3 – Mavzu. Shahar Shahar nisbatan katta va doimiy aholi punktidir Aholi punkti


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana28.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1731971
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3.1 мавзу 1- bosqich

Shahar - Aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish, 
boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band boʻlgan yirik maʼmuriy, madaniy 
aholi manzilgohi.
O‘zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risidagi qonun yangi 
tahrirda qabul qilinadi 
URL: https://storage.kun.uz/source/5/w0UKbtEIUs37bXytRuqJrJR2aiC1uP6J.jpg 
Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi 
to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi kiritildi. 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni mas'ul xodimi Azmiddin 
Naimovning yozishicha, “O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilish 
masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Qonun 1996 yilda qabul qilingan bo‘lib, 
bugungi kun talablariga javob bermay qolgan. 
31 moddadan iborat amaldagi qonunning 15 ta moddasi bugungi kunda o‘z 
kuchini yo‘qotgan. 
Amaldagi qonunga ko‘ra, ma'muriy-hududiy tuzilish bilan bog‘liq 
masalalarda davlat organlarining vakolatlari, davlat boshqaruvi organlarining 
ma'muriy-hududiy tuzilish masalalaridagi ishtiroki ko‘rsatilmagan edi. 
Yangi ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy 
tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi 9 ta bob va 
46 ta moddani o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy 
tuzilishining asosiy taomillarini belgilash, O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy 
– hududiy tuzilishining tarkibiy qismlarini qonuniy normalar orqali 
mustahkamlash, ma'muriy – hududiy tuzilish masalalarining davlat tomonidan 
tartibga solinishini amalga oshiruvchi organlar va ularning vakolatlarini belgilash 
qonun loyihasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Loyihada davlat organlarining 
vakolatlari alohida moddalarda belgilanmoqda. 
Amaldagi qonunda ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini bosqichma-
bosqich hal etish tartibi ko‘zda tutilmagan bo‘lib, qaror qabul qiladigan organni 
belgilash bilan cheklanilgan xolos. Shuningdek, qaror qabul qilish jarayonida kelib 
tushgan takliflarni ekspertizadan o‘tkazish masalalari batafsil ko‘rsatib o‘tilmagan 


edi. Yangi tahrirdagi qonun loyihasida esa ma'muriy-hududiy tuzilish bilan bog‘liq 
masalalarni bosqichma-bosqich hal etish tartibi belgilab qo‘yilmoqda. 
Loyihada ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish uchun 
tayyorlanadigan hujjatlar ro‘yxati aniq keltirilib, taklifni qabul qilish natijasida 
kelib chiqadigan xarajatlar va ularni qoplashning manbalari ko‘rsatilishi kabi 
masalalar o‘z aksini topmoqda. 
Bundan tashqari, amaldagi qonunda davlat organlarining ma'muriy-hududiy 
tuzilish masalalarini ko‘rib chiqishda va yuqori tashkilotga takliflarni yuborishda 
muddatlar belgilab berilmagan edi. Yangi tahrirdagi qonun loyihasida davlat 
organlarining ma'muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha iltimosnomalarini 
ko‘rib chiqish va yuqori tashkilotga takliflarni kiritish muddatlari aniq qilib 
ko‘rsatilmoqda. 
Bildirilishicha, 
qonun 
loyihasining 
qabul 
qilinishi 
O‘zbekiston 
Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi huquqiy normalarni 
samarali amalga oshirishni ta'minlaydigan ta'sirchan mexanizmlarni joriy qilish, 
ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini bosqichma-bosqich qaror qabul qilish va 
davlat ekspertizasidan o‘tkazishning aniq tartiblarini joriy etish hamda ma'muriy-
hududiy birliklar va aholi punktlari Davlat reyestrini yuritish mexanizmlarini 
belgilash imkoniyatini beradi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling