3- mavzu. Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllari rivojlanishining evolyusiyasi. Mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida institutsional islohotlar. Shartnomalar nazariyasi. Mulk huquqlari nazariyasining asosiy qoidalari
-rasm. O‘zbekiston Respublikasida shartnoma turlari*
Download 91.29 Kb.
|
3 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Prinsipal» bilan «agent»ning o‘zaro munosabatlari matrisasi
8.2-rasm. O‘zbekiston Respublikasida shartnoma turlari*.
* Muallif tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan. 9.1. «Prinsipal» bilan «agent» o‘rtasidagi o‘zaromunosabatlar muammosi Tashkilot tarkibiga kiruvchi «agentlar» soni o‘sishi, agentlar harakati ustidan nazorat qilish uchun talab etiladigan «prinsipal» xarajatlari oshishini belgilab beradi. «Agent»ni nazorat qilish zarurati va nazoratni amalga oshirishni istamaslik o‘rtasidagi tanlovdan iborat bo‘lgan «prinsipal» muammaviy holatini o‘yinlar nazariyasidan quyidagi model' yordamida ko‘rish mumkin. «Prinsipal»ni nazorat qilish xarajatlari birga teng deylik, «agent» tomonidan o‘z majburiyatlarining vijdonan bajarilishidan olinadigan foyda 2 ga va vijdonsizlik bilan bajarganlik holatlaridagi yo‘qotishlar esa 2 ga teng, deylik. «Agent» tomonidan o‘z vazifasini bajarishga vijdonsizlik bilan munosabatda bo‘lingan yoki «ishdan bo‘yin tovlash» holatlari aniqlangan taqdirda, u mukofot olish huquqidan mahrum bo‘lishini hisobga olgan holda, «prinsipal» bilan «agent»ning o‘zaro munosabatlari quyidagi matrisa bilan izohlanadi. 9.1 -jadval «Prinsipal» bilan «agent»ning o‘zaro munosabatlari matrisasi
Ushbu o‘yinda «prinsipal» va «agent» strategiyasining mos kelmasligi muammosi yaqqol ko‘rinib turibdi. Bunda Nesh bo‘yicha muvozanat mavjud emas: «prinsipal» va «agent» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda optimal natijaga erishish tashkilot rivojlanishi jarayonida yuzaga keladigan tahdid ostida bo‘ladi. Lekin nazorat xarajatlari ortishi «agentlar» soni o‘sishiga to‘g‘ri proporsional emas. Bu yerda «prinsipal» va «agent» o‘rtasida axborot asimmetriyasining paydo bo‘lishi omilini hisobga olish lozim. Uchinchi o‘yinchi – «tabiat» bilan o‘yinni tahlil qilgan holda, biz ikkita asosiy o‘yinchi o‘rtasidagi axborot asimmetriyasidan fikrni boshqa tomonga burdik. Tashkilot ichida axborot asimmetriyasining paydo bo‘lish sabablarini aniqlash uchun, institutsional tizim sifatida buyruqbozlik tizimini tadqiq etgan Fridrix fon Xayekning isbotlarini keltirish mumkin. Ya'ni hech qanday markaz (ya'ni «prinsipal») hamma vaqt barcha hodisalardan xabardor bo‘lib turish va ushbu axborotni manfaatdor tomonlarning hukmiga tezkor havola etishga qodir emas Xayekning fikricha, bitimning barcha ishtirokchilarini teng va to‘liq hajmdagi axborot bilan ta'minlovchi mexanizm mutlaqo raqobatchi bozorlardagi narxning shakllanishi hisoblanadi. Firma doirasida raqobatli narx shakllanishi to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas, agar «agent»ning yakuniy mehnati mahsuli qiymatidan muntazam ravishda bosh tortishi ana shundan dalolat beradi. Chunki faqat ish haqi mehnatning yakuniy mahsuliga teng bo‘lgan taqdirdagina mehnat bozorida muvozanatga erishish mumkin va narx to‘liq axborotni o‘zida mujassamlantiradi. Demak, tashkilotning rivojlanishiga ko‘ra aylanadigan axborotning murakkablashuvi va ixtisoslashuvi yuz beradi. Lekin ular samaradorlik bo‘yicha narx-navo mexanizmi bilan taqqoslanadigan axborot aylanishi tizimining barpo etilishi bilan kuzatilmaydi. Tashkilotda qaror qabul qilish jarayoni ularning har birida sifat jihatdan yangi axborot paydo bo‘ladigan ko‘plab bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ushbu sifat jihatdan yangi axborotga faqat uni olish va unga ishlov berishda bevosita ishtirok etuvchi tashkilot a'zolari ega bo‘ladi. Noyob axborotga ega tashkilot ishtirokchilari - «agentlar» uni tarqatish va uni buzilmasdan «prinsipal»ga uzatilishidan manfaatdor emaslar. Haqiqatan ham axborot asimmetriyasi «agentlar»ning opportunistik xatti-harakatlari uchun zamin yaratadi – ularning o‘z foydaliligini ko‘paytirishga urinishlari, ular tomonidan yollash to‘g‘risidagi shartnoma tuzilishida qabul qilingan majburiyatlarga qaramay, foydalilikning biror-bir qat'iy belgilangan darajasi bilan qondiriladi. «Tabiiy» ko‘zda tutilmagan holatlar sodir bo‘lgan taqdirda, yollash to‘g‘risidagi shartnoma yordamida belgilangan mukofot kafolatini olib, «agent» unga «prinsipal» bilan nayrang qilish yordamida faoliyat natijasini o‘z foydasiga qayta taqsimlash imkonini beruvchi kutilmagan «sun'iy» holatlarni tashkil etishga urinadi. Sosializm davrida sodir etilgan «agentlar»ning o‘z faoliyati natijalarini o‘zlashtirishda ishtirok etishga opportunistik urinishi kabi iqtisodiy jinoyatlarning aksariyatini aynan shu nuqtai nazardan talqin etish lozim. «Prinsipal-agent» muammosi – «agent»ning «prinsipal» topshirig‘i va ko‘rsatmasini bajarishda uning nayrang qilish xavfi hisoblanadi. Nayrang qilish axborot asimmetriyasi va «agent» faoliyati ustidan nazorat qilish xarajatlarining yuqori darajasi tufayli mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi tanqis axborotga ega bo‘lish natijasi sifatida «agent»ning opportunistik xatti-harakat imkoniyatini tug‘dirishi muqarrar. Shuning uchun «prinsipal-agent» muammosi ma'naviy xatar vaziyatida tez-tez uchraydigan holat hisoblanadi: «prinsipal» «tabiiy» xatarlardan sug‘urtalovchi rolida, «agent» esa (sog‘liq holati, kutilayotgan daromadlar va h.k. haqidagi) muhim axborotni yashiruvchi sug‘urtalanuvchi rolida ishtirok etadi. Eng muhim masala bu yerda «agent» tomonidan ishonchli axborotning tarqatilishiga ko‘maklashuvchi yoki, aksincha, unga to‘sqinlik qiluvchi rag‘batlar tizimini barpo etishdan iborat. Bozorda ishonchli axborotning tarqatilishi raqobat bilan rag‘batlantiriladi. Aksincha, «prinsipal» va «agent» munosabatlarining odatiy variantida axborot asimmetriyasi va opportunizm imkoniyatlari «agent»ni «prinsipal» bilan nayrang qilishga undaydi. Download 91.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling