3- mavzu. Xesh jadval va xesh funksiyalar. Xesh funksiyalarga misol
Download 157.58 Kb.
|
3 mavzu Xesh jadval va xesh funksiyalar Xesh funksiyalarga mi fayllar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
3- mavzu. Xesh jadval va xesh funksiyalar. Xesh funksiyalarga misol Fan:Ma’lumotlar tuzulmasi va algoritmlar. Bajardi:Mirzaodilov Ulug’bek 3- Mavzu. Xesh jadval va xesh funksiyalar. Xesh funksiyalarga misol. Reja: 1. Xeshlash tushunchasi 2. Xesh-funksiya xossalari 3. Xesh-funksiya turlari 4. Kolliziyalar bilan kurashish usullari 5. Xesh funksiyalarning qo’llanishi Kalit so’zlar: Xesh, xeshlash, xesh jadval, xesh funksiya, kolliziya. "Xesh" so'zi ingliz tilidagi «hash» so’zidan olingan bo’lib, uning ma'nosi “shovqin” yoki “aralash” kabi ta'riflanadi. Aslida, bular atamaning haqiqiy ma'nosini to'liq ifodalaydi. Odatda “xeshlash” – bu jarayon bo’lib, ingliz tilida - chopish, aralashtirish kabi ma’nolarni anglatadi. Xeshlash - bu ma’lumotlarning kirishdagi massivini determenistik algoritm bo’yicha chekli uzunlikdagi chiqish satriga aylantirishdir. Boshqacha aytganda, xeshlash - bu shunday jarayonki, uning kirishidagi massiv maxsus algoritm asosida chiqishda bitlar ketma-ketligiga almashtiriladi. Bunday almashtirish xesh-funksiya yoki o’rash funksiyasi deyiladi. Almashtirish natijasi esa xesh yoki xesh-kod yoki xabarlar qisqa izohi (o’rami) deb ataladi. Ikki massiv yoki satrning xesh-kodlari har xil bo’lishidan bu massivlar bir xil emas degan xulosa qilish mumkin. Xesh-kodlari bir xil bo’lishi esa massivlar bir xil bo’lishi muminligini ( ehtimoli borligini) bildiradi. Xeshlash qo’llaniladigan holatlarga misollar: · har bir elementi o’zoro biriktirilgan ikki qismdan iborat massivlar (masalan, lug’at shaklidagi massiv) hosil qilishda; · ma’lumotlar to’plamida takrorlanuvchi elementlarni izlash uchun; · ma’lumotlar to’plami uchun o’ziga xos takrorlanmaydigan ism (identifikator) topish uchun; · ma’lumot saqlash yoki uzatishdagi tasodifiy yoki ataylab qilingan xatolarni aniqlash maqsadida nazorat uchun yig’indilarni hisoblashda; · himoya tizimlarida parollarni saqlash uchun (bunda parol saqlanayotgan xotira sohasiga murojat paytida parolni bilib olish mumkin bo’lmaydi); Ø elektron imzoni ishlab chiqishda (amalda xabarlarning o’zi emas ularning xesh-shakli imzolanadi). Umuman olganda, boshlang’ich ma’lumotlar va ularning xesh-kodlari o’rtasida o’zoro bir qiymatli moslik yo’q. Chunki xesh-funksiyasi qiymatlari soni kirish massivi variantlari sonidan kichik. Quyidagi jadvalda massivning turli variantlari va ularga mos nazorat yig’indilar keltirilgan (bunda xesh-funksiya qiymati massiv elementlari yig’indisidan iborat).
Bu jadvaldan ko’rinadiki, massivning turli variantlari bir xil xesh-kodga ega bo’lishi mumkin ekan. Download 157.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling