MAVZU: HARAKATGA DOIR MASALALARNING TURLARI. HARAKATGA DOIR MASALALARNING BAJARISH USULLARI. Reja: - 1. Harakatga doir masalalarning bajarishni o`rgatish metodlari. 2. Harakatga doir masalalarning turlari. 3. Harakatga doir masalalarning bajarish usullari.
a) Bir jism harakatiga doir masalalarni quyidagi uch turi mavjud. - a) Bir jism harakatiga doir masalalarni quyidagi uch turi mavjud.
- Ma’lum masofa va harakat vaqti bo`yicha tezlikni topishga doir masalalar.
- Masala: Piyoda kishi har soatda baravaridan yo`l bosib, 3 soatda 12 km yurgani ma'lum bo`lsa, u qanday tezlik bilan yurgan?
- Demak, Tezlik-masofaning vaqtga bo`linganiga teng
- Ma’lum tezlik va harakat vaqtiga ko`ra masofani topishga doir masalalar.
M: Piyoda kishi soatiga 6 km tezlik bilan 3 soat yo`l yurdi. Piyoda kishi qancha masofa yo`l yurdi. - Yechish: 6x3=18km.
- Dyemak, Masofa – tezlik bilan vaqtning ko`paytmasiga teng
- Ma’lum tezlik va masofaga ko`ra harakat vaqtini topishga doir masalalar.
Masalalar yechimlarini o`quvchilar daftarlaridagi yozilishining ko`rinishi bunday bo`ladi: - Masalalar yechimlarini o`quvchilar daftarlaridagi yozilishining ko`rinishi bunday bo`ladi:
- 1-masala. 60x2=120 (km)
- 2-masala. 120:60=2 (soat)
- 3- masala. 120:2=60 (km soatiga)
- Shundan keyin masalalarning yechimlari taqqoslanadi va ularning o`xshash va farqli tomonlari aniqlanadi. b) Uchrashma harakat. Bunda ikkita joydan ikkita jism bir-biriga qarab yo`naladi va ma’lum bir joyda uchrashadilar.Bunda bitta to`g`ri masalaga teskari masala tuzish orqali boshqa turlari kiritiladi.
- Masala: Ikki qishloqdan bir vaqtda ikki piyoda yo`lga chiqdiva 3 soatdan kiyin uchrashdilar. 1- piyoda soatiga 4 km dan, 2- piyoda soatiga 5 km dan yurdi. Qishloqlar orasidagi masofa qancha?
- soatiga 4 km soatiga 5 km
- A V
- ?
- Yechish: 1. us. 4x3+5x3=12+15=27 (km)
- 2. us. (4+5)x3=9x3=27 (km) bunga teskari masala tuzish mumkin.
- Bir – biridan 27 km masofada bo`lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir – biriga qarab ikki piyoda yo`lga chiqdiva uch soatdan keyin uchrashdi. Birinchi piyoda tezligi soatiga 4 km bo`lsa, ikkinchi piyoda soatiga qanday tezlik bilan yurgan?
- Yechish: I 1) 3x4=12 (km) – 1-piyoda yurgan masofa.
- 27-12=15 (km)- 2- piyoda yurgan masofa.
- 15:3=5 (km) – ikkinchi piyoda tezligi.
- (27-4x3):3=(27-12):3=5 (km/soat).
- 1) 27:3=9 (km) – ikkala piyoda 1 soatda yurdi.
- 2) 9-4=5 (km/soat) – ikkinchi piyoda tezligi.
- Yechish usullarini taqqoslab, o`quvchilar, masalani ikkinchi usuli bilan yechishda yig`indini songa ko`paytirilganini, masalani birinchi usuli bilan yechishda esa yig`indi qo`shiluvchilarining har birini shu songa ko`paytirib, chiqqan natijalarining yig`indisi topilganini aniqlaydilar.
- Masalani yechib bo`lgandan keyin o`quvchilarga bunday savollar berish foydali:
- Piyodalarning har biri uchrashguncha qanchadan masofa o`tgan?
- Nega piyodalar uchrashguncha har xil masofa o`tishgan?
- Piyodalar yo`lning o`rtasida uchrashishadimi yoki yo`qmi?
- Nega yo`l o`rtasida uchrashmaydi?
-
Do'stlaringiz bilan baham: |