Mashhur arab alkimyogarlari. Yevlopada alkimyo va uning rivojlanishi


Download 0.84 Mb.
bet1/7
Sana05.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#222365
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5280506292924844097

MAVZU: Alkimyoning kеlib chiqishi va o’ziga xos tomonlari. Arab alkimyosi. Sharq alkimyosi va uning eng mashhur namoyondalari. REJA: 1.Alkimyoning kеlib chiqishi va o’ziga xos tomonlari. Arab alkimyosi. 2.Sharq alkimyosi va uning eng mashhur namoyondalari


Alximiya. Ioniya maktabining qadimgi grek faylasuflari (Fales, Anaksimandr, Anaksimen, Geraklit) butun borliqning

birligi haqidagi g’oyani ilgari surish bilan birga, shu vaqtning o’zida din bilan tabiatni bilishni ajratishgan.

Misrliklar esa amaliy kimyoni juda puxta egallagan bo’lishlariga qaramasdan, uni bilimlarning mustaqil sohasiga ajratishmas edi. Kimyo qadimgi Misrda kohinlarning “ilohiy sirli san’ati” ga kirar edi. Nodir toshlarga ishlov berish va bu toshlarning yasamasini yasash, murdalarni mumiyolashtirish va boshqa umuman olganda, mutlaqo sirli bo’lmagan operatsiyalar duolar va kalimalar yordamida amalga oshirilar edi. Kimyoning xudosi deb, misrliklar qo’shboshli xudo – Ozirisni hisoblashar edi. Misrliklarning amaliy kimyodan bilgan bilimlari greklarni lol qoldirdi, va ularning aniq bilimlarini qabul qila turib, ularning mistik tasavvurlarini ham qabul qilishdi. (Ular hattoki greklarning xudosi Germesni Oziris bilan o’xshatishdi). Shuning uchun misrliklarning amaliy kimyosi bilan greklarning naturfilosofiyasining birikishi, umuman olganda, samara bermadi. O’sha davrda doimo o’zining joyini o’zgartiradigan va shuning uchun ham “planeta” (“sayr qiluvchi yulduzlar”) deb nomlangan yettita koinot jismlari ma’lum edi. Shuningdek, yettita metall: oltin, kumush, mis, temir, qalay, qo’rg’oshin va simob ham ma’lum edi. Shundan keyin nima uchun ularni juftliklarga ajratmas ekanmiz? deb, aynan shunda oltinni quyosh bilan, kumushni oy bilan, misni Venera bilan va h.k. taqqoslash mumkinku. Simob Merkuriy planetasining nomidan kelib chiqqan, chunki simob - bu metallning zamonaviy nomi, qadimgilar esa simobni - hydrargyrum, ya’ni “suyuq kumush”, deb atashardi. Kimyoviy o’zgarishlar mifologik tasavvurlar bilan tushuntirilardi. Bu tasavvurlarning ta’siri bugungi kunda ham seziladi.

Ismi bizgacha yetib kelgan, grek-misr khemeiasining birinchi vakili Bolos (er.av.200y yaqin) Nil deltasi yonidagi Mendedan edi. Bolos o’zining ishlarida Demokritning ismidan foydalangan, shuning uchun uni «Bolos-Demokrit» yoki ayrim holatlarda “Psevdo-Demokrit” deb aytishadi. Bolos o’zini khemeiada o’sha davrda eng muhim bo’lgan masalalardan biri - bir metallni boshqasiga aylantirish va shuningdek, qo’rg’oshin yoki temirni oltinga aylantirish (transmutatsiya)ga bag’ishladi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling