3- mavzu: Qadimgi Sharq tangalari


Download 34.5 Kb.
Sana06.10.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1693508
Bog'liq
3- mavzu. Qadimgi Sharq tangalari


3- mavzu: Qadimgi Sharq tangalari
Mavzu tarixshunosligi. Ahamoniylar saltanati. Ahamoniylar saltanatida tanga pullarni paydo bo‘lishida yunon tangalarining o‘rni. Doro I tomonidan tanga pullarni zarb qilishning yo‘lga qo‘yilishi. Oltin tanga-darik, kumush tanga-siklllarni bozor muomalasiga chiqarilishi. Ahamoniy shahanshohlar tangalarining ikonografiyasi. Tanga vaznlari. Saltanat iqtisodiy hayotini tangalarning ahamiyati.

4- mavzu: Eron sosoniylari va sosoniy-kushonshohlar tangalari
Parfiya saltanati. Arshakiy shohlari tomonidan zarb qilingan ilk Parfiya tangalari. Parfiya tangalarining ikonografiyasining qaror topishida yunon tangalarining o‘rni. Mustaqil Parfiya davlatini kuchayib borishining tangalarda o‘z ifodasini topishi. Arshak II va Arshak IIIlarning kumush dinorlari. Tanga zarb qilishdagi uzilish va buning sabablari. Parfiya shahanshohi Mitridan I tomonidan saltanatda tanga zarb qilinishining yana yo‘lga qo‘yilishi.
Mitridat I, Fraat I, Mitridan I va Orod I tomonidan zarb qilingan tangalar. Parfiya shahanshohlarining shajarasini o‘rganishda tangalarning ahamiyati.
Sosoniylar saltanati. Sosoniy shahanshohlari tomonidan saltanatda tangalar zarb qilinishining yo‘lga qo‘yilishi. Sosoniylar tomonidan saltanatda qabul qilingan tanga qiymatlari va vazni sistemalari. Oltin tanga-dinor, kumush tanga – drahma, mis tanga-tetradrahma. Sosoniy tangalarning ikonografiyasi. Ardasher I, Shopur I, Shopur II, Varaxran II va Feruz tangalari. Sosoniylar shajarasini o‘rganishda tangalarning ahamiyati.


5- mavzu: Qadimgi Xitoy tangalari
Mavzu tarixshunosligi. Xitoy qadimda va o‘rta asrlarda. Tangalar birinchi bo‘lib Kichik Osiyoda paydo bo‘lganmi yoki Xitoyda? Qadimgi Xitoydagi ilk quyma tangalar: pichoq tangalar, belkurak – “bi” –tangalar, omoch ­– “bu” – tangalar va o‘rtasi kvadrat teshikli dumaloq tangalar. Tangalardagi yozuvlarning paydo bo‘lishi. Tangalar quyilgan joy, muomalada bo‘lgan hududlar va yangi seriyalarining qayd qilinishi. Xitoyda tanga birligi – “lyan”. Imperator Sin Shi Xuandi (mil.avv. 246–210- yy.) tomonidan o‘tkazilgan pul islohoti va saltanatda yagona kvadrat teshikli dumaloq tangalarning muomalaga chiqarilishi. Tangalar og‘irligining kamayib borishi. Janubiy Lyan sulolasi hukmronligi davrida bronza va temirdan quyilgan “5-shu” qiymatidagi tangalar. Van Man (9–24 yy.) islohotlari. 1, 10, 20, 40 va 50 shu qyimatidagi tangalarning muomalaga chiqarilishi. Yirik hisob-kitob uchun 500 va 5000 qiymatidagi pichoq-tangalarning muomalaga kiritilishi. Milodning 14 yilida Van Man tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi pul islohoti va uning mohiyati. Dumaloq shakldagi “Almashinuv omochi” tangalarining chiqarilishi va Xitoyda mehnat qurollari shaklidagi tangalarning muomaladan butunlay olib tashlanishi. Chisun (mil.184–189- yy.) hukmronligi yillarida to‘la qiymatli 5 “shu” tangalarining chiqarilishi. So‘nggi Xan sulolasi hukmronligi yillarida chiqarilgan tangalar. Ipak va donni tanga sifatida ishlatilishi. “Nyanxao” tangalari sosoniylar tangalarining
Xitoydan topilishi. Tan sulolasi hukmronligi (618–907- yy.) davrida markazlashgan Xitoy davlatining qaror topishi va 1 syan og‘irlikdagi tanga birligining joriy qilinishi. Tangalarning ko‘rinishi. Suy sulolasi hukmronligi (960–1127- yy.) davrida 2, 3, 5 va 10 pyan qiymatidagi tangalarning muomalaga chiqarilishi.
Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling