanasida juda ko’p mayda teshikchalari va ulardan tana bo’shlig’iga qarab ketadigan naychalari bo’ladi . Bu naychalar orqali tanaga suv oqib o’tib turadi . Deyarli hamma vakillari ohaktosh yoki silikatdan iborat mineral yoki organic skeletga ega .

  2. G’ovaktanlilar jinssiz va jinsiy yo’l bilan ko’payadi . Jinssiz ko’payishi tashqi va ichki kurtaklanish orqali sodir bo’ladi . Ko’pchilik g’ovaktanlilar , hamma ohakskeletlilar germofrodit bo’ladi. Jinsiy hujayralar mezogleyadagi harakatchan amyoboitsit hujayralarning bir xil bo’lgan arxeotsitlaridan hosil bo’ladi. Arxeotsitlar xivchinli kameralar endodermasi ostida joylashgan . Urug’ hujayralari naylar bo’shlig’iga o’tadi va oskulum orqali suvga chiqib ketadi . Spermatozoidlar yetilgan tuxum hujayralariga ega bo’lgan hayvon tanasiga o’tib , ularni urug’lantiradi . Urug’langan tuxum hujayralar dastlab ona organizmida rivojlanadi .

  3. Ko’pchilik g’ovaktanlilarning ohak yoki qumdan iborat qattiq skeleti bo’ladi . Ko’pchilik g’ovaktanlilarning skeleti ohaktosh va kremnezyon aralshmasidan iborat bo’ladi . G’ovaktanlilar orasida sponging deb ataladigan muguzsimon yumshoq skeletga ega bo’lgan vakillari mavjud . Skelet elementlari mezogleyada joylashadi . Ularning mineral skeleti ignaga o’xshash maxsus tanachalar – spikulalardan iborat . Spikulalar maxsus skelet hosil qiluvchi hujayralar skleroblastlarda hosil bo’ladi .

Test savollariga javoblar

  1. G’ovaktanlilarning paragastral bo’shliq hujayralari A) xoanotsitlar

  2. G’ovaktanlilar tipiga kiruvchi hayvonlar C) bodyaga

  3. G’ovaktanlilar tipiga kiruvchi sinf A) Demospongia

  4. Askon , siykon , leykon tana tuzilishi qaysi umurtqasiz hayvonlarga xos? A) g’ovaktanlilar

  5. G’ovaktanlilar tanasidagi skleroblast hujayrasi nima vazifani bajaradi ? C) skelet hosil qiluvchi

Download 13.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling