3 – Mavzu. Shahar Shahar nisbatan katta va doimiy aholi punktidir Aholi punkti
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
3.1 мавзу 1- bosqich
Mesopotamiya (Ikki daryo oraligʻi) - Dajla va Furot daryolarining oʻrta va
quyi oqimidagi hudud (Gʻarbiy Osiyoda). Qad. Sharqning madaniy markazlaridan biri. Miloddan avvalgi 4-3ming yillikda M. hududida ilk davlatlar (Ur, Uruk, Lagash va boshqalar) vujudga kelgan. [1] Mesopotamiya baʼzan „tamaddun beshigi“ deb ataladi, bunga sabab bu mintaqada Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya saltanatlari boʻlganligidir. Temir asrida Mesopotamiya Yangi Ossuriya va Yangi Bobil imperiyalari, keyinchalmk Axamoniylar hukmronligi ostida boʻldi. VII asr Islom fathigacha Sosoniylar tomonidan boshqarilgan bu hudud fathdan soʻng Iroq degan nom bilan ataladigan boʻldi.), Markaziy Osiyo regionida hamda Hindiston (Hindiston (hindcha: भारत [Bharat], inglizcha: India), Hindiston Respublikasi (hindcha: भारत गणराज्य [Bhārat Gaṇarājya], inglizcha: Republic of India) - Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv o.lari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni 3,3 mln. km². Aholisi 1 mlrd. 352 mln. kishi (2018). Poytaxti – Yangi Dehli shahri Maʼmuriy jihatdan 28 shtat (z(a(ye) va 7 ittifoq hudud ((yegp(ogu)ga boʻlinadi.), Xitoy va boshqalar mamlakatlarda vujudga kelgan. Bu yerlarda mavjud quldorlik davlatlarining poytaxt Shaharlari eng taraqqiy qilgan davrda har birida taxminan 100 minglarcha aholi yashagan. Yunonistonda davlat tuzumi aristokratik yoki demokratik respublika boʻlgan shahardavlatlar (polis) ayniqsa rivojlangan. Sharq mamlakatlarida harbiy istehkomlar asosida shaharlar soni orta bordi. 13-asrda moʻgʻul istilochilarining bosqinchiligi natijasida Oʻrta Osiyo (Oʻrta Osiyo - Yevrosiyo materigining oʻrta qismida, gʻarbda Kaspiy dengizi qirg'oqlaridan sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolida Gʻarbiy Sibir tekisligidan, janubida Nishopur, Safedkoʻh va Hindukush togʻlarigacha choʻzilgan yirik tabiiy geografik oʻlka. U materik ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km, Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming km, Tinch okeanidan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1 ming km ga yaqin masofada joylashgan, suvlari okeanlarga chiqib keta olmaydigan berk havzadan iborat. Oʻrta Osiyo hududi oʻrta asrlarda, Turon arab manbalarida Movarounnahr, 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida (1924-25 yillarda oʻtkazilgan milliy davlat chegaralanishigacha) Turkiston deb atalgan, keyinchalik Oʻrta Osiyo deb ataladigan boʻldi. 1. Joʻgʻrofiy maʼnoda Markaziy Osiyoning SSSR tarkibiga kirgan qismi. Unga Ustyurt platosi, Turon pasttekisligi, Toʻrgʻay platosi, Qozogʻiston va qisman Kopetdogʻ, Pomir, Tyan-Shan togʻlari kiradi. 2. Siyosiy-maʼmuriy maʼnoda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston (baʼzida Qozogʻiston ham qoʻshiladi) davlatlari maydoni. Oʻlkaning gʻarbiy chegarasi Elburs togʻining 54°15’ shq.u. qismidan boshlanib, Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻi orqali Mangʻishloq qoʻltigʻigacha, undan Ustyurtning shimoli-gʻarbiy chinki boʻylab, Doʻngʻiztov, Chogʻray platosi, Choʻchqa va Mugʻojar togʻlari sharqiy etagi orqali oʻtib, 58° shq.u. va 48° shahrik.ga borgandan keyin shimoliga buriladi va Jetigʻara shahri gacha, undan keyin Qoʻstanay shahri orqali Ayritovgacha boradi. Soʻngra Qozogʻiston past togʻlarining shimoliy chegarasi boʻylab sharq va janubiy sharq tomon davom etib, Qozogʻiston - XXR chegarasiga tutashadi. Sharqiy chegara esa Savr, Sharqiy Jungʻariya, Jungʻariya, Boroxoro, Iren - Xabirga, Qarat, Holiqtogʻ tizmalari suvayirgʻichlari, Xontangri togʻ tuguni, Qaqshal, Otboshi tizmalari suvayirgʻichlari orqali oʻtib, Fargʻona tizmasiga kelib tutashadi, soʻngra Olay tizmasining sharqiy chekkasi va Sariqoʻl tizmasi suvayirgʻichi boʻylab oʻtib, Hinduqush togʻlariga tutashadi. Bu yerda, Muztogʻdan boshlab gʻarbga tomon janubiy chegara boshlanadi va Hinduqush, Safedkoʻh, Nishopur tizmalari suvayirgʻichlari boʻylab oʻtib, Elburs togʻi orqali Kaspiy dengizining janubi-sharqiy chekka sohiliga kelib tutashadi. Oʻrta Osiyo yirik geosistema sifatida (maydoni 3300 ming km²chamasida) Qozogʻistonning kattagina qismini, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, qisman Xitoy hududlari, hamda Afgʻoniston va Eronning Amudaryo havzasiga qarashli qismini oʻz ichiga oladi. Oʻrta Osiyoning qoʻshni tabiiy oʻlkalaridan farqlantirib turuvchi oʻziga xos bir qancha belgilari mavjud. Bular: 1) Yevrosiyo materigida tutgan oʻrnining oʻziga xosligi, yaʼni materikning ichkarisida, okeanlardan uzoqdan joylashganligi; 2) oʻlkaning berk havzadan iborat ekanligi, yaʼni bu yerda shakllangan asosiy oqimning tashqi dengiz, okeanlarga chiqib keta olmasligi va oʻlkaning eroziya bazisi hisoblangan Kaspiy, Orol, Balxash, Issiqkoʻl kabi ichki havzalarga quyilishi; 3) Yer yuzasining oʻziga xosligi, yaʼni oʻlkaning shim., shimoli-gʻarbiy katta qismi tekisliklardan, sharqiy va janubiy qismi togʻliklardan iboratligi; 4) tabiiy sharoitida ichki tafovutlarning kattaligi, yaʼni tabiatining barcha komponentlari oʻlkaning turli qismlarida keskin farq qilishi; 5) oʻziga xos gorizontal tabiiy zonalarning mavjudligi va ularga mos balandlik mintaqalarining rivojlanganligidir. Bu oʻlkada oʻsimliksiz koʻchma qumlar, oʻtish qiyin boʻlgan chakalakzor oʻrmonlar, ekinzor va bogʻlardan iborat vohalarni koʻrish mumkin; 6) ekologik sharoitiga koʻra ham berk oʻlka, bu tabiatdan foydalanishda ehtiyotkorlikni talab etadi.), Zakavkazye va boshqalar joylardagi koʻp Shaharlar vayron etildi. Temuriylar davrida esa Movarounnahr va Xurosonda bir qancha Shaharlar, xususan, Samarqand, Buxoro va Hirot ravnaq topdi. Yevropa mamlakatlarida Shaharlar Sharq mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo boʻldi. Shaharlarda sanoat ishlab chiqarish markazlashib, Shahar aholisi jadal oʻsa boshladi, rivojlangan mamlakatlarda Shahar aholisi salmogʻi butun mamlakat aholisining 70—80% ni tashkil etdi. Urushlar, tabiiy ofatlar natijasida juda koʻp Shlar vayron boʻladi. Ayni vaqtda yer osti foydali qazilmalarining ochilishi va uni qayta ishlash korxonalarining qurilishi (Angren, Olmaliq, Yangiobod, Zarafshon, Muborak, Navoiy), yangi yerlarning oʻzlashtirilishi (Yangiyer, Guliston, Koson, Sherobod), yirik suv inshootlari va elektr styalarning qurilishi (Shirin, Katgaqoʻrgon, Taxiatosh) munosabati bilan yangi Shlar tashkil topadi va rivojlanadi (qarang Shaharsozlik). Shaharni boshqarish - Oʻzbekiston Respublikasida shahrini hokim boshqaradi. Uning vakolat muddati 5 yil. Toshkent Shahari hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va bu masala tegishli xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Boshqa shahar hokimlari yuqori turuvchi hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Hokimlarning chiqargan hujjatlari shu hududda bajarilishi shart. Hokim faqat oʻzining qarorlarigina emas, oʻzi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun ham shaxsan javobgardir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling