3 – Mavzu. Shahar Shahar nisbatan katta va doimiy aholi punktidir Aholi punkti
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
3.1 мавзу 1- bosqich
Shahar - Aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish,
boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band boʻlgan yirik maʼmuriy, madaniy aholi manzilgohi. O‘zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilinadi URL: https://storage.kun.uz/source/5/w0UKbtEIUs37bXytRuqJrJR2aiC1uP6J.jpg Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi kiritildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni mas'ul xodimi Azmiddin Naimovning yozishicha, “O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Qonun 1996 yilda qabul qilingan bo‘lib, bugungi kun talablariga javob bermay qolgan. 31 moddadan iborat amaldagi qonunning 15 ta moddasi bugungi kunda o‘z kuchini yo‘qotgan. Amaldagi qonunga ko‘ra, ma'muriy-hududiy tuzilish bilan bog‘liq masalalarda davlat organlarining vakolatlari, davlat boshqaruvi organlarining ma'muriy-hududiy tuzilish masalalaridagi ishtiroki ko‘rsatilmagan edi. Yangi ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi 9 ta bob va 46 ta moddani o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishining asosiy taomillarini belgilash, O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy – hududiy tuzilishining tarkibiy qismlarini qonuniy normalar orqali mustahkamlash, ma'muriy – hududiy tuzilish masalalarining davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshiruvchi organlar va ularning vakolatlarini belgilash qonun loyihasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Loyihada davlat organlarining vakolatlari alohida moddalarda belgilanmoqda. Amaldagi qonunda ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini bosqichma- bosqich hal etish tartibi ko‘zda tutilmagan bo‘lib, qaror qabul qiladigan organni belgilash bilan cheklanilgan xolos. Shuningdek, qaror qabul qilish jarayonida kelib tushgan takliflarni ekspertizadan o‘tkazish masalalari batafsil ko‘rsatib o‘tilmagan edi. Yangi tahrirdagi qonun loyihasida esa ma'muriy-hududiy tuzilish bilan bog‘liq masalalarni bosqichma-bosqich hal etish tartibi belgilab qo‘yilmoqda. Loyihada ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish uchun tayyorlanadigan hujjatlar ro‘yxati aniq keltirilib, taklifni qabul qilish natijasida kelib chiqadigan xarajatlar va ularni qoplashning manbalari ko‘rsatilishi kabi masalalar o‘z aksini topmoqda. Bundan tashqari, amaldagi qonunda davlat organlarining ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini ko‘rib chiqishda va yuqori tashkilotga takliflarni yuborishda muddatlar belgilab berilmagan edi. Yangi tahrirdagi qonun loyihasida davlat organlarining ma'muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha iltimosnomalarini ko‘rib chiqish va yuqori tashkilotga takliflarni kiritish muddatlari aniq qilib ko‘rsatilmoqda. Bildirilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi huquqiy normalarni samarali amalga oshirishni ta'minlaydigan ta'sirchan mexanizmlarni joriy qilish, ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini bosqichma-bosqich qaror qabul qilish va davlat ekspertizasidan o‘tkazishning aniq tartiblarini joriy etish hamda ma'muriy- hududiy birliklar va aholi punktlari Davlat reyestrini yuritish mexanizmlarini belgilash imkoniyatini beradi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling