3 – Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari


Download 372.33 Kb.
bet1/10
Sana03.11.2023
Hajmi372.33 Kb.
#1743770
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu G\'arb falsafasi

3 – Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari:


Ma'ruza rejasi:
  • Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktablari va ularning ta'limoti.
  • Xristianlik va o‘rta asr G‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari.
  • G‘arb Uyg‘onish davri va falsafiy tafakkurining rivojlanish xususiyatlari.

  • 4. Yangi davr G‘arb falsafasidagi asosiy muammolar.

antik davr falsafasi


Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Umuman olganda, antik falsafa (dastlab yunon, so‘ngra rim falsafasi) bir ming yillik davomida (milod.av. VI asrdan milodning VI asrigacha) rivojlanib bordi. U dastlab milod. av. VIII-VII asrlarda mifologiya zamirida shakllana boshlagan edi (afsonadan logosga o‘tish tarzida).
Antik falsafaning bosqichalari
4. Rim davri
1.Suqrotgacha bo‘lgan falsafa
3. Ellinizm davri
2. Klassik davr
Suqrotgacha bo‘lgan falsafa - antik falsafaning paydo bo‘lishi va ilk shakllari (er.av. VI asrga oid Ioniya va Italiya falsafasi):
Milet falsafa maktabi (Fales, Anaksimandr, Anaksimen);
Geraklit falsafasi;
Pifagorchilar falsafasi;
Eley falsafa maktabi (Ksenofan, Parmenid, Zenon);
Empedokl va Anaksagor falsafasi.
Klassik davr - antik falsafaning gullab yashnagan va yuksak rivojlangan davri (er.av. V-IV asrlarga oid quldorlik demokratiyasi bosqichidagi falsafa):
Sofistlar falsafasi;
Suqrot va suqrotchilar falsafasi;
Atomistlar ta'limoti (Levkipp va Demokrit);
Aflotun falsafasi;
Arastu falsafasi.
Ellinizm davri - antik falsafaning sust rivojlanish davri. Bu Ellin davri yunon falsafasi va Rim respublikasi bosqichidagi lotin falsafasi (er.av. III-I asrlar):
Kiniklar falsafasi;
Stoiklar falsafasi;
Epikur falsafasi;
Skeptitsizm falsafasi.
Rim davri - antik falsafaning Rim imperiyasi davridagi inqiroz va tanazzul bosqichi (eramizning I-V asrlari):
Skeptitsizm ta'limoti(Sekst Empirik g‘oyalari rivoji);
Epikurizm ta'limoti (Lukretsiy Kar va boshqalar);
Stoitsizm g‘oyalari (Sitseron, Seneka, Avreliy singarilar);
Neoplotonizm ta'limoti (Plotin, Porfiriy, Prokl kabilar falsafasi).

Download 372.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling