3- mavzu: Innovatsion jarayonlarning muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi omillar. Reja


Download 41.41 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi41.41 Kb.
#1515902
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu innovasiya


3- mavzu: Innovatsion jarayonlarning muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi omillar.
Reja:
3.1. Shaxsning innovatsion salohiyati.
3.2. Guruhning innovatsion salohiyati.
3.3. Tashkilotning innovatsion faolligi.
3.4. Jamiyatning innovatsion madaniyati.


3.1. Shaxsning innovatsion salohiyati
Innovatsiyalarning yaratuvchisi doimo alohida individ (shaxs) bo’lgan. Bu holatda biz alohida shaxs psixologiyasini innovatsiyalarga layoqati nuqtai nazaridan ko’rib chiqishimiz kerak. Shuning uchun innovativlik psixologiyasining asosiy muammosi shaxsning ijodiy salohiyatini psixologik tomondan o’rganish mexanizmlari, shakl va usullarini nazariy va amaliy asoslab berish hamda samarali innovatsion faoliyat uchun psixologik qulaylik bilan ta’minlashdir. Innovatsion faoliyatga iqtidor yoki ijordkorlik qobiliyati faqat ayrim kishilarning tug’ma xususiyati ekanligini faraz qilishimiz mumkin.
Bunda quyidagi savol yuzaga keladi:
ijodkor inson qanday bo’ladi?
Xarakterning qaysi qirralari muvaffaqiyatli ravishda ijod bilan shug’ullanish imkonini beradi?
Psixolog-kognitivistlar va boshqa olimlar yillar davomida jiddiy tarzda ijodiy qobiliyatni o’rgandilar. Ularning ishi natijasida maktab paydo bo’ldi, maktabning vazifasi “ijodkor shaxsning” muhim tomonlarini aniqlashdir.
Aksariyat mualliflar ijodkor innovatorlarning quyidagi shaxsiy xususiyatlarini ajratib ko’rsatadi:
1) Mustaqillik. Shaxsiy standartlar guruh standartlaridan muhimroqdir, baholash va fikrlashning o’zaro mos kelmasligi yaqqol ko’rinib turadi: Aqlning ochiqligi: o’zi va boshqalarning tasavvurlariga chin dildan ishonishga tayyorgarlik. Bu kabi inson tadqiqotlarni yaxshi ko’radi va axborotga chanqoq bo’ladi. Unda muammolarni izlashga iqtidor bo’ladi. U javobi topilmagan savollar bilan qiziqadi, eng murakkab muammolarni afzal ko’radi, o’tkir qiziquvchanlikka ega, o’z qobiliyatini navbatda chaqirishga, navbatdagi bosh og’riqqa doim tayyor. Aqlning moslashuvi. Holatga har tomonlama qaray olishi mumkin. G’oyalarni orqasi bilan oldinga, yuqoridan pastga astarini ag’darib tashlaydi. Qatorlab berilgan fikrlarni “Agar bunday bo’lsachi? degan savol bilan to’ldirib tashlaydi. Metafora va analogiyalarni yoqtiradi. Holatni g’aroyib timsollar yoki nutq xususiyatlaridan foydalanib tushuntiradi yoki tasvirlaydi. Sinektik tarzda “bartaraf etish” qobiliyatiga ega, ya’ni odatiy, kundalik ishlanmalarda biror nostandart, “g’alati” ishlanmalarni ko’ra oladi. Yoki, aksincha, umuman kutilmagan, hatto, bo’lmag’ur g’oyani biror oddiy, o’z-o’zidan ma’lum g’oyaga aylantira oladi. Xatarga tayyorlik. Chegarada yashashni yoqtiradi. Uyg’onish va doimiy rag’batni izlaydi. Muntazam ravishda tadqiq etilmagan hududni izlaydi. Mag’lubiyatlarni oddiy holat sifatida ko’radi. Uning vakolati doirasidagi sohalarda ishlashni yoqtiradi; ba’zida improvizatsiya qiladi yoki hattoki impulsga itoat etgan holda, aniq tayyorgarliksiz ishni boshlab yuboradi. Noma’lum va hal etilmaydigan holatlarga yuqori darajada chidamlilik, bu kabi holatlardagi konstruktiv faollik. Rivojlangan estetik hissiyot, umuman asoslanmagan rohat sifatidagi go’zallikka intilish; shaxsiy estetizm. Murakkab ishlanmani oddiy qilishga moyillik. Holat, assotsiatsiya va o’xshashlik modelini topish. Ikkilamchilik, asimmetriya va noaniqlikka yuqori darajadagi bardoshlilikni ko’rsatadi. O’z ijodiy qobiliyati, o’z iqtidori va fe’l-atvori kuchiga ishonch, shu bilan birga o’z ishini baholashda ob’ektivlik. Boshqalarning o’zi haqidagi fikrini so’raydi. Tanqidga hisobga oladi va undan foydalanadi. Qaytuvchi aloqa bo’lganda juda yaxshi natijalarga erishadi. O’z-o’zini ishontirish. Ishni aynan ish maqsadida bajaradi. Masalani hal etish istagi, yaratish istagi bilan harakatlanadi. Mukofot puli, oylik maosh miqdori va qo’shimcha to’lov bilan deyarli qiziqmaydi. Ishontirishning tashqi shakllari baholash yoki attestatsiya asosida o’z ishini almashtirishga moyil emas, balki nazoratga olmaydi. Ehtimol, ijodkor novatorlarning ushbu o’ziga xos xususiyatlariga tadqiqot faoliyatiga bevosita merkantil qiziqishlar singari xususiyatni qo’shish kerak. Barcha aytib o’tilgan xususiyatlarni innovatsion tushuncha iborasi bilan umumlashtirishimiz mumkin.
Innovatsion tushuncha, nostandart yoki hattoki nome’yoriy, teskari, deviant soha bo’lib, biror ob’ektni modernizatsiya qilish yoki butunlay o’zgartirish maqsadida tuzumli, funksional, institutsional, me’yoriy o’zgarishini amalga oshirish maqsadlari, sababi, mo’ljali, ko’rsatmalarini o’z ichiga olgan tushuncha sifatida belgilanishi mumkin. Tushunchaning innovatsion tayyorgarligi aksariyat hollarda qanday hissiy va motivatsion holatlar insonda biror-bir muammoni keltirib chiqarishiga bog’liq. Bu holatlar (faollik, befarqlik, qo’rqinch), so’zsiz, innovatsiyaning natijasi va samaradorligiga ta’sir etadi. Ma’lumki, motivatsiyani oshirish (xuddi ortiqcha psixologik qulaylik singari) innovatsion faollikni faqatgina ma’lum darajagacha oshishiga olib keladi.
Bundan tashqari, shaxsning innovatsion faolligiga boshqa omillar ham ta’sir ko’rsatadi. Masalan, innovativlik psixologiyasida quyidagi bog’liqlik ta’kidlab o’tiladi: tajribaliroq ishchilardan yangi ishlanmalarga mo’ljal kamroq tajribaga ega ishchilardan sustroq.
Aytib o’tilganlarni xulosa qilib, shuni ta’kidlashni istardikki, ijodkornovatorga xos tavsiflarning bir vaqtdagi birikmasi gomogenli professional, demografik, jins, yosh, ta’lim, milliy-madaniy yoki konfessional-etnik ijodiy guruhlarga nisbatan faqatgina juda kam sonli vakillarda ko’zga tashlanadi. Odatda, guruhning umumiy sonida bu kabi ijodkorlarnnig ulushi 10-12% gacha bo’ladi. Bundan tashqari, bunday kishilarni, odatda, boshqarish oson emas hamda ular bilan ishlashda muammolar yuzaga keladi. Zamonaviy tadqiqotchilar yagona ijodkorlarga qoldirish uchun innovatsiyalarni o’ta muhim ish deb hisoblaydilar. Shubhasiz, imkoniyatni aniqlash, barcha ishlanmasi bilan xatarga yo’l qo’yish va uni ushlab qolish uchun ko’p holatlarda mashhur shaxs kerak. Lekin g’oya bitta odamning miyasida tug’ilishi mumkin, lekin uni hayotga tatbiq etish uchun doimo birgalikdagi mehnat talab etiladi. Innovatsiya ijtimoiy fenomendir. U o’z ifodasini jamiyatda topadi, va uning yuzaga kelishi uchun birgalikda faoliyat yuritishi kerak.

Download 41.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling