3- mavzu: Mazmun va shakl. Tema va g’oya
Mayli deyman va qilmayman g’ash
Download 62.04 Kb.
|
12-mavzu. Badiiy asar mavzusi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Derazamning oldida bir tup
- MAZMUN VA SHAKL, MAVZU VA G’OYA
Mayli deyman va qilmayman g’ash
Xayolimni gulga o’rayman har bahorga chiqqanda yakkash Demak, lirik qahramon baxtining borligini yellar ham, qushlar ham, har bir kurtak ham, baxt ovozi ham iymon keltiradi, tasdiqlaydi. “Baxti mangu barqaror el”, “har gulistonda bahor mangu” bo’lgan Vatan ulug’lanadi. O’quvchi qalbida ana shu oliyjanob tushunchalar, ana shu bir olam hislar ko’chgandan so’ng, “har narsadan baxt mo’l o’lka”ga sodiq farzandligidan sevinch to’lgach, shoir she’rini tugatadi: Derazamning oldida bir tup O’rik oppoq bo’lib gulladi... ha, “she’r ko’ngillarga nur olib kirgani yaxshi, g’ashlik va najotsizlik tuyg’usin emas”(E.Vohidov). Baxt va baxt haqidagi orzu-inson kamoloti uchun zarur omil ekan, uni kuylagan ham mangu tirikdir. Ko’rinadiki, asarning g’oyasi (tema kabi) asar mazmunida – undagi umumlashma, emosional, obrazli fikrda ifodalanadi. U ham bosh g’oya va yordamchi g’oyalardan iborat bo’ladi. Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmi “tariximizning eng kirlik, qora kunlari” - “O’tgan kunlar”ning bosh g’oyasi bo’lsa, Otabek-Kumush-Zaynab o’rtasidagi muhabbat-kundoshlik tufayli fojiaga olib borishi-yana bir yordamchi g’oyadir. Qorachopon va qipchoqlar qirg’ini – feodal jamiyatini inqirozga olib borishi – yana bir yordamchi g’oyadir. Mamlakat markazlashgan bir davlat tomonidan idora qilinganda, urush va qirg’inlar, talon va tarojlarni yo’qotish mumkinligi ham – yordamchi g’oyalardan biridir... Yordamchi g’oyalarning hammasi ham oxir-oqibat bosh g’oyaga kelib tutashadi va bosh g’oyaning isbotiga, daliliga, birbutunligiga, ta’sirchanligiga xizmat qiladi. Eng asosiysi, asar hujayralariga sochilgan fikrlarning rivojini bir o’zanga soladi, shoshqin va toshqin, zavqli va yaratuvchan, betakror va tinimsiz mavj uruvchi, o’zigagina xos va olamlarga tegishli bo’lgan insoniyatning komillik tomon harakatiga yangicha mazmun beruvchi daryoni vujudga keltiradi; buning yaratuvchisi ham, boshqaruvchisi ham yozuvchi-san’atkordir, yozuvchi qalbidagi nurdir, aqlidagi-bilimdir, talantidagi qudratdir. Download 62.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling