Birinchi bosqichda aylanma mablag’lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, yani pul - tovar (D-T).
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag’lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T).
Uchinchi bosqichda aylanma mablag’lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P).
Shu tariqa aylanma mablag’lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin:
1-bosqich - pul-tovar (P-T);
2-bosqich - ishlab chiqarish (I.CH);
3-bosqich - tovar-pul (T-P).
Shuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag’lari bir vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag’lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag’lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag’lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag’larning yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
O’zini-o’zi tekshirish uchun savollar
1. Asosiy fondlar nima va ularning kengaytirilgan ishlab chiqarishdagi roli qanday?
2. Asosiy ishlab chiqarish fondlari to’zilmasi deganda nima tushuniladi hamda ularning sanoat tarmoqlari bo‘yicha farqlanishiga nima sabab bo‘ladi?
3. Zamonaviy amortizasiya siyosatining mohiyati va ahamiyati nimada?
4. Aylanma mablag’lar ishlab chiqarish aylanma fondlaridan qanday farq qiladi?
5.Aylanma mablag’larni tashqil qiluvchi asosiy elementlar qaysilar?
6.Aylanma mablag’lar to’zilmasi deganda nima tushuniladi? Qaysi omillar uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi?
7.Qaysi ko’rsatkichlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va aylanma mablag’lardan foydalanish darajasini tavsiflaydi?
8.Qaysi omillar aylanma mablag’larning aylanish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi?
9.Korxonaning normativ bazasi deganda nima tushuniladi?
10.Korxonaning normativ bazasini mukammallashtirish qanday ahamiyatga ega?
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |