Mashhur arab alkimyogarlari. Yevlopada alkimyo va uning rivojlanishi


Download 0.84 Mb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#222365
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5280506292924844097

Yuz yillar davomida kimyogarlar oltin olish usullarini ishtiyoq bilan topishga harakat qilganlar. Bolos o’zining ishlarida oltin olish usulini mukammal ta’riflab yozgan, uning bu ishlari ko’zbo’yamachilik emas edi. Masalan, misni rux metali bilan eritib, sariq rangli qotishma– latun olish mumkin edi. Qadimgi tadqiqotchilar uchun, oltin rangidagi metallni olish, oltinni olish degan tushuncha bo’lgan edi. Ammo qadimgi Rim davrida grek madaniyatining qulashi, khemeia san’atiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Eramizdan avvalgi 100 y. dan keyin qadimgi bilimlarga yangilari deyarli qo’shilmadi, biroq eski mualliflarning ishlari mistik ruhda tez-tez tushuntiriladigan bo’lib qolgandi. Masalan, 300 yilda misrlik Zosima 28 kitobdan iborat bo’lgan entsiklopediya yozdi. Bu entsiklopediya khemeiadan to’plangan, o’tib ketgan besh yoki olti asr oldin yig’ilgan, barcha bilimlarni qamrab olgan edi. Bu entsiklopediyaning qiymati unchalik yuqori emas edi. Albatta, unda ko’pgina qiziqarli ma’lumotlarni topish mumkin edi, masalan, qisman mishyak haqida. Zosima qo’rg’oshin atsetat olish usulini bayon qilgan: u bu zaharli birikma shirinroq ta’mga (“qo’rg’oshli shakar” nomi bizgacha ham yetib kelgan) ega, deb aytgan. Qo’rquv khemeiaga hal qiluvchi zarba berdi. Rim imperatori Diokletian oltin olishning arzon usuli, qulayotgan imperiyaning iqtisodiyotini yanada kasodga uchratadi, deb qo’rqardi.U khemeiadan qilingan ishlarni yo’q qilishni buyurdi, bu esa, bizgacha bu ishlarning oz qismi yetib kelishining sabablaridan biridir.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling