3 – Mavzu. Shahar Shahar nisbatan katta va doimiy aholi punktidir Aholi punkti


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana28.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1731971
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3.1 мавзу 1- bosqich



3 – Mavzu. Shahar 
 
Shahar - nisbatan katta va doimiy aholi punktidir
(Aholi punkti odamlar 
doimiy yashaydigan joy boʻlib, shahar yoki qishloq shaklida boʻlishi mumkin. 
Aholi punktlarida bir necha yuzdan to bir necha milliongacha aholi istiqomat 
qiladi. Biror davlat hududidagi eng katta aholi punktlaridan biri oʻsha davlat 
poytaxti mavqeʼiga ega boʻlishi mumkin). Koʻp shaharlarga mahalliy qonunchilik 
alohida maʼmuriy, qonuniy yoki tarixiy mavqeʼ beradi. 
Masalan, Oʻzbekistonning Toshkent shahri viloyat va viloyat markazlaridan 
alohida mavqeʼga ega. Yevropada esa tarixan shahar sifatida oʻz sobori bor har 
qanday aholi punkti qaralgan. 
 
Finlyandiyaning Lappeenranta shahri. 
Shaharlar odatda murakkab sanitariya, yoʻl va koʻcha, turar-joy hamda 
transport tizimiga ega boʻladi. Aholisi soni milliondan oshadigan shaharlar 
megapolis, deyiladi; shahar oʻsib, boshqa shaharlarga yetsa va ularni oʻziga 
qoʻshib olsa, bu shahar megalopolisga aylanadi. 
Shahar - aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish, 
boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band boʻlgan yirik aholi manzilgohi. 
Shahar - bevosita qishloq xoʻjaligi bilan band boʻlmagan aholi toʻplangan markaz. 
Shahar atrofidagi tumanlar uchun maʼmuriy va madaniy markaz boʻlibgina 
qolmay, balki ularning joylashishi va oʻsishiga ham katta taʼsir koʻrsatuvchi omil 
hamdir. Aholi punktlariga Shahar maqomi berilishi uchun aholi soni, bajaradigan 
funksiyasi: sanoat ishlab chiqarish, tashkiliy-xoʻjalik, madaniy-siyosiy, maʼmuriy 
va h.k. bosh mezon boʻlib hisoblanadi. Aholi manzilgohlarini Shahar toifasiga 
oʻtkazish maʼlum qonuniy tartibda amalga oshiriladi va chegarasi belgilanadi. 
Turli mamlakatlarda Shahar maqomini olish mezoni turlicha, mas, Daniya va 
Ispaniyada aholi soni 250 kishi (Ispaniya (España), Ispaniya Qirolligi (Reino de 
España) - Yevropaning janubi-gʻarbida, Pireney yarim orolda joylashgan davlat. 
Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar orollari, 
Afrikaning shimoliy qirgʻogʻidagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh 
Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas orollari ham Ispaniyaga qaraydi. 
Maydoni 504,75 ming km
2
. Aholisi 47,27 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jihatdan 


oʻz hukumati va parlamentiga ega boʻlgan 17 muxtor regionga, ular, oʻz navbatida, 
50 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Poytaxti - Madrid shahri), Gruziya va 
Turkmanistonda 5 ming, Tojikiston va Qirgʻizistonda 10 ming, Rossiyada 5-12 
ming, Yaponiyada 25 ming kishi boʻlishi kerak. Oʻzbekistonda 7 mingdan yuqori 
boʻlishi talab etiladi. Aholi soniga koʻra, Shaharlar kichik (50 minggacha), oʻrta 
(50-100 ming) va katta (100 mingdan ortiq) boʻladi. Oʻzbekistonda 120 shahar, 
113 ta shaharcha bor. Shundan 17 tasi katta shaharlar (Toshkent, Samarqand, 
Namangan, Andijon, Buxoro, Qoʻqon, Fargʻona, Nukus, Qarshi, Urganch, 
Olmaliq, Angren, Chirchiq, Navoiy, Margʻilon, Termiz, Jizzax), 16 tasi oʻrta va 
qolganlari kichik shaharlar. Shaharlar bajaradigan vazifalariga koʻra — poytaxt, 
sanoat, transport, turizm, rekreatsiya, din, fan va ilmiy tekshirish markazlariga 
boʻlinadi. Shuningdek, respublikaga boʻysunuvchi, muxtor respublika, viloyat, 
tumanlarga boʻysunuvchi Shaharlarga ajratiladi. 
Shahar aholisi butun jahon aholisining 47,5% dan ortigʻini tashkil etadi. 
BMTda qabul qilingan terminologiyaga muvofiq, 8 mln. va undan ortiq aholisi 
boʻlgan Shaharlar - megashahar deb yuritiladi. Bunday Shaharlar Yer yuzida 1950-
yilda 2 ta, 1995-yilda 22 ta, hozirgi kunda 25 dan ortiq. Bir yoki ikki Shahar 
atrofida Shahar va shaharchalarning zich joylashishi Shaharlar aglomeratsiyasi 
deyiladi. Eng yirik Shahar aglomeratsiyalari: Tokio, Nyu-York, Mumbay, 
Shanxay, Mexiko, San-Paulo va boshqalar Oʻzbekistonda Toshkent, Fargʻona - 
Margʻilon, Samarqand, Andijon, Namangan va boshqalar Shahar aglomeratsiyalari 
shakllanmoqda. Bir necha Shahar aglomeratsiyalari qoʻshilib, megalapolis yoki 
megapolislarni tashkil qiladi. Hozirgi Bosvash, Tokaydo va boshqalar megapolislar 
bor. Baʼzan yirik Shaharlar yonida yoʻldosh shaharlar vujudga keladi. 
Tarixi - Shaharlar ibtidoiy jamoa davridan sinfiy jamiyatga oʻtishda 
hunarmandchilik va savdosotiq dehqrnchilikdan ajralib chiqish davrida paydo 
boʻlgan. Hunarmand va savdogarlar muqim istiqomat qila boshlagan joylar 
gavjumlashib, Shaharlarga aylana boshlagan. Dastlabki Shaharlar mil. av. 5—3 
ming yilliklarda Sharqda — Mesopotamiya (Mesopotamiya (yun. μέσος (mezos) 
— „orasi“, „oʻrtasi“ va ποταμός (potamos) — „daryo“, yaʼni „ikki daryo oraligʻi“) 
Tigr va Yevfrat daryolari orasidagi mintaqa boʻlib, asosan hozirgi Iroq hamda 
shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya va gʻarbiy Eron hududlariga mos 
keladi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling