Xesh-funksiya xossalari
Xeshlash algoritmlarining xossalari turlicha bo’lishi mumkin: masalan, razryadlilik, hisoblash murakkabligi, kriptomustahkamlik va hokozo. Boshqacha aytganda, ba’zi xesh-algoritmlarning asosiy xususyati unda ishlatilayotgan razryadlar soni bilan, ba’zilariniki hisoblashning murakkablik darajasi bilan bog’liq bo’ladi. Xesh-funksiya tanlashda yechilayotgan masalaning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.
“Yaxshi” xesh-funksiya ikki xossaga ega bo’lishi kerak:
1) yuqori hisoblash tezligi;
2) kam miqdordagi “kolliziyalar”.
Quyidagi belgilashlarni olamiz:
K – “kalitlar” (kiritiladigan ma’lumotlar) soni;
h(k) - M dan katta bo’lmagan sondagi turli xil qiymatlarga ega bo’lgan xesh-funksiya, ya’ni ixtiyoriy k ϵ (0;K):h(k)
“Yomon” xesh-funksiyaga misol keltiramiz: M=1000 bo’lib, o’n raqamli K natural songa uning kvadratiga teng yigirma raqamli son yozuvining o’rtasidan olingan uchta raqamdan iborat ketma-ketlikni mos qo’yuvchi funksiya. Bir qarashda bu funksiya uchun xesh-kodlar “000” va “999” lar o’rtasida tekis taqsimlanadi deb o’ylash mumkin. Lekin, agar berilgan son yozuvida chapda yoki o’ngdagi nollar soni juda katta bo’lgan hollar uchun tekis taqsimot buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |