3 – ma’ruza. Yerning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar. Yerning ichki tuzilishi, zichligi, xarorati va radioaktivligi. Yer qobig‘ining kimyoviy va mineral tarkibi. Reja


Download 0.63 Mb.
bet10/11
Sana21.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1641589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-мавзу (1)

Yerning mineralogik modeli
Yer po`sti tog` jinslaridan tuzilgan.Yer po`stining mineralogik tarkibi har xil.Geofizik ma`lumotlar asosida yer qobig`i uch pog`onaga ajratilgan. Yer po`stining yuqori qavati, cho`kindi va metamorfik jinslardan iborat bo`lib, ular xilma-xil minerallardan tashkil topgan. Ma`lumki yer po`sti bir necha turlarga (geostrukturalarga) bo`linadi, bulardan keng tarqalganlari va puxta o`rganilganlari qit`a yer po`sti hisoblanadi. Okean yer po`sti haqidagi dalillar ham kengaymoqda. Qit`alar yer po`stining yuqori qismi-kvars, karbonat (kalcit va dolomit), qavatli silikatlar-gil minerallari, xlorit, slyudalardan tashkil topgan. Minerallarning turi 2,5 mingdan ortiq. Ular tabiatda har xil miqdorda tarqalgan.Aksariyat qismi kam uchraydi. Tog` jinslarini tashkil qiluvchi minerallar Yerning ustki qismi - litosferaning asosini tashkil etadi. Keyingi ikkinchisi granit-gneyslar T.Bart bo`yicha nordon magmatik jinslar tarkibiga mos bo`lib, quyidagi minerallardan tashkil topgan (% hisobida); kaliyli dala shpatlari-31, plagioklaz-29,2, kvars-12,4, piroksen-12, ma`dan minerallari-4,1, biotit-3,8, olivin-2,6, rogovaya obmanka-1,7, muskovit-1,4, apatit-0,6, xlorit va serpentin-0,6, nefelin-0,3, sfen-0,3 va boshqalar. Ushbu qavatda tabiatda uchraydigan minerallarning aksariyat qismi yuzaga keladi. Uchinchi-granulit-bazalt qismi tomon, temir va magniyli minerallar turlari, ayniqsa, piroksen va amfibollar miqdorining ortib borishi aniqlangan. A.E.Ringvud ma`lumotlariga ko`ra granulit-bazalt mineral tarkibi (% hisobida): rogovaya obmanka-39, piroksen-20,5, plagioklaz-24, granat-9,5 va boshqa minerallar. Bulardan dala shpatlari -55; piroksen va amfibollar - 15; kvars - 12; slyudalar - 3; gil minerallari -1,5; kalsit - 1,5; oksidlar va gidroksidlar - 3; fosfatlar - 0,75; xloritlar va ftoritlar - 0,5; sul'fidlari bilan sul'fatlar - 0,3, sof tug`ma elementlar - 0,1 foizni tashkil etadi.
Ushbu ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, faqat silikatlar bilan kremniy oksidi og`irligi bo`yicha Yer qobig`ining 67% ni tashkil qiladi. Qolgan minerallar kam miqdorda bo`lishiga qaramasdan xalq xo`jaligida katta ahamiyatga ega.
Yer qobig`ining pastki qismi bo`lgan yuqori mantiya asosan o`taasos jinslar tarkibiga mos bo`lib, quyidagi minerallardan iborat (% hisobida): olivin-57, piroksen-29, granat-14.
Yer qobiqlari bo`ylab fizik-kimyoviy sharoitlari xilma-xil, shuning uchun ham qatlam bo`ylab minerallarning turlari va miqdori sezilarli darajada o`zgaruvchan. Yer qobig`ini tashkil qiluvchi minerallar konstitutsiyasida (tarkibiga, tuzilishiga) ko`ra 4 guruhga: gomoatomli, sulfidli, kislorodli va silikatli birikmalarga bo`linadi. Shulardan kislorodli barcha mavjud birikmalar minerallarning 75,1% ni tashkil etadi, undan keyin sulfid va ularga o`xshashlar (arsenidlar, telluridlar, vismutitlar, antimonitlar va b.lar) kiradi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling