E. M. Ivanova professiografiyaning 4 ta guruhini taklif etadi: ma’lumotli, diagnostik, prognostik


Download 253.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi253.12 Kb.
#249809
1   2
Bog'liq
Mavzu boyicha maruza matn

perseptiv  -  ya’ni  Bular  shunday  xarakatlarki,    ularning  okibatida  atrofdagi 

predmetlar va xodisalar tugrisida yaxlit obraz shakllanadi; mnemik faoliyat,  narsa 

va  xodisalarning  moxiyati  va  mazmuniga  aloqador  materialning  eslab  kolinishi,  

esga tushirilishi xamda esda saklab turilishi bilan boglik murakkab faoliyat turi; 

  fikrlash faoliyati - akl,  faxm - farosat vositasida turli xil  muammolar,  masalalar 

va jumboklarni echishga karatilgan faoliyat; 

  imajitiv  -  («image»  -obraz  suzidan  olingan)  faoliyati  shundayki,    u  ijodiy 

jarayonlarda  xayol  va  fantaziya  vositasida  xozir  bevosita  ongda  berilmagan 

narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni takozo etadi. 

 

Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,    xar  qanday  faoliyat  xam  tashki  xarakatlar 



asosida  shakllanadi  va  motor  komponentlardan  iborat  bo‘lishi  mumkin.  Agar 

tashki  faoliyat  asosida  psixik  jarayonlarga  o‘tish  ro‘y  bergan  bo‘lsa,    bunday 

jarayonni  psixologiyada  interiorizasiya  deb  ataladi,    aksincha,    aqlda  shakllangan 

goyalarni  bevosita  tashqi  xarakatlarda  yoki  tashqi  faoliyatga  ko‘chirilishi 

eksteriorizasiya deb yuritiladi. 

Faoliyat  turlari  yana  ongning  bevosita  ishtiroki  darajasiga  ko‘ra  xam  farklanadi. 

Masalan,  shunday bo‘lishi mumkinki,  ayrim xarakatlar boshida xar bir elementni 

jiddiy  ravishda,    aloxida-aloxida  bajarishni  va  bunga  butun  diqqat  va  ongning 

yo‘nalishini  talab  qiladi.  Lekin  vakt  o‘tgach,    bora-bora  unda  ongning  ishtiroki 

kamayib,    ko‘pgina  kismlar  avtomatlashib  boradi.  Bu  oddiy  tilga  o‘girilganda,  

malaka  xosil  bo‘ldi  deyiladi.  Masalan,    xar  birimiz  shu  tarzda  xat  yozishga 



o‘rganganmiz.  Agar  malakalarimiz  kat’iy  tarzda  bizdagi  bilimlarga  tayansa,  

faoliyatning  maksadi  va  talablariga  ko‘ra  xarakatlarni  muvaffakiyatli  bajarishni 

ta’minlasa,    biz  Buni    ko‘nikmalar    deb  ataymiz.  Ko‘unikmalar  -  doimo  bizdagi 

anik  bilimlarga  tayanadi.Masalan,    ko‘nikma  va  malakalar  uzaro  boglik  bo‘ladi,  

shuning  uchun  xam  ukuv  faoliyati  jarayonida  shakllanadigan  barcha  ko‘nikmalar 

va malakalar shaxsning muvaffakiyatli ukishini ta’minlaydi. Ikkalasi xam mashklar 

va  kaytarishlar  vositasida    mustaxkamlanadi.  Agar,    fakat  malakani  oladigan 

Bo‘lsak,  uning shakllanish yo‘’llari quyidagicha bo‘lishi mumkin: 

 oddiy namoyish etish yo‘li bilan; 

 tushuntirish yo‘li bilan; 

 ko‘rsatish bilan tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan. 

Shaxs  xayotida ko‘nikma va malakalarning axamiyati katta. Ular bizning jismoniy 

va akliy urinishlarimizni engillashtiradi va o‘kishda,  mexnatda,  sport soxasida va 

ijodiyotda muvaffakiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.  

 Faoliyatni  klassifikasiya  qilish  va  turlarga  bo‘lishning  yana  bir  keng  tarkalgan 

usuli  -  Bu  barcha  insonlarga  xos  bo‘lgan  asosiy  faollik  turlari  bo‘yicha 

tabakalashdir. Bu - o‘yin,  o‘kish va mexnat,  mulokot faoliyatlaridir. 

 

 



 

Uyin  -  shunday  faoliyat  turiki,    u  bevosita  biror  moddiy  yoki  ma’naviy 

ne’matlar  yaratishni  nazarda  tutmaydi,    lekin  uning  jarayonida  jamiyatdagi 

murakkab va xilma-xil faoliyat normalari,  xarakatlarning simvolik andozalari bola 

tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha,  kattalar xatti-xarakatlarining 

ma’no va moxiyatini anglab etolmaydi. 

 

Uqish    faoliyati  xam  shaxs  kamolotida  katta  ro‘l  o‘ynaydi  va  ma’no  kasb 



etadi.  Bu  shunday  faollikki,    uning  jarayonida  bilimlar,    malaka  va  turli 

ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi. 

 

Mexnat  qilish xam eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib,  uning 



maksadi  albatta  biror  moddiy  yoki  ma’naviy  ne’matlarni  yaratish,    jamiyat 

tarakkiyotiga xissa ko‘shishdir. 

         Bugungi  kunga kelib psixologiya    fanida  muloqat  jarayoni  xam  faoliyatning 

bir turi sifatida tan olinib o‘rganilmoqda. Shu o‘rinda muloqatni xam faoliyatning 

turlari tarkibiga kiritishimiz mumkin. 

 

Mulokot  -  shaxs  individual  rivojlanishi  jarayonida  namoyon  bo‘ladigan 



birlamchi  faoliyat  turlaridan  biri.  Bu  faoliyat  insondagi  kuchli  ehiyojlardan  biri  - 

insoniy  bilish,    odamlarga  o‘xshab  gapirish,    ularni  tushunish,    sevish,    o‘zaro 

munosabatlarni  muvofiklashtirishga  qaratilgan  ehtiyojlaridan  kelib  chikadi.  Shaxs 

oz  taraqqiyotini  aynan  shu  faoliyat  turini  egallashdan  boshlaydi  va  nutqi  orkali 

(verbal)  va  nutqsiz  vositalar  (noverbal)  yordamida  boshqa  faoliyat  turlarini 

mukammal egallashga zamin yaratadi. 

              Xar  qanday  kasbni  egallash,    nafakat  egallash,    balki  uni  maxorat  bilan 

amalga oshirishda  faoliyatning  barcha qonuniyatlari  va  mexanizmlari amal  qiladi. 

Oddiygina  biror  kasb  malakasini  egallash  uchun  xam  unga  aloqador  bo‘lgan 

ma’lumotlarni  eslav  qolish  va  kerak  bo‘lganda  yana  esga  tushirish  orqali  uni 

bajarish bulmay,  balki xam ichki (psixik),  xam tashki (predmetga yo‘naltirilgan) 

xarakatlarni  ongli  tarzda  bajarish  bilan  bogliq  murakkab  jarayonlar  yotishini 




unutmaslik  kerak.  Lekin  xar  bir  shaxsni  u  yoki  Bu  faoliyat  turi  bilan 

shugullanishiga  majbur  qilgan  psixologik  omillar  -  sabablar  muxim  bo‘lib,    Bu 



faoliyat motivlaridir. 

 

Download 253.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling