E. M. Ivanova professiografiyaning 4 ta guruhini taklif etadi: ma’lumotli, diagnostik, prognostik


Download 253.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi253.12 Kb.
#249809
  1   2
Bog'liq
Mavzu boyicha maruza matn



1.Malaka  darajasini  aniqlash  uchun  mehnat  vazifalari,  kasbiy  bilim,  malaka, 

koʻnikma  tavsifi  muhim  ahamiyatga  ega.  Kasbiy    toliqishni  oʻrganish  uchun 

shunday  belgilardan  foydalanildiki,  ular  yordamida  kasbiy  toliqishning  keltirib 

chiqaradigan  omillarini  aniqlaydi.  Shunday  qilib,  profesiografiyaning  differensial 

tamoyili  kasbning  oʻrganish  usullarini  uning  tavsifi,  mazmuni,  shuningdek, 

qoʻllanilish sohasi  ya’ni  professiografiya oʻtkazish xususiyatlari  uning maqsadlari 

bilan  belgilanadi.  Maqsadlari  quyidagi  faoliyat  sohalari  bilan  bogʻlangan  boʻlishi 

mumkin:  1)  Ishchilar  attetsatsiyasi.  2)  Yangi  kasblar  mutaxassisliklarni 

loyihalashtirish.  3)  Optantlar  profkonsultasiyasi  va  mutaxassislar  tanlovi.  4) 

Kasbiy  ta’lim  malaka  tayyorgarligi  va  malaka  oshirishni  takomillashtirish.  5) 

Shaxs 

kasbiy 


rivojlanishi 

boʻyicha 

ilmiy 

tadqiqotlar. 



E.M.Ivanova 

professiografiyaning 4 ta  guruhini  taklif etadi:  ma’lumotli, diagnostik, prognostik 

va  metodik.  Informatsion  (ma’lumotli)  professiografiya  oktantlar,  ya’ni,  kasb 

tanlash  zaruriyati  oldida  turgan  shaxslar  bilan  kasbiy  maslahat  ishlari  uchun 

moʻljallangan. Ular qatoriga oʻquvchilar, kasb bilim yurtlari bitiruvchilari, ishsizlar 

va  kasblarni  almashtirmoqchi  boʻlganlar  kirishi  mumkin.  Informatsion  

professiografiya  ishlari  maxsus  kasbiy  adabiyotlarni  tahliliy  va  hujjatlarni 

oʻrganish  orqali  amalga  oshiriladi.  Diagnostik  professiografiyalash  mehnat 

samaradorligining  pastligi  mahsulot sifatining pastligi, avariya  holati, travmatizm, 

kadrlar  qoʻnimsizligi  sabablarini  aniqlash  uchun  oʻtkaziladi.  Diagnostik 

professiografiyalash quyidagi  masalalarni oʻz ichiga oladi.                           1. 

Faoliyat  mazmuni:  1)  Mehnat  predmeti  va  masalalari.  2)  Ish  natijalari  sifatiga 

qoʻyiladigan  talablar.  2.  Mehnat  qurollari:  1)  Ish  turi  va  tartibi.  2)  Boshqarish 

organlari. 3) Ish joyini tashkil etish. 3. Mehnat sub’yektining faoliyati: 1) Harakat 

turlari  va  ularning  tavsifi.  2)  Ishni  rejalashtirish  va  bajarish  xarakteri.  3)  Kasb 

faoliyatiga  xalaqit  beruvchi  omillar.  4)  Mehnat  jarayonida  uchraydigan  xatolar, 

brak,  travmalar  turi.  4.  Mehnat  sub’yektining  faoliyati:  1)  Ishchilarning  oʻzaro 

aloqalari tuzilmasi. 2) Ishni rejalashtirish va nazorat. 5. Kasbning mehnat sub’yekti 

shaxsiy  psixologik  va  psixofiziologik  sifatlariga  qoʻyiladigan  talablar.  6.  Mehnat 

sub’yekti faoliyatining past samaradorligi sabablarini tashxisi. 7. Kasbiy faoliyatni 

takomillashtirish  boʻyicha  amaliy  -  eksperimental  tekshiruv.  Diagnostik 

professiografiyalash  empirik  ma’lumotlarni  yigʻish  usullari  orqali  amalga 

oshiriladi.  Prognostik  professiografiyalash  kasbiy  faoliyatni  takomillashtirish 

boʻyicha  asoslangan  tavsiyalarni  berish  maqsadida  qoʻllaniladi.  1.  Kasbning 

umumiy  tavsifi:  1)  Kasb  rivojlanishi  tarixi  va  istiqbollari.  2)  Kasbiy  faoliyatni 

bajarilishining  ijtimoiy  -  iqtisodiy  sharoitlari.  3)  Kasbiy  muhit.  2.  Kasbiy  dala  va 

mazmuni va jihati: 1) Kasbiy dala tavsifi. 2) Kasbiy bilimni aniqlovchi omillar. 3) 

Kasbiy bilimni rivojlanishi prognozi. 3. Kasbiy ta’lim  malaka oshirish: 1) Kasbiy 

ta’lim  darajasi.  2)  Kasbiy  tayyorgarlik.  3)  Malaka  oshirish.  4.  Ishchining  kasbiy 

moyilligi:  1)  Mutaxassislik  sohasining  kengligi.  2)  Asosiy  malakalar  darajasi.  3) 

Mutaxassislik  va  kasbni  oʻzgartirish  imkoniyati.  5.  Kasb  istiqbolini  baholash:  1) 

Shaxsning  kasbiy  -  psixologik  potensiali.  2)  Ishchining  kasbiy  faolligi.  3)  Kasbiy 

oʻzini  oʻzi  takomillashtirish  karera.  Pragnostik  professiografiyalash  genetik 

usullarni,  shuningdek  modellashtiruvchi  eksperimentlarni  qoʻllaydi.  Metodik 

professiografiyalash  psixologga  mehnat  sub’yektining  holati  va  muhim  kasbiy 



sifatlarni oʻrganish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot maqsadi va 

vazifalariga  koʻra  metodik  professiografiyalash  sxemasi  ham  oʻzgaradi.  Masalan, 

kasbiy  mehnat  va  hordiq  tartibi,  kasbiy  toliqish,  befarqlik,  passivlikka  boʻlgan 

ta’sirini oʻrganishda shunday sxema qoʻllaniladi.   

1. Mehnat sub’yekti faoliyatining mazmuni: 1) Haraktlar turi va ularning tavsifi. 2) 

Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri. 3) Emotsional koʻrinishlar. 4) Ish joyidagi 

noqulaylik  turlari.  5)  Faoliyat  jarayonida  paydo  boʻladigan  xatolar,  brak  travma 

turlari. 2. Mehnat sharoitlari: 1) Sanitariya - gigienik muhit (havo darajasi, chang, 

namgarlik va boshqa). 2) Jismoniy muhitning yoritilganligi, shovqin. 3) Ish tartibi. 

4)  Haq  toʻlash  va  ragʻbat  shakli.  Mutaxassisning  kasbiy  mahoratini  oʻrganishda 

professiografiyalashning  quyidagi  sxemasi  qoʻllaniladi.  1.  Faoliyat  mazmuni:  1) 

Ishchilar  malakasiga  qoʻyiladigan  talablar  (kasbiy  bilim,  koʻnikma  va  malakalar, 

shuningdek,  sifatlar  va  qobiliyatlar).  2)  Ishchilarning  huquq  va  majburiyatlari.  2. 

Mehnatni  tashkillashtirish:  1)  Malaka  oshirish.  2)  Kasbiy  psixologik  potensial.  3) 

Ijodiy  qobiliyatlar.  3.  Mehnat  sub’yekti  faoliyati:  1)  Harakatlar  turi  va  ularning 

tavsifi.  2)  Ishni  rejalashtirish  va  uni  nazorat  qilish.  3)  Faoliyat  individualligining 

xususiyatlari.  Ta’limga  yoʻnaltirilgan  professiografiyalash  -  asosiga  kasb 

sub’yektligi  haqidagi  gʻoya  qoʻyiladi:  kasb  egasi,  faoliyatning  haqiqiy  sub’yekti 

boʻlib, unga bir qator maxsus belgilar xos. Bu professiografiyalashning mualliflari 

uning  mazmun -  mohiyati  va  loyiqalashtirish texnologiyalarini oʻrganib chiqishdi. 

― Kasb pasporti‖ bloki kasb va mutaxassisliklar nomining  modifikasiyasi, kasbiy 

yoʻnalish,  kasb  maqsadi,  ta’lim  darajasi  haqida  qisqa  ma’lumotlarni  oʻz  ichiga 

oladi.  ―Kasbning  asosiy  ob’yekti‖  (sohasi)  bloki  kasb  turi  haqida  ma’lumotlarni 

oʻz ichiga oladi. ―Inson – tabiat‖, ―inson – inson‖, ―inson – texnika‖, ―inson - 

belgilar  tizimi‖,  ―inson  badiiy  obraz‖  va  boshqalar.  Bu  blok  mazmuni  boshqa 

professiografiyalash bloklarining asosi  hisoblanadi. ―  Kasbiy predmetli salohiyat 

bloki  koʻp  tizimli  ta’lim  sifatida  kasbiy  muhim  tavsifini  oʻz  ichga  oladi. 

Mutaxassis  kasbi  qaysi  sohaga  tegishli  ekanini,  qaysi  asosiy  ob’yektlarga 

yoʻnaltirilgan,  bu  ob’yektlar  qanday  ob’yektlar,  bu  sohada  mehnat  natijasi  yoki 

mehnat  mahsuli  qanday  ahamiyatga  egaligi  haqidagi  ma’lumotga  ega  boʻlishi 

lozim.  ―Ijtimoiy  kasbiy  salohiyat‖  blokida  shaxs  ob’yektining  quyidagi 

yoʻnalishlari aks etadi. Fikrlash potensialining rivojlanishi. Shaxsni oʻzini nazorat 

eta  olish  va  rivojlantirish  imkoniyatlari.  Shaxsning  muvaffaqiyat  strategiyasiga 

yoʻnaltirilganligi.  Shaxsning  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitida  bardoshligi. 

Professiografiyada  ekologik,  huquqiy  va  iqtisodiy  madaniyat  masalalari  ham 

nazarda tutiladi. Maxsus psixofiziologik talablar bloki - ishchining kasbiy faoliyati 

jixatdan psixofiziologik xususiyatlariga qoʻyiladigan talablarni aks ettiradi. Bunga 

tibbiy koʻrsatmalar, jinsiga, yoshga boʻlgan va sanitariya- gigienik talablar kiradi. 

Kasb-kor  (hunar)  oldiga  qoʻyiladigan  talablarni  asoslash  va  ularni  bayon  qilish 

oʻziga  xos  xususiyatga  ega  boʻlib,  quyidagi  umumiy  hamda  xususiy  jabhalarni 

oʻzida  aks  ettiradi;  1.  Kasb  va  uni  ixtisosliklarining  psixologik  tavsifi;  2.  Kasb-

korning  (hunarning)  mamlakat  iqtisodiyoti  uchun  ahamiyati;  3.  Kasb  va 

ixtisoslikning  ijtimoiy  tavsifi;    4.  Kasbning  ijtimoiy  psixologik  ahamiyati  va 

tavsifi;  yoshlarda  uning  ijtimoiy  mavqei  (nufuzi),  jamoaning  oʻziga  xos 

xususiyatlari,  vertikal  va  gorizontal  boʻyicha  shaxslararo  munosabatlarning 




xususiyatlari; 5. Kasbiy faoliyatni  muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va 

koʻnikmalar  koʻlamining  pedagogik  tavsifi  (maxsus  mezonlar  orqali  kasbiy 

mahorat  aniqlanadi);  6.  Pedagogik  jarayonni  takomillashtirish  yuzasidan  takliflar, 

tayyorgarlik  muddatlari,  tadbir  –  choralarning  umumiy  tavsifi;  7.  Mehnat 

sharoitining  gigienik  tavsifnomasi;  8.  Kasb  boʻyicha  mehnat  qilishga  tibbiy 

jihatdan  ta’qiqlanuvchi  omillar  izchilligi;  9.  Kasbga  psixologik  nomutanosiblik, 

yoki  kasbiy  yaroqsizlik;  10.  Oʻzini  oʻzi  faollashtirish  va  identifikatsiyalash. 

Kasbning  inson  oldiga  qoʻyadigan  talablari  majmuasi  psixologik,  ijtimoiy, 

iqtisodiy,  texnikaviy  va  pedagogik  jabhalarni  qamrab  oladi.  Kasb  va  ixtisos 

asoslarini egallovchi  yoshlar shu  fanlarning barcha  talabalariga  moslashishi  orqali 

mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi. Kasb tanlashga yoʻnaltirish davlatning 

tadbir  –  choralari  tizimidan  iborat  boʻlib,  inson  tomonidan  tanlanadi,  oʻz  hayot 

yoʻlining  ilmiy  asoslanganligini  ta’minlashga  xizmat  qiladi,  u  turmushda  oʻz 

oʻrnini  aniqlaydi  va  quyidagi  shakllarda  amalga  oshiriladi:    a)  maktabda  kasbiy 

ma’lumotlar  berish;    b)  kasb  –  hunar  maorifi  bilan  shugʻullanish:    v)  radio, 

televidenie,  kino,  matbuotda  tashviqot  qilish;    g)  kasb  yuzasidan  maslahatlar;    e) 

kasbga  saralash  (qobiliyatiga  binoan);    f)  kasbga  moslashish  (adaptatsiyalash).  

Mazkur  sohada  psixologik  izlanishlar  olib  borgan  K.K.Platonov  muayyan  sxema 

ishlab chiqqan boʻlib, u «Kasb tanlashga yoʻnaltirish uchburchagi» deb nomlanib, 

oʻzining  ixchamligi  bilan  boshqalardan  ajralib  turadi.  Xuddi  shu  bois  kasb 

tanlashga  yoʻllashda,  reorientatsiyalashda  undan  unumli  foydalanish  mumkin. 

Kasb tanlashga yoʻnaltirish uchburchagining muhim bir tomoni – bu har xil kasb – 

hunar  egasiga  nisbatan  qoʻyiladigan  talablar  yuzasidan  muayyan  bilimning 

mavjudligidir.  Uning  ikkinchi  bir    xususiyatli  tomoni  shuki,  u  yoki  bu 

mutaxassislikka 

nisbatan 

jamiyat 

(viloyat, 

shahar, 

tuman)ning 

mehnat 

imkoniyatiga  ehtiyoji  boʻyicha  bilimlar  mujassamlashganligidir.  Yana  bir  oʻziga 

xos  tomoni  shundan  iboratki,  kasbga  yoʻnaltiruvchining  qunti,  qobiliyati,  shaxsiy 

xususiyatlari boʻyicha bilimlar umumlashtirilgan boʻlib, kasb tanlashga oid barcha 

jihatlar  majmua  holiga  keltirilgandir.  Kasb  tanlashga  yoʻnaltirilgan  uchburchak 

shaxsning  qiziqishi,  mayli,  xohishi,  oʻzini  oʻzi  baholashi,  nufuzi  kabilarga  oid 

materiallarni  oʻzida  mujassamlashtiradi.  Bizningcha,  yuqoridagi  mulohazalardan 

tashqari  professiogramma  oldiga  quyidagi  talablarni  qoʻyish  maqsadga  muvofiq:  

1.  Ishning  qanday  nomlanishi  va  uning  nimalardan  tuzilishi  (ishning  nomi, 

mutaxassislik, kasb – hunar, lavozim, ishchi oʻrni imkoniyati, mehnatning turdosh 

xususiyatlari  va  uning  muhim  tavsiflarining  bayoni);  2.  Ishning  maqsadi, 

samaradorligi  xususida  ma’lumotlar;  3.  Mehnat  quroli  sifatida  nimalar 

qoʻllanilishi; 4. Mehnat predmetining tarkiblari va ularning oʻziga xos jabhalari; 5. 

Mehnat  faoliyati  qaysi  usullar  yordami  bilan  bajarilishi;  6.  Nimalarning  negizida 

ish  (mehnat,  faoliyat;  amalga  oshirilishi);  7.  Mehnat  mahsullarini  baholash 

mezonlari;  8.  Ishning  qanday  ixtisoslik  talab  qilishi  xususiyatlari.  9.  Ish  qanday 

vositalar  yordami  bilan  bajarilish  imkoniyati  va  uning  motivirovkasi.  10.  Ishning 

bajarilish shart va sharoitlari; 11. Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari; 12. 

Mehnatning  kooperatsiyasi  (Kim?,  Nima?,  Kim  bilan  hamkorlikda?);  13. 

Mehnatning jadalligi (intensivligi) toʻgʻrisida ma’lumotlar; 14. Mehnat faoliyatida 

mas’uliyatning  va  xavf  –  xatarning  qaysi  daqiqalari  (holatlari)  uchrashi;  15. 



Mehnat  uning  sub’yektiga  qanday  foyda,  naf  keltirishi  (ish  haqi,  mukofot, 

ma’naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm hislati, maqtov, jamoatchilik 

bahosi  va  boshqalar);  16.Ish  yoki  faoliyatning  oʻziga  xos  xususiyatlariga  koʻra 

qanday  talablarga  va  cheklanishlarga  ega  ekanligi.    Faollik  va  faoliyat.    Jamiyat 

bilan  doimiy  munosabatni  ushlab  turuvchi,    o‘z-o‘zini  anglab,    xar  bir  xarakatini 

muvofiklashtiruvchi shaxsga   xos bo‘lgan eng muxim va umumiy xususiyat - Bu 

uning  faolligidir.  Faollik  (lotincha  «actus»  -  xarakat,    «actibus»  -  faol  so‘zlaridan 

kelib chikkan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha xatti - xarakatlarini namoyon 

etishini  tushuntiruvchi  kategoriyadir..  Psixologiyada  shaxs,    uning  ongi  va  o‘z-

uzini anglashi muammolari uning faolligi,  u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va 

uni uddalashi aloqador sifatlari orkali bayon etiladi. 

      Fanda inson faolligining asosan ikki turi farklanadi: 

      A.  tashki  faollik  -  Bu  tashkaridan  va  o‘z  ichki  istak-xoxishlarimiz  ta’sirida 

bevosita kurish,  kayd qilish  mumkin bo‘lgan  xarakatlarimiz,   mushaklarimizning 

xarakatlari orkali namoyon bo‘ladigan faollik. 

  V. Ichki  faollik  -  Bu bir tomondan  u  yoki  Bu  faoliyatni bajarish  mobaynidagi 

fiziologik  jarayonlar  (moddalar  almashinuvi,    kon  aylanish,    nafas  olish,    bosim 

uzgarishlari) xamda,  ikkinchi tomondan,  bevosita psixik jarayonlar,  ya’ni aslida 

kurinmaydigan,    lekin  faoliyat  kechishiga  ta’sir  kursatuvchi  omillarni  o‘z  ichiga 

oladi. 


   Misol  tarikasida  xayotdan  shunday  manzarani  tasavvur  kilaylik:  uzok 

ayrilikdan  so‘ng  ona  o‘z  farzandi  visoliga  etdi.  tashki  faollikni  biz  onaning 

bolasiga  intilishi,    uni kuchoklashi,    yuzlarini  silashi,    ko‘zlaridan  oqqan  sevinch 

yoshlarida ko‘rsak,  ichki faollik - o‘sha qiz yoshlarini keltirib chikargan fiziologik 

jarayonlar,    ichki  soginchning  asl  sabablari  (ayrilik  muddati,    nochorlik  tufayli 

ayrilik kabi  yashirin  motivlar ta’siri),  ko‘rib  idrok kilgandagi  o‘zaro bir-birlariga 

intilishni  ta’minlovchi  ichki,    bir  qarashda  ko‘z  bilan  ilgab  bo‘lmaydigan 

emotsional  xolatlarda  namoyon  bo‘ladi.  Lekin  shu  manzarani  bevosita  guvoxi 

bo‘lsak  xam,    uni  ifodalagan  rasmni  kursak  xam,    taxminan  kanday  jarayonlar 

kechayotganligini  tasavvur  qilishimiz  mumkin.  Demak,    ikkala  turli  faollik  xam 

shaxsiy  tajriba    va  rivojlanishning  asosini  tashkil  etadi.  Bir  karashda  xar  bir 

konkret  shaxsga  va  uning  extiyojlariga  bogliq  bo‘lib  tuyulgan  Bunday  faollik 

turlari  aslida  ijtimoiy  xarakterga  ega  bo‘lib,    shaxsning  jamiyat  bilan  bo‘ladigan 

murakkab va o‘zaro munosabatlarining okibati xisoblanadi. 

  Inson faolligini mujassamlashtiruvchi xarakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. 

Ya’ni,      faoliyat  -  inson  ongi  va  tafakkuri  bilan  boshqariladigan,    undagi  turli-

tuman  ehtiyojlardan  kelib  chikadigan,    xamda  tashki  olamni  va  o‘z-o‘zini 

o‘zgartirish  va  takomillashtirishga  karatilgan  o‘ziga  xos  faollik  shaklidir.  Yani 

faoliyat  odamning  ehtiyojlarini  qondirishdagi  tashqi  va  ichki  faolligidir.    Shunisi 

xarakterliki,    inson  xar  dakikada  kandaydir  faoliyat  turi  bilan  mashgul  bo‘lib 

turadi.Faoliyatni  o‘zlashtirish  manbayi  -  bilim,    malaka,    ko‘nikma  va  odatlar 

xisoblanadi. 

 Faoliyat  turlari.  Jismoniy  va  akliy  xarakatlar.  Xar  kanday  faoliyat  real  shart-

sharoitlarda,    turli  usullarda  va  turlicha  ko‘rinishlarda  namoyon  bo‘ladi. 

Kilinayotgan  xar bir  xarakat ma’lum  narsaga  - predmetga karatilgani uchun  xam,  



faoliyat  predmetli  xarakatlar  majmuyi  sifatida  tasavvur  kilinadi.  Predmetli 

xarakatlar  tashki  olamdagi  predmetlar  xususiyatlari  va  sifatini  o‘zgartirishga 

karatilgan bo‘ladi. Masalan,   ma’ruzani konspekt kilayotgan  talabaning predmetli 

xarakati  yozuvga  karatilgan  bo‘lib  u  avvalo  o‘sha  daftardagi  yozuvlar  soni  va 

sifatida  o‘zgarishlar  qilish  orkali,    bilimlarni  o‘zlashtirishga  xarakat  qiladi. 

Faoliyatning  va  uni  tashkil  etuvchi  predmetli  xarakatlarning  aynan  nimalarga 

yo‘’naltirilganiga qarab,  avvalo tashki va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat 

shaxsni  o‘rab  turgan  tashqi  muxit  va  undagi  narsa  va  xodisalarni  o‘zgartirishga 

qaratilgan faoliyat bo‘lsa,  ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib,  u 

sof  psixologik  jarayonlarning  kechishidan  kelib  chiqadi.  Kelib  chiqishi  nuqtai 

nazaridan  ichki - aqliy,  psixik  faoliyat tashqi predmetli  faoliyatdan kelib chikadi. 

Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro‘y beradi,  tajriba orttirib borilgan sari,  sekin-

asta  Bu  xarakatlar  ichki  aqliy  jarayonlarga  aylanib  boradi.  Buni  nutq  faoliyati 

misolida  oladigan  bo‘lsak,    bola  dastlabki  so‘zlarni  qattiq  tovush  bilan  tashqi 

nutqida  ifoda  etadi,    keyinchalik  ichida  o‘zicha  gapirishga  urganib,    o‘ylaydigan,  

muloxaza yuritadigan,  o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi. 

      Xar  qanday  sharoitda  xam  barcha  xarakatlar  xam  ichki-psixologik,    xam 

tashki  -  muvofiqliq  nuqtai  nazaridan  ong  tomonidan  boshqarilib  boriladi.  Xar 

qanday  faoliyat  tarkibida  xam  aqliy,    xam  jismoniy  -  motor  xarakatlar  mujassam 

bo‘ladi.  

  Aqliy  xarakatlar  -  shaxsning  ongli  tarzda,    ichki  psixologik  mexanizmlar 

vositasida amalga oshiradigan turli-tuman xarakatlaridir. Eksperimental tarzda shu 

narsa isbot kilinganki,  Bunday xarakatlar doimo motor xarakatlarni xam o‘z ichiga 

oladi. Bunday xarakatlar kuyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 




Download 253.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling