Glossariy agrоnomik kimyo


Download 19.67 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi19.67 Kb.
#1721923
Bog'liq
zahira


G L O S S A R I Y
Agrоnomik kimyo yoki agrokimyo- ekinlarni etishtirish jaryonida ulrning xosildorligini oshirish, sifatini yaxshilash tuproq va o’g’itlarning o’zaro ta’siri haqidagi fandir. Agrokimyoning o’z oldiga qo’ygan maqsadi – o’g’itlarning turli shakillari va xususiyatlarini, ularni tuproq bilan o’zaro ta’sirining o’ziga xos belgilarini, o’g’itlarning eng samarali shakillari, normalri, ularni qo’llashning usullari va muddatlarini hisobga olgan holda o’simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi sharoitlar yaratishdan iboratdur.
O’siliklarning moslashuvi – o’simlik organizimlarining yashash sharoitlariga moslashuvi.
Adsorbent – yuzasida adsorbtsiya amalga oshayotgan jism (tayna). 179


Agrar siyosat – dalatning yer va undan foydalanish borasida olib boradigan siyosati.
Azotli o’g’itlar –o’simliklarning oziqlanishida azot manbayi sifatida qo’llaniladigan organik va mineral moddalar. Azotli o’g’itlar organik (go’ng, torf, compost), mineral (ammiakli selitra, mochevina, ammoniy sulfat) va yashil o’g’itlar (lyupin, seradella va boshqa o’simliklarning yashil massasi) ga bo’linadi. Mineral azotli o’g’itlarda azot ammiak, ammiak nitrat, nitrat va amid holida uchrashi mumkin.
Azotobakter – tabiatda (tuproq va suvda) keng tarqalgan, atmosfera azotini o`zlashtira oladigan mikroorganizim. U tabiatda azotni aylanishida, shu bilan birga tuproqni atmosfera azoti hisobiga azotli birikmalar bilan boyitishda muhim rol o’ynaydi.
Component – biron narsani tarkibiy qismi.
Azotfiksatsiya – atmosferadagi azot malekulalarining bog’lanishi va uni azotli organik moddalarga-aminokislota va boshqalarga aylanish jarayoni. Azotfiksatorlar, jumladan tuganak bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi. Azotning tabiatda aylanishi, tuproqning bog’langan azot bilan boyishida muhim rol o’ynaydi.
O’g’it normasi – O’suv davri 1 ga ekinzorga solinadigan o`g`it miqdori. Turli usullar bilan hisoblanadi.
Sug’orish normasi – 1 ga maydondagi ekinlarni bir marta sug’orish uchun ishlatiladigan suv miqdori, m3/ga bilan o’lchanadi. Sug`orish normalarining yig’indisi mavsumiy sug’orish normasini tashkil qiladi.
Yorliq etiketka- agrokimyoviy tajribalar o’tkazilayotgan paytda uzatishlar olib borilayotgan o’simliklarga osiladigan yorliq.
Efemerlar- rivojlanish davrini (urug’dan unib chiqqandan pishib etilgungacha bo’lgan) juda ham qisqa muddatda o’taydigan o’simliklar.
O’g’itlarning samaradorligi- mineral va organik o’g’itlarning paxta hosili va uning sifatini oshirishdagi rolini belgilovchi ko’rsatgich. O’g’itlar samaradorligi uning hisobga olingan qo’shimcha hosilni pulga chaqish yo’li bilan aniqlanadi.
Tuproq eroziyasi- tuproqlarning eng unumdor qatlamlarini va shuningdek, tuproqdagi jinslarni qor va yomg’ir suvlari (suv eroziyasi), shamol ta’sirida (shamol eroziyasi) – emirilish jarayoni. 180


Elita xo’jaligi- urug’chilik xo’jaligi- ekinlarning eng yaxshi navlari urug’larni ko’paytirish bilan shug’ullanadigan xo’jalik.
Elyuviy- tog’ jinslari hosil bo’lgan joylarda qoladigan nurash mahsuloti. Elyuviyga qarama qarshi mahsulot allyuviy bo’lib, shamol va oqar suvlar ta’sirida olib ketiladi.
Endoderma- o’simliklar poya va ildizida bo’lib barcha ichki to’qimalarni o’rab, ularni birlamchi po’stloqdan ajratib turuvchi hujayra qatlami.
Endosperm- ko’pchilik gul o’simliklarining urug’larida murtakning rivojlanishi uchun zarur bo’ladigan moddalar to’planadigan o’ziga xos oziq to’qimalari.
Quvvat almashinuvi, energetik almashinuv- o’simliklarning quvvatiga bo’lgan talablarini qondirishda kerak bo’ladigan o’zaro aloqador murakkab jarayonlarni majmui.
Qand moddalari- o’simliklarning ayrim organlarida ko’p miqdorda to’planadigan zaxira (zapas) moddalar. Ko’p hollarda qand moddalaridan monosaxaridlar glyukoza va fruktoza, disaxaridlardan- saxaroza to’planish jihatidan ustunlik qiladi.
Sedimentastiya- suyuqlik yoki gazlardagi muallaq holda turgan zarrachalarni og’irlik kuchlari yoki boshqa kuchlar ta’sirida cho’kishi.
Selekstiya- hayvon va o’simliklarning mavjud zot va navlarini takomillashtirish va shuningdek, yangilarini yaratish haqidagi fan va shu yo’nalishdagi amaliy faoliyat.
Selitralar- kaliy, natriy, bariy va shu kabilarning nitratli tuzlari; qimmatli o’g’it sifatida katta ahamiyatga ega.
Tuproqlar seriyasi- tuproqlarning amerikancha klassifikastiyasidagi asosiy taksonomik birlik.
Siderat-tuproqning organik modda va azot bilan boyitish maqsadida unga qo’shib haydab yuboriladigan ko’karib turgan o’simlik massasi.
Siderastiya- yashil o’g’it (siderat) qo’llash yo’li bilan tuproq unumdorligini oshirish.
Siderit- FeCO3 formula bilan ifodalanuvchi suvsiz karbonatlar gruppasi.
Simbioz- har xil turga oid organizmlarning birlikda hayot kechirishi. Bunda sheriklar bir-biridan bevosita foydalanishadi, masalan, tuganak bakteriyalar va dukkakli ekinlar kabi. 181
Download 19.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling