Mavzu: kaspiy tanlovning ymumiy masalalari vauning tuzilishi reja: Kaspiy motiv va motivaysiya 2


Download 1.37 Mb.
bet1/16
Sana24.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1062799
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
профессиограмма ва мотив

6-mavzu.Professiografiya (professiogramma) to’g’risida umumiy тushuncha. Kasbiy tanlovning umymiy masalalari va uning tuzilishi (2soat). REJA: 1. Kasblar va ularning klassifikatsiyasi. Kasblarni psixologik tizimlash. 2. Shaxs qiziqishlari va kasb. Professiografiyaning mohiyati va uning tamoyillari. 3. Kaspiy motiv va motivatsiya. Мehnat faoliyati motivlari 4. Кasb tanlash motivlari. Kasbiy motivlarni shakllantirish masalalari.


1920 yillarning ikkinchi yarmida rus psixotexniklari tez suratlarda kasbiy faoliyatning tamoyil va usullarini ishlab chiqdilar. SHu tadqiqotlarni umumlashtirishi natijasida psixotexnikada maxsus yondoshuv professiografiyani shakllanishiga olib keldi. Bu yondashuvning mohiyati – “kasblar tasviri” umuman olganda professiografiya o’rganish, kasb psixologik tavsifi va loyihalashtirishini o’z ichiga oladi.
Professiografiyada ma`lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob`ektlar belgilari, mehnat sub`ekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari o’rganiladi.
Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri kasbiy faoliyatni o’rganishda differentsial yondashuv tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyiling mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini echishga bo’ysunishidir. Masalan, kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko’ra farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari kasbiy bilim, malaka, ko’nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni o’rganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy toliqishni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlaydi.
Professiografiya natijalari professiogrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek, sog`lig`iga qarshi ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi.
Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi – psixogramma bo’lib, u mutaxassisning motivatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi hisoblanadi. Psixogramma – kasbning psixologik portreti bo’lib, u aniq kasbda dolzarb bo’lgan psixologik funktsiyalar guruhi bilan namoyon bo’ladi.
Professiografiyada ko’pgina turli-tuman usullar qo’llanadi:
  • Ijtimoiy (so’rovnomalar, savollar kiritilgan kuzatuv);
  • Psixologik (suhbat kuzatuv tajriba va ulardan kelib chiquvchi intervyu, shaxsiy so’rovnomalar testlar, tajribalar, psixobiografiyalar, faoliyat mahsulini o’rganish metodi);
  • Fiziologik (EKG. KER qonda arterial bosimni o’lchash antopometrik va texnik ma`lumotlar);
  • Texnalogik jarayonlar ta`siri va boshqa usullar xilma – xilligidan vaqt, kuch va vaziyatlarni minimalligi bilan profesiogramma tadqiqotdagi savollarga javob beruvchi usullarni tanlash lozim.

Professiogrammalarning kasbga yo’naltirish va kasbiy tanlov maqsadida ishlab chiqishda psixodiognostik tadqiqotlar juda muhim xisoblanadi. Qolgan tadqiqotlar o’quv – kasb muassasalarida talabalar, o’quvchilarni o’qishga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi lozim bo’lgan sharoitlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega. Ammo ular ham muhim hisoblanadi, chunki aniq majburiyatlarni va mehnat sharoitlarini bilmasdan, kasbga yo’naltirish, kasbiy yo’nalganligini tashkillashtirish va kasbga nisbatan layoqatini aniqlab bo’lmaydi.
Usullarni tanlashda kasbning to’liq o’rganilishi nazarda tutilishi kerak. Bunda professiografik tadqiqotlar yo’nalishlarida quyidagi professiografiya chizmasidan foydalanish tavsiya etiladi:
  • Ishlab chiqarish jarayoni bilan umumiy tanishuv uning o’rganish va tasviri;
  • Ish, ish o’rinlarini tasvirlash, ish o’rnidagilarning faoliyatni psixologik qo’llashi;
  • Ish-harakatlarining psixologik, fiziologik va antropometrik tahlili;
  • Mehnat jarayonining tahlili;

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling