3- ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimi (tmn) tushunchasi. Tmn boshqaruv tizimi tuzilishi va asosiy bajariladigan vazifalari, protokollari. Reja


Download 327.96 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi327.96 Kb.
#1259691
Bog'liq
3- ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimi (TMN) tushunchasi. TMN boshqaruv tizimi tuzilishi va asosiy bajariladigan vazifalari, protokollari.


3- ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimi (TMN) tushunchasi. TMN boshqaruv tizimi tuzilishi va asosiy bajariladigan vazifalari, protokollari.
Reja:
 
  • Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish (TMN) tizimi tushunchasi.
  • TMN konsepsiyasi.
  • TMNni tashkil etish, vazifa va protokollar.

TMN – (Telecommunications Management Network) Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog’i. TMN – telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimini qurish texnologiyasini hamda ular faoliyatining barcha omillarini belgilovchi xalqaro standart.
TMN arxitekturasi quyidagi boshqaruv funksiyalaridan tashkil topgan:
To’xtalishlarni boshqarish jarayonlari(Fault Management, FM);
Tarmoq konfiguratsiyalarini boshqarish (Configuration Management, CM);
Foydalanuvchilar bilan Hisob-kitoblarni boshqarish (Accounting Management, ACM);
Tarmoq samaradorligini boshqarish (Performance Management, PM);
Tarmoq ishlari xavfsizligini boshqarish (Security Management, SM).
TMN protokollar ierarxiyasi
Transmission Control Protocol (TCP) (uzatishni boshqarish protokoli)
UDP (User Datagram Protocol — (Foydalanuvchi datagrammasi protokoli).
HTTP (HyperText Transfer Protocol — “gipermatn” jo’natish protokoli)
HTTP “klient-server” texnologiyasiga asoslangan, ya’ni ulangan va so’rov jo’natgan klentlarga javob beradi.
HTTPS (Hypertext Transfer Protocol Secure) — HTTP protokolining kengaytirilgani bo’lib, ma’lumotlarni shifrlab uzatish uchun qo’llaniladi.
FTP (File Transfer Protocol — fayllarni jo’natish protokoli)
МСЭ-Т M.3010 tavsiyanomasiga ko’ra, TMN elektraloqa tarmog’i bilan ulangan mustaqil tarmoq hisoblanadi.
TMN arxitekturasi va qurilish tamoyili boshqarish masalalari, tezkor nazorat, turli xildagi telekommunikatsiya qurilmalari va elektraloqa tizimlari ekspluatatsiyasini amalga oshirishga imkon yaratadi.
TMN aloqa xizmatlari sifatini ta’minlash maqsadida aloqa tarmoqlari xizmatlarini boshqarish, qurilmani ekspluatatsiyalash va taxnik xizmat ko’rsatish, tezkor-texnik nazorat ko’rsatishga mo’ljallangan.
TMN vazifasi Turli xildagi ilovalarning aloqa qurilmalari bilan o’zaro aloqasini ta’minlash standart protokollar va interfeyslarga ega kelishilgan arxitekturadan foydalanish orqali ta’minlanadi.
3.1-rasm. TMN arxitekturasi
TMN ning qo’llanish sohalari
Xususiy va umumiy foydalanish tarmoqlari, shu jumladan o’rta va keng oraliqli xizmatlari integratsiyalangan tarmoqlar (ISDN), YuChT, chastotali telefon tarmoqlari;
Uzatish terminallari (multipleksorlar, kross kommutatsiya qurilmalari, kanallarni o’zgartirish apparatlariva h.k.);
Raqamli va analog uzatish tizimlari (kabelli, optik tolali, radiо, yo’ldoshli va h.k.);
Raqamli va analog kommutatsiya stansiyalari;
Signalizatsiya tizimlari va terminallar;
 
TMN bilan bog’liq vazifalar
АТС va oxirgi abonent qurilmalari; TMN muhiti va elektraloqa muhiti chegaralari orqali boshqaruv axborotining almashinuvi;
Moslikni ta’minlash maqsadida boshqaruv axborotini bir turdan ikkinchisiga o’zgartirish;
TMN muhitida boshqaruv axborotini uzatish;
Boshqarish axboroti ta’siriga sezuvchanlik va uni taxlil qilish;
Boshqaruv axborotni foydalanuvchiga tushunarli shaklga o’zgartirish;
Boshqaruv axborotiga ro’yxatdan o’tgan holda kirish imkonini yaratish.
3.2-rasm. TMN ning funksional arxitekturasi
Bu yerda:
OSF –boshqaruvchi tizimlar FB;
MF – kelishuv FB;
WSF – ishchi stansiya FB;
NEF – tarmoq elementlari FB;
QAF – Q-adapter FB
TMN modeli (Telecommunications Management Network)
Tarmoq elementi (NE) va Tarmoq ish holatini saqlab turuvchi tizim — OSS (Operations Support Systems) bir biri bilan Q-interfeys orqali bog’lanadi va quyidagi boshqaruv pog’onalariga ega:
3.3-rasm. TMN modeli.
Funksional tashkil etuvchilar.
MAF – boshqarishning amaliy funksiyasi
MF-MAF – MFdagi boshqaruv amaliy funksiyasi
OSF-MAF – axborotga yo’l ochishda “menejer” yoki “agent” xizmatini bajaradi, kiruvchi axborot bilan ishlaydi, qayta ishlanmagan axborot qiymatini aniqlaydi (statistik analiz)
NEF-MAF – birinchi navbatda NEFda “agent” vazifalarini bajaradi.
QAF-MAF – Q-adapter vazifalari bajarilishini ta’minlaydi.
MIB – boshqaruv axboroti ombori
ICF – axborotni o’zgartirish funksiyasi
PF – taqdim etish funksiyasi
HMA – “odam-mashina” moslashuvi
MCF – fizik interfeyslarga ega FB bilan aloqador bo’lgan xabarlar jo’natish funksiyasi
Nazorat savollari:
 
  • TMN tushunchasiga ta’rif bering.
  • TMN konsepsiyasi qanday arxitekturaga asoslangan

  • TMNning funksional tashkil etuvchilariga ta’rif bering

Download 327.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling