3- mavzu Gavda suyaklari Darsning maqsadi


Download 432.9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.05.2023
Hajmi432.9 Kb.
#1455777
Bog'liq
3- amaliy ish Gavda suyaklari



3- Mavzu Gavda suyaklari 
Darsning maqsadi: Gavda suyaklari va uni tuzilishi haqida to’liq ma’lumot 
berish va ularni o`zaro birikishini tushintirib berish. 
Kerakli asboblar: mulyaj, plakat, tablitsa, maket gavda skeleti, odamning 
gavda suyaklari, rasm daftar, qog`oz, qalam, o`chirg`ich, chizg`ich va kley. 
Ishning borishi: Avvalo gavda skeleti va uni tashkil qiluvchi suyaklarni 
talabalarga tanishtiriladi. Buning uchun odam skeletining gavda qismi olinib 
tushintiriladi. 
Gavda skeleti. Gavda skeletiga umurtqa pog'onasi va ko'krak qafasi 
suyaklari kiradi. Umurtqa pog'onasi o'q skeletning asosiy qismi hisoblanadi. 
Umurtqa pog'onasi 33-34 ta umurtqadan tashkil topgan. Uning uzunligi odamning 
bo`yiga qarab erkaklarda 75 sm ayollarda 68 sm ga tеng bo`ladi. Umurtqa 
pog'onasi 5 ta qismdan iborat, ya'ni 7 ta bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta 
dumg'aza va 3-4 ta dum umurtqalaridan tashkil topgan. 
Umurtqa pog'onasi skeletning tayanchi vazifasini bajaradi, uning ichidagi 
orqa miyani himoya qiladi va oyoq-qo'llar skeletining og'irligini o'z zimmasiga 
oladi. 
Umurtqa pog'onasi o'sib rivojlangan sari tog'ay to'qimalari suyak to'qimalari 
bilan almashinadi, bu asta-sekin boradigan jarayon. Bo'yin, ko'krak va bel tog'ay 
to'qimalari 20 yoshga kelib, dumg'azaniki 25 yoshda, dum suyaklariniki 30 yoshga 
kelib suyaklanadi. 
Umurtqa pog'onasi bola hayotining birinchi yilida, shuningdek, 11 yoshdan 
14 yoshgacha ayniqsa jadal sur'atda o'sadi. Umurtqa pog'onasining o'sishi 
taxminan 20 yoshda tugallanadi. 
Odam tik tura olishi va tik yurishi munosabati bilan umurtqa pog'onasining 
to'rtta egriligi bor va u oyoqlarning yirik bo'g'imlari bilan amalda bir chiziqda 
joylashadi, ana shuning uchun odam muvozanatni saqlaydi. Tug'ilishda umurtqa 
pog'onasining dumg'aza bo'limida faqat bitta egrilik bo'ladi, so'ngra yana uchta 
egrilik hosil bo'ladi. Bo'yin egriligi qavariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi 
(lordoz) va bola kallasini tutgandan keyin paydo bo'ladi. Bu bola hayotining 
uchinchi oyiga to'g'ri keladi. So'ngra bola o'tiradigan va yuradigan bo'lganda bel 
egriligi paydo bo'ladi. Bu ham qavariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi. Nihoyat, 
3-4 yoshga kelib, qavariqligi orqaga chiqib turgan ko'krak egriligi hosil bo'ladi 
(kifoz). 7 yoshgacha egrilikdar hali unchalik mustahkam bo'lmaydi va yotgan 
joyida to'g'rilanishi mumkin. Bel egriligi qariyb 12 yoshga kelib uzil-kesil 
shakllanadi. 
Ko`krak qafasi skеlеti: Ko`krak qafasi suyaklari 12 juft qovirg`alar va to`sh 
suyaklari birikishidan hosil bo`ladi. Bu suyaklar bir-biri bilan birikib ko`krak 
qafasi hosil bo`ladi. qavurg`alarning 12 tasi ham orqa tomondan ko`krak 
umurtqalariga birikadi. Ularning 7 jufti haqiqiy yoki chin qovurg`alar dеb atalib 
oldingi tomondan o`zining tog`aylari bilan to`sh suyagining yon tomoniga birikkan 
uch jufti soxta qovurg`alar bo`lib, ular bir-biri bilan birikib qovurg`alarning 7 chi 


jufti tog`ayiga birikadi. 11-12 chi qovurg`alar oldingi tomondan to`sh suyagiga 
birikmay qorin muskullari orasida joylashadi. Ularning suyaklanishi embrionning 
5-8 haftasidan boshlanib 20 yoshga borib to`xtaydi. To`sh suyagi 3 qismdan: 
yuqori dasta, o`rta tana, pastki qilichsimon o`simtadan iborat. Bu suyaklar yosh 
bolalarda alohida bo`lib, 20-25 yoshda ular bir-biri bilan birikib yaxlit to`sh 
suyagiga aylanadi. 
Ko`krak qafasining shakli bolaning yoshi ortishi bilan o`zgarib turadi. 
Bolaning bir yoshida ko`krak qafasi qonus shaklida bo`ladi. Bolaning 12-13 
yoshlarida uning shakli katta odamnikiga o`xshash bo`ladi. Ko`krak qafasining 
jinsiy farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda o`g`il bolalarda ko`krak 
qafasidagi pastki qovirg`alar qiz bolalarda esa yuqorigi qovirg`alar ko`tariladi. 
Ko`krak qafasining aylanasida ham jinsiy farq sеziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha 
ko`krak qafasining aylanasi 1 yilda 1-2 sm., jinsiy voyaga еtish davrida esa 11 
yoshdan boshlab, 2-5 sm. ga ortadi. Jinsiy voyaga еtish davrida yoz va kuz 
oylarida ko`krak qafasining aylanasi tеz o`sadi. Uning rivojlanishi skеlеt 
muskullariga ham bog`liq. Suzish, qayiq haydash yaxshi ta'sir ko`rsatadi. Bolani 
partaga noto`g`ri o`tkazish, partaga ko`kragini tirab o`tirish natijasida ko`krak 
qafasi dеformatsiyalanadi. Bundan tashqari turli raxit, o`pka shamollashi ham 
uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. 
 Umurtqa pogonasi. 
A- oldindan ko'rinishi: 1- bo'yin qismi; 2- 
ko'krak qismi; 3- bel qismi; 4- dumg'aza 
qismi; 5- dum 
qismi. 
B- yon tomondan ko'rinishi (o'rtasidan 
arralangan): 1- umurtqa pog'onasining 
kanali; 2- bo'yin lordozi; 3- bel lordozi: 4- 
ko'krak 
kifozi; 5- dumg'aza kifozi: 
Ko'krak qafasi: 1-7- haqiqiy (chin) qovurg'alar; 
8-10- soxta qovurg'alar; 11-12¬yetim 
qovurg'alar; 13- lo'sh suyagining qiIichsimon 
o'simtasi 
 

Download 432.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling