3- mavzu. Jamiyat yaxlit tizim sifatida. Reja


Download 35.46 Kb.
bet1/15
Sana09.01.2022
Hajmi35.46 Kb.
#262360
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Маруза матини


3- Mavzu. Jamiyat yaxlit tizim sifatida.

REJA:

3.1. Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi hamda Sharq mutafakkirlarining jamiyat to‘g‘risidagi qarashlari.

3.2. G‘arb sotsiologiyasida ijtimoiylik atamasi va Maks Veber konsepsiyasida ijtimoiy tiplar nazariyasi.

3.3. Jamiyat va davlat, jamiyatning mexanistik, organik va boshqa tarzlarda ta’riflanishi.

3.4. An’anaviy va industrial jamiyat hamda ularning belgilari.
Tayanch so‘z va iboralar: Murojaatnoma, Harakatlar Strategiyasi, Jamiyat, ijtimoiylik, sektorlar, davlat belgilari, T.Parsons nazariyasi, Harakatning umumiy nazariyasi, Davlat mexanizmi, sotsiologiyada jamiyat yo‘nalishlari, Davlat funksiyalari, zamonaviy jamiyat turlari, industrial (sanoat) va postindustrial jamiyat, fuqarolik jamiyati.


    1. Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi va sharq mutafakkirlarining jamiyat to‘g‘risidagi qarashlari

Jamiyat (arab. umumiy) – tabiatning bir qismi, borliqning alohida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan ko‘plab munosabatlar majmuasi, o‘zida moddiylik va ma’naviylikni, ob’ektivlik va sub’ektivlikni, tabiiylik va ijtimoiylikni mujassamlashtiradigan tushuncha.1 Yoki boshqacha aytganda, jamiyat – insonlarning barcha o‘zaro harakatlari uslublari va bir-biridan har tomonlama bog‘liqligi ifodalanadigan birlashmalarning yig‘indisi.

Ijtimoiylik atamasi – jamiyat hayotining turli tomonlarini belgilash uchun xizmat qiluvchi tushunchadir.

Aksariyat sotsiologik lug‘atlarda jamiyat deyilganida, “Tarixiy rivojlanish jarayoni davomida tashkil topgan inson o‘rtasidagi moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o‘zaro faoliyati natijasida yuzaga kelgan sotsial aloqalar va munosabatlarning mustahkam tizimi2” tushuniladi.

N.I.Kareev o‘zining «Sotsiologiyani o‘rganishga kirish» (1897) asarida shunday yozadi: «Davlat, huquq va qishloq xo‘jaligidan tashqari jamiyat hayotida shunday voqyea va hodisalar bor ediki, ularni bu uchta soha nuqtai nazaridan tadqiq qilishning iloji yo‘q edi. Bu jamiyatning diniy madaniyati, tili, ahloqi va an'analari, e'tiqodi, dunyoqarashi, san'ati va adabiyoti. Biz jamiyatni yuqorida aytib o‘tilgan uchta soha nuqtai nazaridangina ko‘rib chiqsak, jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurimiz juda tor bo‘lib qoladi. Jamiyatning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy sohalarini birgalikda ko‘rib chiqish orqali ham jamiyat hayoti nima ekanligi to‘g‘risida to‘laqonli tasavvur olib bo‘lmaydi3”.





    1. Download 35.46 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling